• Qattiq diskni himoya qilishning 5 ta usuli
  • Shikastlangan fayllar va disklarni tiklash




    Download 400.66 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana08.06.2023
    Hajmi400.66 Kb.
    #71176
      1   2
    Bog'liq
    № 11. Mavzu 2.04.Kompyuter tarmoqlari va internet-, I-bob. Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar-fayllar.org, Behruz kurs ishi, TEXNOLOGIK XARITA O`QUV MASHG`ULOTI OYD, Mustaqil ish reja Innovatsion va uning turlari. Innovatsion loy, Mavzu Matnli masalalarni yechish usullari Reja, Opa-singillar, 1. Badiiy o`qish asoslari....Jo`rayeva Gulbahor, ИННОВАЦИОННОСТЬ МАЛЫХ И СРЕДНИХ ПРЕДПРИЯТИЙ tek, Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyalarning yaratilishi, sotuvi va xaridi motivatsiyasi


    1-MA’RUZA: DISKLARGA XIZMAT KO’RSATUVCHI DASTURLAR: 
    SHIKASTLANGAN FAYLLAR VA DISKLARNI TIKLASH 
    REJA: 
    1. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar
    2. Shikastlangan fayllar va disklarni tiklash
    Qattiq diskni himoya qilishning 5 ta usuli 
    Kompyuteringiz kerakli tarzda yuklanmayaptimi, va siz qandaydir g’alati 
    tovushlarni eshityapsizmi, nahotki qattiq diskda joylashgan barcha ma’lumotlar 
    kuyib ketgan bo’lsa? Xo’sh, siz qattiq diskni (vinchesterni) himoya qilish uchun 
    nima qildingiz? Endi bu haqda o’ylashga ancha kech bo’ldi.
    Qattiq diskingiz ishlashiga kafolot beruvchi uni himoya qilishning 5 ta usuli bilan 
    tanishing.
    1. O’z ma’lumotlaringizning rezerv (zahira) nusxalarini yarating.
    Qattiq diskda ma’lumotlarni saqlashning eng yaxshi usuli – bu 
    ma’lumotlarning rezerv nusxalarini yaratishdir. Shaxsiy ma’lumotlarni boshqa 
    qattiq diskka ko’chirish – bu usullardan birinchisi, ammo u ancha ko’p vaqtni oladi 
    va hammasini qo’lda qilishga to’g’ri keladi. Yaxshisi avtomatik rezerv nusxa 
    ko’chiradigan dasturdan foydalangan ma’qul, u nusxa ko’chirishni rejalashtirilgan 
    oraliqlarda bajaradi.
    Bu dasturlardan biri Windows XP Home va Professional amaliyot tizimi bilan 
    birga yetkazib beriladi. U Windows XP tizimi bilan avtomatik tarzda o’rnatilgan. 
    Agar sizda Windows XP Home Edition bo’lsa, u holda bu dasturni Windows 
    o’rnatish diskidagi “valueaddmsftntbackup” papkasida (jildida) topish mumkin. 
    Rezerv nusxa ko’chirish dasturi fayllaringizning rezerv nusxasini yaratadi. Rezerv 
    nusxa ko’chirish yordamida fayllarni tiklash uchun, ehtimol, Windows ni qayta 
    o’rnatishga to’g’ri kelishi mumkin, shu sababli o’rnatish diskini doimo qo’l 


