Dasturlash texnologiyasi va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari




Download 5,53 Mb.
bet4/23
Sana13.05.2024
Hajmi5,53 Mb.
#230011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Iroda BMI

Dasturlash texnologiyasi va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari
Dasturiy ta’minotining ishlab chiqish jarayonida foydalaniladigan usullar va vositalar yig‘indisi dasturlash texnologiyalari deb ataladi. Har qanday boshqa texnologiya kabi, dasturlash texnologiyasi o‘z ichiga quyidagi texnologik yo‘riqnomalar to‘plamini olgan:
• texnologik operatsiyalarni bajarish ketma-ketligini ko‘rsatish;
• u yoki boshqa operatsiya bajariladigan shartlarni sanab o‘tish;
• har bir operatsiya uchun dastlabki ma’lumotlar, natijalar, shu-ningdek, yo‘riqnomalar, normativlar, standartlar, baholash mezonlari va usullari belgilangan operatsiyalarining ta’riflari (1.1-jadval)
Operatsiyalar (amallar) to‘plami va ular ketma-ketligidan tashqari, texnologiya, shuningdek ishlab chiqarishning muayyan bosqichida foydalaniladigan loyihalashtirilayotgan tizimni, aniqrog‘i, modelni ta’riflash usulini belgilaydi. Ishlab chiqishning muayyan bosqichlarida yoki bu bosqichning alohida masalalarini hal etish uchun foydalaniladigan texnologiyalar yoki ishlab chiqish jarayonini qam rab oluvchi texnologiyalar farqlanadi. Birinchisi asosida, qoidaga ko‘ra, aniq (vazipredmeti) hal etish imkonini beradigan cheklangan darajada qo‘llaniladigan usul mavjud. Ikkinchisi asosida tayanch (bazaviy) usul yoki ishlab chiqishning turli bosqichlarida foydalaniladigan usullar birligini yoki uslubiya-tini belgilovchi yondashish mavjud.
1.1-jadval. Texnologik amallar yuritmasining tarkibi.

Standart tasvirlardagi dastlabki ma’lumotlar (hujjatlar, ishchi materiallar, avvalgi amallar, natijalar)

Uslubiy materiallar, yo‘riqnomalar normativlar va standartlar, natijalarni baholash mezonlari

Standart asvirlashdagi natijalar




Texnologik amallar







Bajaruvchilar dasturiy va texnik vositalar




Dasturlashning mavjud texnologiyalarini farqlash va ularning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash uchun dasturlashning predmet sifatida rivojlanishining asosiy bosqichlarini ajratib, bu texnologiyalarni tarixiy kontekstda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Birinchi bosqich — ”stixiyali” dasturlash. Bu bosqich dastlabki hisoblash mashinalarining paydo boiishi paytidan boshlab, XX asrning 60-yillarigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Bu davrda tuzilgan texnologiyalar yo‘q bo‘lib, dasturlash asosan san’at darajasida edi. Dastlabki dasturlar sodda tuzilishga ega bo‘lgan. Ular mashina tilidagi dasturdan va u ishlov beradigan ma’lumotlardan iborat (1.1-rasm).
Mashina kodlaridagi dasturlarning murakkabligi dasturchining bir vaqtning o‘zida bajarilayotgan operatsiyalarning ketma-ketligini va dasturlashdagi ma’lum-otlarning joylashishini fikran kuzatish qobiliyati bilan chegaralangan.
Assemblerning paydo bo‘lishi ikkilik yoki o‘n oltilik kodlar o‘rniga ma’lumotlarning ramziy nomlari va operatsiyalar kodlarining mnemonikasidan foydalanish im konini berdi. Natijada dasturlar yanada ”o‘qitiladigan” bo‘ldi.
FORTRAN va ALGOL kabi yuqori darajali dasturlash tillarining yaratilish operatsiyalarini detallashtirish darajasini pasaytirib, hisoblashlarni dasturlashni ancha soddalashtiradi. Bu, o‘z navbatida, dasturlarning murakkabligini oshirishga yordam beradi.





Download 5,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 5,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dasturlash texnologiyasi va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari

Download 5,53 Mb.