|
Reja: Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashni tashkil qilishning mazmuni va vazifalari
|
bet | 4/8 | Sana | 26.05.2021 | Hajmi | 115,64 Kb. | | #14601 |
Birinchi bosqich - texnik topshiriq (TT) ni ishlab chiqishni yoki buyurtmachi tashkilot yoki bajaruvchi tashkilot amalga oshiradi.
Topshiriqda ishning maqsadi ayni turdagi mahsulotning asosiy texnik - ekspluatatsion tavsiflarining ruxsat etilgan qiymatlari oralig‘i belgilanadi. Barcha holatlarda texnik topshiriq barcha tomonlar o‘rtasida (buyurtmachi, ishlab-chiqaruvchi, tayyorlovchi) kelishiladi.
Ikkinchi bosqich - texnik taklifni (TTF) ishlab chiqish. Bu bosqichda TTni tahlil qilish asosida ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan qo‘yilgan masala yyechimi eng qulay varianti aniqlanadi va yangi mahsulot turi maqsadiga aniqlik kiritiladi.
Texnik hujjatlarni ishlab chiqishni davom ettirish maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab beradi.
|
| |