    oldingizda saqlang. Agar siz baribir Windows ni takror qayta o’rnatishdan 
    qochmoqchi bo’lsangiz, u holda siz butun qattiq diskning tasvir “Образ” ini 
    yaratishingiz lozim. Buni rezerv nusxa ko’chiradigan turli dasturlar yordamida 
    qilsa bo’ladi. Masalan: Clonezilla, Acronis va hokozolar.
    2. Parol bilan himoyalash.
    Parol bilan himoyalash va ma’lumotlarni shifrlash – ular yordamida 
    foydalanuvchilar qattiq diskdagi ma’lumotlarni himoya qilishlari mumkin eng 
    sodda usullardan biridir. Windows tizimida parolni o’zgartirish uchun “Пуск” 
    menyusi ochiladi → “Панель управления” → “Учётные записи пользователей” 
    va so’ngra quyidagi qator o’zgartiriladi “Изменить мой пароль”. Endi esa
    ma’lumotlarni qanday shifrlash to’g’risida. Shuni qayd qilish kerakki, shifrlash
    faqat Windows XP tizimida va NTFS fayl tizimi o’rnatilgandagina imkoniyatli
    bo’ladi. Fayl yoki papkani shifrlash uchun, sichqonchaning o’ng tugmachasi
    bilan o’sha faylga bosing, “Свойства” → “Дополнительно” ilovasini tanlang
    va “Шифровать содержимое для защиты данных” qarshisida galochka qo’ying.
    Endi sizda boshqa hech kim bu ma’lumotlarni o’qiy olmaydi. Siz menyuda yorliq 
    (yarlik) yaratib, shifrlash jarayonini yengillashtirishingiz mumkin. Reestrni oching 
    va “HKEY_LOCAL_MACHINESOFTWARE Microsoft Windows Current 
    Version Explorer Advanced” ni tanlang. “Изменить” → “Новый” → “DWORD 
    Value” ni tanlang va uni “Encryption Context Menu” deb qayta nomlang. Una ikki
    marta bosing va 1 raqamini kiriting. Endi har qanday faylga ikki marta
    bosilganda shifrlash va shifrlash (deshifrlash) ni bekor qilish bo’yicha vazifalar 
    mujassam bo’lgan menyu ochiladi.
    3. Windows tizimini qayta tiklash paneli.
    Tasavvur qiling, sizning amaliyot tizimingiz ishdan chiqdi va qattiq disk 
    yuklanmayapti. Nima hammasi yo’qqa chiqdi deb o’ylaysizmi? Albatta, yo’q! 
    Windows XP komplektiga Windows qayta tiklash paneli (“Панель 
    восстановления”) deb ataladigan kuchli instrument kiradi. Bu tizimli fayllar
    va papkalarni tiklashga imkon beradi, shu tariqa siz qattiq diskingiz


    ma’lumotlarini saqlashingiz mumkin. Afsuski, tizim bo’yicha (avtomatik) bu qayta 
    tiklash paneli “o’chirib qo’yilgan” – ya’ni cheklangan rejimda ishlaydi. 
    Cheklovlarni olib tashlash uchun quyidagi harakatlarni amalga oshirish zarur: 
    Windows tizimida xavfsizlikning lokal sozlanmalarini oching (“Pusk ” menyusini 
    bosing → “Выполнить” → “secpol.msc” ni kiriting). Oching: “Параметры 
    настройки безопасности” → “Локальные политики” → “Варианты 
    безопасности” va “Панель восстановления” ilovasiga ikki marta bosing. Floppi – 
    nusxa yaratishga ruxsat berishni qo’ying va barcha disk va papkalarga ruxsatni 
    oching. “Позволить” ni, so’ngra esa “Ok” ni bosing. Bu siz uchun to’la ruxsatni 
    sozlab beradi. Endi agar qachondir Windows ishdan chiqib qolsa, u holda “Панель 
    восстановления” ni ishlating va AllowAllPaths=True” so’zini yozib kiriting. 
    “Панель восстановления” ni ishga tushirish uchun disk yurituvchiga qayta yuklash
    (перезагрузка) uchun “R” ni bosgan holda Windows o’rnatish diskini kiriting. 
    Shundan so’ng har qanday buyruqlarni amalga oshirishingiz mumkin va kerakli
    buyruqlarni bilmasangiz, kerakli buyruqlarni yuklab olish uchun “help” so’zini 
    yozing.

    Download 400.66 Kb.
      1   2




    Download 400.66 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shikastlangan fayllar va disklarni tiklash

    Download 400.66 Kb.
    Pdf ko'rish