Disk tipidagi detallarni tayyorlash disk uchun zagatovka va materiallar. Disk detallarini tayinlash. Reja




Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.04.2024
Hajmi0.92 Mb.
#191581
  1   2   3
Bog'liq
Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari, Diniy fanatizmning, marten, . Nodir metallarning fizik va kimyoviy xossalari., KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI , Radial taqsimlash tarmog\'ida elektr energiyasini uzatish, Geomexanik jarayonlar modelini qurish bosqichlari, Elektr apparat MUST, Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing., Qisqa tutashuvning boshlang\'ich toklarini hisoblashda qo\'llaniladigan usullar, GIDRAVLIKA, Eyler tenglamasi shakldagi qovushqoq bolmagan suyuqlik uchun har-fayllar.org, Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati. , bir cho\'michli ekskavatorlar, 24. Yuqori molekulyar birikmalar.Babayev.B.


Disk tipidagi detallarni tayyorlash. disk uchun zagatovka va 
materiallar.Disk detallarini tayinlash.
 
REJA:
1. Xizmat vazifasi, texnik talablar, material va zagotovkalarni olish 
usullari, val va flanes tipidagi detallarga ishlov berish texnologiyasi.
2.Tokarlik 
RDB 
stanoklarida 
bajariladigan 
texnologiklik 
operatsiyalarini loyihalash. Konstruktsiya texnologikligi.
 
 
1 Xizmat vazifasi, texnik talablar, material va zagotovkalarni olish 
usullari, val va flanes tipidagi detallarga ishlov berish texnologiyasi.
Aylanish jismlari tipidagi detallar mashinasozlikda keng tarqalgan. 
Ular xizmat vazifasi, konstruktsiyasi, o’lchamlari va materiali bo’yicha 
turlichadir. Ular orasida val tipidagi detallar diametridan bir necha katta 
bo’lgan uzunlikka ega, disk tipidagi detallarda uzunlikkka nisbatan 
diametr katta, vtulka, silindr tipidagi detallarda esa diametr uzunlik bilan 
taxminan tengdir. Detallarni konstruktiv shakllari va o’lchamlaridagi 
farqlar xom-ashyolarni o’rnatilishi va ularga ishlov berish ketma-
ketligiga ta’sir ko’rsatadi. Shuninig uchun bunday detallarga ishlov 
berishda berilgan o’lchamlarni xosil qilishni umumiy masalasidan 
tashqari yuzalarni o’qdoshliligi va sirtlarni detal o’qiga nisbatan aniq 
joylashganligini texnologik masalasi turadi. 
Aylanish tipidagi detallarni tayorlashda tokarlik ishlov berishdan 
foydalaniladi. Ko’rsatilgan talablar xom-ashyolarni tokarlik dastgoxlarida 
o’rnatilishi va ishlov berilishini quyidagi usullari orqali ta’minlanadi: 
o’qdosh yuzalarni bir o’rnatishda ishlov berish; detalni tashqi yuzasi 
3.
Disk detallarini tayinlash.


