|
Python dasturlash tili imkoniyatlari
|
bet | 7/23 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 5,53 Mb. | | #230011 |
Bog'liq Iroda BMIPython dasturlash tili imkoniyatlari
Python – bu o‘rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo‘lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma‘lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo‘naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.
Pythonning o‘ziga xosligi
1. Oddiy, o‘rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minot.
2. Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotiraniboshqarishni hisobga olish shart emas.
3. Ko‘plab platformalarda hech qanday o‘zgartirishlarsiz ishlay oladi.
4. Interpretatsiya qilinadigan til.
5. Kengayishga moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) bo‘ladi.
6. Juda ham ko‘p xilma-xil kutubxonalarga ega.
7. xml/html fayllar bilan ishlash
8. http so‘rovlari bilan ishlash
9. GUI(grafik interfeys)
10. Veb saytlarni yaratish
11. FTP bilan ishlash
12. Rasmli audio video fayllar bilan ishlash
13. Robot texnikada
14. Matematik va ilmiy hisoblashlarni dasturlash
Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi yo‘q, imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan dasturlash tillari orasida eng yaxshisidir.
Python dasturini o‘rnatish qoidalari
Python dasturini kompyuterga o‘rnatish bir necha bosqichlardan iborat.
1. https://www.python.org/downloads/windows/ orqali rasmiy veb saytiga kirib, kompyuteringizning texnik parametrlarini hisobga olgan holda eng so‘nggi versiyasini yuklab olamiz. Kompyuterning texnik parametrlariga, razryadi, (64 bit yoki 32 bit) qaysi operatsion sistema o‘rnatilganligi va boshqa parametrlar kiradi. Biz hozir sizga 64 bitli kompyuter uchun o‘rnatish jarayonini tushuntirib o‘tamiz.
1.2.-rasm
Yuklab olib o‘rnatishni boshlaymiz. Pastdagi rasmlarda o‘rnatish jarayoni rasmlar ketma – ketligida keltirilgan.
1.2.2-Rasm
Dastur ustiga sichqonchani ikki marta bosib, o‘rnatishni boshlaymiz. Quyidagi oyna hosil bo‘ladi.
1.2.3-rasm
Bu oynadan Add Python 3.7 to Path ga belgi qo‘yib, Install Now ni tanlaymiz.
1.2.4-rasm
Dastur o‘rnatib bo‘lingach Closeni bosib, ishni yakunlaymiz.
1.2.5-rasm
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dastur o‘rnatib bo‘lingach, Python dasturlash tilining ishchi stoliga alohida belgisi hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun dasturni Pusk orqali ishga tushiramiz. Har doim yangi dastur bilan ishlashda IDLE yoki Visual Studio Codeni ishga tushiramiz.
|
| |