|
I-BOB. DASTURLASH TEXNOLOGIYASI VA UNDA PYTHON DASTURLASH TILINING AHAMIYATI
|
bet | 3/23 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 5,53 Mb. | | #230011 |
Bog'liq Iroda BMI I-BOB. DASTURLASH TEXNOLOGIYASI VA UNDA PYTHON DASTURLASH TILINING AHAMIYATI 1.1.Dasturlash texnologiyasi
Dasturlash — predmet va texnikaning nisbatan yosh va tez rivojlanayotgan sohasi. Mavjud dasturiy va texnik vositalarni real ishlab chiqish va tarmoqlashtirishni olib borish tajribasi doimo qayta izlanishni talab etadi. Natijada yangi usullar, uslublar va texnologiyalar paydo bo‘ladi, ular o‘z navbatida, dasturiy ta ’minlashni ishlab chiqishning yanada zamonaviy vositalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yangi texnologiya-larni yaratish jarayonlarini tekshirish va ularning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash, bu texnologiyalarni dasturlashning rivojlanish darajasi hamda dasturchilar ixtiyoridagi dasturiy va apparat vositalarining xususiyatlari bilan solishtirish maqsadga muvofiqdir.
Dasturlashtirishning bosh maqsadi ma’lum otlarga ishlov berish jarayonlari (bundan buyon jarayonlar deb ataladi)ni tavsiflashdan iborat. Axborotga ishlov berish bo‘yicha xalqaro federatsiya (IFIP )da qabul qilinganidek, ma’lumotlar (data) bu qandaydir jarayonda uzatish va qayta ishlash uchun yaroqli bo‘lgan formallashgan ko‘rinishdagi faktlar va g‘oyalarning taqdimotidir, axborot (information) esa ma’lum otlarni taqdim etishda ularga berilgan ma’noni bildiradi. Ma’lumotlarga ishlov berish (data processing) ushbu ma’lumotlar ustida muntazam ketma-ketlikdagi amallarni bajarish demak. Ma’lumotlar ma’lumot tashuvchilarda taqdim etiladi va saqlanadi. Ma’lumotlarga bironbir ishlov berish paytida qo‘llanadigan ma’lumot tashuvchilar majmuini axborot muhiti (data medium) deb ataymiz. Axborot muhitida ma’lum bir vaqt mobaynida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar to‘plamini ushbu axborot muhitining holati deb ataymiz. Jarayonga esa shunday ta’rif berish mumkin: jarayon bu biron-bir axborot muhitida o‘zaro almashmib keluvchi holatlar ketma-ketligi.
Jarayonga tavsif berish bu berilgan axborot muhitidagi holatlar ketma-ketligini aniqlash demak. Agar biz talab qilinayotgan jarayon unga berilgan tavsifga ko‘ra bironbir kompyuterda avtomatik tarzda hosil bo‘lishini xohlasak, bu holda ushbu tavsif formallashgan bo‘lishi lozim. Bunday tavsif dastur deb ataladi. Bu o‘rinda dastur insonga ham tushunarli bo‘lmog‘i lozim. Chunki dasturlarni ishlab chiqishda ham, ulardan foydalanishda ham ushbu dastur aynan qanday jarayonni yuzaga keltirayotganini aniqlab olishga to‘g‘ri keladi. Shu bois dastur inson uchun qulay bo‘lgan formallashgan dasturlashda tuziladi, hamda translyator deb ataluvchi boshqa bir dastur yordamida avtomatik tarzda tegishli kompyuter tiliga o‘tkaziladi. Inson (dasturchi) o‘zi uchun qulay dasturlash tilida dastur tuzishdan avval, katta tayyorgarlik ishini olib borishi lozim: masalaning qo‘yilishini aniqlab olish, uni yechish usullarini tanlash, talab qilinayotgan dasturni qo‘llashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash, ishlab chiqilayotgan dasturni tashkillashtirishning umumiy jihatlariga aniqlik kiritish va h.k. Bu axborotdan foydalanish inson uchun dasturni anglab yetish masalasini ancha osonlashtirishi mumkin. Shuning uchun uni alohida hujjatlar ko‘rinishida qayd etib borish g‘oyat foydalidir (bu o‘rinda bunday hujjatlar odatda formallashmagan bo‘lib, faqatgina tushunchalarga oydinlik kiritishga mo‘ljallangan bo‘ladi).
Odatda dasturlar ularni ishlab chiqishda ishtirok etmaydigan insonlar (ular foydalanuvchilar deb ataladi) foydalana oladigan qilib ishlab chiqiladi. Dasturni o‘zlashtirish uchun foydalanuvchiga uning matnidan tashqari yana qandaydir qo‘shimcha hujjatlar ham kerak bo‘ladi. Ma’lumot tashuvchilardagi dasturiy hujjatlar bilan ta’minlangan dastur yoki mantiqan bog‘langan dasturlar majmui dasturiy vosita (DV) deb ataladi. Dastur ma’lumotlarga kompyuterda ba’zi bir avtomatik ishlov berishni amalga oshirish imkonini beradi. Dasturiy hujjatlar dasturiy vositaning u yoki bu dasturi qanday vazifalarni bajarishini, dastlabki ma’lumotlarni qanday tayyorlash va talabdagi dasturni qanday ishga tushirish kerakligini, shuningdek olinayotgan natijalar nimani bildirishini (yoki ushbu dasturning bajarilishidan olinayotgan samara nimada ekanligini) tushunib olishga yordam beradi. Bundan tashqari, dasturiy hujjatlar dasturning o‘zini tushunib yetishga yordam beradiki, bu uni modifikatsiya qilishda g‘oyat muhimdir.
|
| |