|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika yo‘nalishi
|
bet | 5/23 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 5,53 Mb. | | #230011 |
Bog'liq Iroda BMIma’lumot
1.2.rasm. Dastlabki dasturlar
1.2.rasm. Global sohali ma’lumotlar uchun dasturlar arxitekturasi.
Tillarda kichik dasturlar bilan ishlash im konini beruvchi vositalarining paydo bo‘lishi inqilob darajasida edi (kichik dasturlarni yozish geoyasi ancha ilgari paydo bo‘lgan). Kichik dasturlarni boshqa dasturlarda saqlash va ulardan foydalanish m um kin edi. Natijada kerakliligi darajasiga ko‘ra ishlab chiqilayotgan dasturdan chiqarib olinadigan hiso-biy va xizmat kichik dasturlarining yirik kutubxonalari tashkil etildi.
O‘sha davrning namunaviy dasturi barcha ma’lum otlar yoki ularning qismiga ishlov beruvchi asosiy dastur, global m a’lumotlar sohasi va kichik dasturlar to‘plami (asosan kutubxonaga tegishli) dan iborat edi (1.2-rasm).
Bunday arxitekturaning zaif tomoni shundan iborat ediki, kichik dasturlar miqdori ko‘payishi bilan global ma’lumotlar qismining qan-daydir kichik dastur tomonidan buzib ko‘rsatish ehtimoli ortar edi. Ma-salan, kesmani o‘rtasidan boMish usuli bo‘yicha berilgan intervalda tenglama ildizlarini qidirishning kichik dasturi interval kattaligini o‘zgartiradi. Agar kichik dasturdan chiqishda boshlang‘ich intervalning tik-lanishi ko‘zda tutilm asa, u holda global sohada intervalning noto‘g‘ri qiymati hosil bo‘ladi. Bunday xatolar miqdorini kamaytirish uchun kichik dasturlarda lokal ma’lumotlarni joylashtirish taklif etiladi dasturlar
Lokal m a’lum otlarga ega kichik dasturlardan foydalanishda ishlab chiqilayotgan dasturiy ta ’m inotning murakkabligi, avvalgidek, dasturchining ma’lumotlarga ishlov berish jarayonini endi yangi darajada kuzatish imkoniyati bilan cheklanar edi. Ammo kichik dasturlar ta’minot vositalarining paydo bo‘lishi dasturiy ta’m inotni bir necha dasturchilar tomonidan parallel ishlab chiqishni amalga oshirish imkonini berdi.
XX asrning 60-yillari boshida «dasturlash inqirozi» yuz berdi. U ope-ratsion tizimlar kabi murakkab dasturiy ta ’m inotni ishlab chiqishga uringan firm alar loyihalarni tugallashning barcha m uddatlaridan kechikkan edi. Loyiha joriy etilishidan oldinroq eskirib qolar, uning qiymati ortib borar va, natijada, ko‘pgina loyihalar shu tariqa tugallanmay qolib ketar edi.
Obyektiv darajada buning hammasiga dasturlash texnologiyasining nomukammalligi sabab bo‘ldi. Eng avvalo, ”quyidan yuqoriga” ishlab chiqilishdan stixiyali (betartib) foydalanilgan. Ya’ni oldin nisbatan sodda kichik dasturlar loyihalashtirilib, amalga oshirilgan yondashish, ulardan keyin murakkab dastur tuzishga urinilgan. Kichik dasturlar va ularni loyiha-lashtirish usullarini ta’riflash aniq modellarining yo‘qligidan har bir kichik dasturning yaratilishi murakkab vazifaga aylanar, kichik dasturlar interfeyslari murakkab bo‘lib, dasturiy mahsulotni yig‘ishda ko‘p miqdorda xa-tolar aniqlanar edi. Bunday xatolarning tuzatilishi, odatda, avval ishlab chiqilgan kichik dasturlarning ancha o‘zgartirilishini talab qilar, bu vaziyatni yanada murakkablashtirardi. Chunki bunda dasturga yangi xatolar kiritilar, ularni ham tuzatish kerak bolar edi. Oqibatda dasturni testdan o‘tkazish va sozlash jarayoni ishlab chiqish vaqtining 80% ni egallar yoki umuman tugamas edi. Kun tartibida loyihalashtirish xatolari ehtimolini ka-maytiruvchi murakkab dasturiy mahsulotlarni yaratish texnologiyasini ishlab chiqish masalasi turardi.
Ko‘pgina xatolarning kelib chiqish sabab-lari tahlili ”tarkibiy” deb nom langan dasturlashga yangi yondashishni shakllantirish imkonini berdi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika yo‘nalishi
|