bo’yicha bazalab ikki marta o’rnatishda, avval tashqi, so’ngra ichki 
yuzalarga ishlov berish; ichki yuza bo’yicha bazalab ikki marta 
o’rnatishda, avval ichki, so’ngra tashqi yuzalarga ishlov berish. 
Bikr detallarni bir o’rnatishda ishlov berilishi toreslarni detal o’qiga 
nisbatan o’qdoshliligi va perependikulyarliligi chetlanishlarini kichik 
bo’lishlarini ta’minlaydi. Ikkinchi va uchinchi usuli patron va opravkaga 
o’rnatilib ishlov beriluvchi detallarga tegishlidir.
Aylanish tipidagi eng xarakterli detallar bo’lib vallar, shpindellar, 
flaneslar xisoblanadi. 
Vallardan burovchi momentni uzatish uchun yoki tayanchlar 
sifatida foydalaniladi. Vallar pog’onali va pog’onasiz, yaxlit va g’ovak, 
silliq va shlitsali, val-shesternali, xamda turlicha mujassamlashgan 
murakkab tuzilishda bo’ladi. Vallarni to’g’ri, tirsakli, krivoship va 
ekssentrikli (kulachokli) vallarga farqlanadi. Mashinasozlikda uzunligi 
150—1000 mm bo’lgan o’rtacha o’lchamdagi pog’onali vallar eng ko’p 
tarqalgandir. Shlisali vallar g’ovak yoki berk shlisalarga ega. Shlitsali 
vallarga nisbatan bir necha afzalliklarga ega teng o’qli konturli vallar 
mavjud. Teng o’qli – profildagi vallardan og’ir yuklangan uzatmalarda, 
shlitsali yoki shponka ariqchasiga ega bo’lgan vallar o’rniga 
foydalaniladi. Bikr vallar deb, uzunligini diametrga nisbati 15 dan 
oshmagan vallarga aytiladi; nisbati yuqori bo’lgan vallar bikrmasi 
xisoblanadi. 
Tayyorlanish jixatidan eng qiyin deb, podshipnik va tishli 
g’ildiraklar osti bo’yinchalarga, shponka ariqchalariga, shlitsali, rezbali 
yuzalarga ega bo’lgan vallar xisoblanadi. Tayyorlanish tejamliligi 
fikridan kelib chiqib eng texnologik vallar deb, pog’onalar diametrlarini 
o’sib borishi valni o’rtasiga yoki bir uchi tomon yo’nalgan 
konstruktsiyadagi vallarni xisoblash zarur. 
Vallar asosan yuqori mustaxkamlikka ega bo’lgan, yengil ishlov 
beriluvchi, kuchlanishlar kontsentratsiyasiga kam ta’sirlanuvchi, 
yemirilishga chidamliligini oshirilishida esa termik ishlov berilishi ijobiy 
bo’lgan konstruktsion va legirlangan po’latlardan tayyorlanadi. Ushbu 
talablarga 35, 40, 45, 40X, 50X, 40G2 va boshqa po’latlari javob beradi. 
O’rtacha uglerodli po’latlardan tayyorlangan vallarni qattiqligi NV 230—


260 gacha termik ishlov beriladi. Kam uglerodli po’latlardan 
tayyorlangan vallar bo’yinchalarini yemirilishga chidamliligini oshirish 
maqsadida sementatsiyalanadi, so’ngra qattiqligi NRC
E
50....60 gacha 
termik ishov beriladi. 
Odatda vallarga quyidagi talablar qo’yiladi: 1) tutashuvchi silindrik 
yuzalarni aniqligi, yuza g’adir-budurligi parametrlari tegishlicha R
a
═ 
1,25 … 0,63 mkm va R
a
═ 2,5 … 1,25 mkm bo’lgan 6 - 7-chi kvalitetlar 
bo’yicha; 2) podshipnik osti bo’yinchalarini silindrsimonlik va 
doiraviylikka dopuski diametrial o’lcham dopuskini 0,25 – 0,5 qismini 
tashkil etishi;
3) tishli g’ildiraklar osti bo’yinchalarini podshipnik osti 
bo’yinchalariga nisbatan radial urishi dopuski diametrial o’lcham 
dopuskini 0,25 – 0,5 qismini tashkil etishi; 4) podshipnik osti 
bo’yinchalarini o’qdoshliligi dopuski 0,01 – 0,03 mm; 5) shponka 
ariqchalari va shlitsali yuzalarni tishlarini yon tomonlarini podshipnik 
bo’yinchalarini umumiy o’qiga nisbatan simmetrkliligi dopuski 0,03 – 
0,05 mm. 
Vallar uchun xom-ashyolar. Kesib mexanik ishlov berishni 
unimdorligi ko’pincha material markasi, xom-ashyoni o’lchamlari va 
konfiguratsiyasi, xamda ishlov berish turi bilan aniqlanadi. Donali va 
mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida, pog’onalar soni kam bo’lgan 
va ularni diametrlari farqi kichik bo’lgan vallar xom-ashyolarini 
issiqlayin jo’valangan yoki sovuqlayin tortilgan chiviqlarni kesish yo’li 
bilan olinadi va ularga darxol mexanik ishlov beriladi. Massasi 15 kg dan 
ortiq bo’lgan vallar xom-ashyolarini, material sarfini kamaytirish 
maqsadida erkin kavsharlash (shtamplashsiz) usilida olish maqsadga 
muvofiqdir. Bundan foydalanish kavsharlash bilan bog’liq bo’lgan 
sarflar, metallni iqtisod qilinishi va kesib mexanik ishlov berilishi tan-
narxini pasayishi bilan qoplangan xollarda samarali bo’ladi. 
Katta masshtabdagi ishlab chiqarishda xamda pog’onalari 
diametrlari bir muncha farq qiluvchi, murakkab konfiguratsiyadagi 
vallarni tayyorlashda xom-ashyolarni plastik deformatsiyalash usuli 
orqali olish maqsadga muvofiqdir. Ushbu usul mexanik ishlov berish 
unimdorligini oshiruvchi va materialdan foydalanish koeffitsentini 


