• Birinchi bosqich
  • Uchinchi bosqich
  • Nazorat savollari
  • Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil qilish




    Download 115,64 Kb.
    bet8/8
    Sana26.05.2021
    Hajmi115,64 Kb.
    #14601
    1   2   3   4   5   6   7   8

    4. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil qilish.




    Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash yangi mahsulot turini ishlab chiqarish jarayonini loyihalash va moddiy bazasini yaratish bo‘yicha ishlar majmuini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash bo‘yicha ishlar mazmuni va sermehnatliligi kelgusida ishlab chiqarish miqyosi va mavjud ishlab chiqarish holatiga bog‘liq.

    Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash to‘rtta asosiy bosqichga bo‘linadi:



    Birinchi bosqich - chizmalarni texnologik nazorat qilish. Chizmalarni texnologik nazorat qilishning maqsadi, ishlab chiqilgan konstruksiyalarni texnologik jihatdan amalga oshuvchanligini tekshirishdan iborat. Bunday tekshiruvni yuqori malakali texnologlar amalga oshiradilar.

    Ikkinchi bosqich - texnologik jarayonlarni loyihalash. Bu bosqichda qilinadigan ishlarning asosiy mazmunini ishlab chiqariladigan mahsulot turi belgilaydi. Murakkab tarmoqlar (masalan, mashinasozlik) uchun texnologik jarayonlarni loyihalash quyidagi tartibda olib boriladi. Eng avvalo, detallarning sexlararo texnologik xarajatlari yo‘nalishlari ishlab chiqiladi. Shu bilan birga detallarni yig‘ish sxemasi va grafigi ishlab chiqiladi. Yig‘ish grafigi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish ketma-ketligini aniqlash imkonini beradi. Avval, har bir detalga zagatovka olish texnologiyasi, so‘ngra- mexanik ishlov berish, issiqlik bilan ishlov berish, qoplash texnologiyalari, shu bilan bir vaqtda yig‘ish texnologiyasi ham ishlab chiqiladi. 

    Uchinchi bosqich- maxsus asbob-uskunalar va nostandart (original) dastgohni loyihalash. Bu eng qimmat va sermehnat bosqich bo‘lib, xarajatlari uning texnologik tayyorlashga ketgan barcha xarajatlarning 70%ni tashkil qiladi.

    To‘rtinchi bosqich-loyihalashtirilgan texnologik jarayonlarni sozlash va tadbiq etish. Bu jarayonlar bevosita asosiy sexlardagi ishchi o‘rinlarida amalga oshiriladi. Ommaviy va seriyali ishlab chiqarishni tayyorlashda jarayonlarni sozlash va tadbiq qilish, seriyali texnologik jarayon bo‘yicha buyumlarning belgilangan partiyasi va tajriba nusxasini tayyorlash vaqtida olib boriladi. Texnologik jarayonni tadbiq qilinganligi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi va texnologik tartib qoidalarga rioya qilish majburiyati sexga topshiriladi va texnologik tayyorgarlik nihoyasiga yetkazilgan hisoblanadi.

    Nazorat savollari

    1. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashdan maqsad va vazifalarini ayting.

    2. Texnika-texnologiya taraqqiyotida innovatsiyalarning o‘rnini tushuntirib bering.

    3. «Innovatsiya» atamasining mohiyati nimada?

    4. Texnikaviy tayyorgarlik necha bosqichda bajariladi?

    5. Ilmiy-texnik tayyorgarlik nima?

    6. Konstruktorlik tayyorgarlik bosqichlarini ayting.

    Download 115,64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 115,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil qilish

    Download 115,64 Kb.