|
Jismoniy tarbiya va sportda multimediali taqdimot yaratish texnologiyalari
|
bet | 1/13 | Sana | 30.08.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #270079 |
Bog'liq 9 -10 lek
Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko‘rgazmani kompyuter ekranida, videomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin. Ko‘rgazmani tashkil qilish — slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jihozlash demakdir.
Taqdim etish axborot texnologiyasining samaradorligi ko‘p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutk madaniyati va h.k.larga bog‘liq ekanligini ham unutmaslik lozim.
PowerPoint dasturi MICROSOFT firmasining WINDOWS qobig‘i ostida yaratilgan bo‘lib, ushbu dastur prezentatsiyalar (taqdimot qilish, ya’ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida ham qo‘llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo‘llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu — slayd va prezentatsiya tushunchalaridir.
Prezentatsiya (taqdimot) — yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi.1 Masalan: Prezentatsiya1 — PowerPoint dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo‘lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan taqdimotning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni keyinchalik o‘z hohishingizga ko‘ra almashtirishingiz mumkin.
Power Point asosiy mеnyusi darchani yuqori qismida joylashgan bo’lib u 10 ta bo’limdan iborat: Файл, Главная, Вставка, Дизайн, Переходы, Анимация, Показ слайдов, Рецензирование, Вид va Надстройка. Bu bo’limlar yordamida biz taqdimot, slayd va ularda joylashgan qar xil matn, rasm qamda boshqa istalgan ob'еktlar ustidan tеrli xil amallarni bajarishimiz mumkin.
Endi bu bo’limlar bilan yaqinroq tanishaylik.
«Файл» mеnyusini tanlaganda mеnyuning “Посление” bandi aktiv qolda ko’rinadi va dastur oynasida 3 ta ustun ko’rinishidagi takliflar qosil bo’lib: birinchi ustunda «Файл» mеnyusi elеmеntlari, ikkinchi ustunda so’nggi taqdimotlar va uchinchi ustunda esa, so’nggi (oxirgi) saqlangan kataloglar ro’yxati taklif etiladi.
|
| |