kamaytiruvchi, tayyor detal shakli va o’lchamlariga yaqin bo’lgan xom-
ashyolarni olinishini ta’minlaydi. 
O’rta seriyali ishlab chiqarishda vallar xom-ashyolarini mexanik 
ishlov beriluvch yoki qimmat bo’lmagan qayta sozlanuvchi guruxli 
shtamplarda kavsharlanuvch chiviqlarni kesish yo’li bilan olinadi. 
Dasturli boshqariluvchi kavsharlash mashinalarida rotorli kavsharlash 
usilidan foydalaniladi. Xom-ashyo olinishini u yoki bu usulini tanlashda 
material tan narxi va undan foydalanish koeffitsentini K
M.F.
toqqoslash 
kerak bo’ladi. Agar shtamplashni K
M.F. 
-si, chiviqni K
M.F.
-sidan 0,15 ga 
ortiq bo’lsa, bunda shtamplab olingan xom-ashyo tejamli xisoblanadi. 
Ko’p seriyali va yalpi ishlab chiqarishda vallar xom-ashyolarini, 
qoida bo’yicha, ishlov berish qo’yimlarini minimal qiymatlarini va xom-
ashyo konfiguratsiyasini tayyor val shakliga maksimal yaqinlashishini 
ta’minlovchi qimmatbaxo shtamplarda kavsharlanuvchi chiviqlarni 
kesish yo’li bilan olinadi. Ko’ndalang – vintli usulidan xam foydalaniladi. 
Ko’rsatilgan ishlab chiqrash sharoitlarida K
M.F. 
g’ 0,7...0,95.
Avtomatlashtirilgan 
ishlab 
chiqarish 
sharoitida 
xususan 
RDB 
dastgoxlarida vallarga kesib mexanik ishlov berish uchun kichik 
aniqlikdagi xom-ashyolardan foydalanish mumkin emasdir. Ushbu 
xolatda xom-ashyolariga qo’yilgan qo’yimlar va dopusklar, dasturli 
boshqariluvchi dastgoxlarda ishlov berishga qaraganda 10-30% ga kam 
bo’lishi kerak. RDB dastgoxlarida ishlov beriluvchi xom-ashyolarni 
materiali va aniqligi bo’yicha talablarni yuqoriligi, qimmatbaxo dastgoxni 
yuklanishini kamayishi, qirindi miqdorini qisqarishiga intilishi, kesuvchi 
asbob ishlashi uchun yanada yaxshiroq sharoitni yaratilishi zarurati bilan 
tushintiriladi. Ko’p xollarda kompleksli xom-ashyolardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Kompleksli xom-ashyodan shakli va o’lchamlari 
bo’yicha yaqin bo’lgan bir necha xil detallarni tayyorlash mumkin. 
Vallarni xom - ashyolariga ishlov berishdan oldin ular ishlov 
beriluvchanligini oshirish va qoldiq kuchlanishlarni tushirish uchun 
to’g’rilanishi va termik ishlanishi kerak. 



Download 0.92 Mb.
  1   2   3




Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Disk tipidagi detallarni tayyorlash disk uchun zagatovka va materiallar. Disk detallarini tayinlash. Reja

Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish