283
ASTRONOMIYA MASHG‘ULOTLARINI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA INNOVATSION TA’LIM DASTURLARI
ASOSIDA O‘QITISHNING DOLZARBLIGI
Mirzaqandova Sohibjamol Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi
Qurbonova Surayyo Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi
Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi- Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti
Kalit so’zlar:
Innovatsiya, Axborot texnologiya, rivojlanish, astronomiya,
samara, tadqiqot
Annotatsiya:
Ma’lumki, hozirgi kunda astronomiya fani umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida fizika fani bilan qo‘shib o‘qitiladi. Astronomiya fanini o‘qitishga
ajratilgan soatlarning kamligi esa o‘ziga xos qiyinchiliklarni vujudga keltiradi.
Hozirda ayrim o‘quv predmetlari bo‘yicha berilayotgan bilimlar eskirib fan yutuqlari
bilan boyitilmaganligi, zamonaviy bilim olishdagi o‘quv materiallarini ko‘pligi,
axborot texnologiyalarini intensiv rivojlanib borishi va yuqoridagi talablar o‘quv
ta’lim tizimida o‘qitishni samarali usullarini qo‘llashni taqozo etmoqda.
Zamon talablariga mos mutaxassislarni shakllantirishda kam samarali an’anaviy
o‘qitish metodlari o‘rniga ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalari
va telekommunikatsiya imkoniyatlariga tayanadigan hamda o‘quvchi talabalarni o‘quv
jarayonida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan yangi axborot texnologiyalari,
innovatsion pedagogik va interaktiv metodlardan foydalanib o‘qitishni tashkil etishga
katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda o‘qitish maqsadi va usullarini o‘zgarishiga qarab fan
predmetlarini mavjud o‘qitish metodlarini zamonaviy talablar asosida qayta
takomillashtirish zarurati yuzaga keladi.
Ta’kidlash kerakki, hozirda ko‘plab fanlarni o‘qitishda turli innovatsion
metodlarni amaliyotda joriy etilib samarali natijalarga erishilayotgan bo‘lsada, bu
holatni astronomiya fani uchun aytish qiyin. Gap shundaki, astronomiya fani oldinlari
alohida fan sifatida o‘qitilgan, keyinchalik uni fizika fani bilan integratsiyalab o‘qitila
boshlandi, 2017 yildan yana alohida fan sifatida o‘qitilmoqda va unga juda oz soat
ajratilgan.
Hozirda o‘qitilayotgan astronomiya ta’limi tahlilini ko‘rsatishicha o‘rta
maktablarda astronomiyani o‘qitish sifati o‘ta past. O‘quv materiallari va o‘qitish
metodlari zamon talablari bo‘yicha boyitilmagan. Bu fan o‘qituvchilarida hali ham
284
an’anaviy holdagi nimani o‘qitish kerak tushunchasidan qanday o‘qitish orqali
samarador natijaga erishish mumkin tushunchasi to‘la shakllanmagan.
Aytish kerakki, yoshlarni olam manzarasini idrok etishida, ilmiy dunyoqarashini
shakllantirishda, olam strukturasi va undagi fizik jarayonlar haqida zamonaviy
tasavvurga ega bo‘lib rivojlanishida astronomik bilimlarning ahamiyati juda katta.
Chunki, astronomiya fani yoshlar salohiyatini rivojlantirib, koinot haqidagi ilmiy
tasavvurlarni hosil qilishda, tabiiy bilimlarni uzluksiz o‘rganishga undaydi va eng
muhimi hozirda keng tarqalgan xurofot va jaholatli qorong‘ilikka qarshi immunitetni
kuchaytiradi. Shu ma’noda astronomiyani inson dunyoqarashini yuksaltirishdagi o‘rni
beqiyos.
Astronomiya fani inson ilmiy dunyoqarashini shakllanishida o‘ta muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, koinot va unda ro‘y beradigan fizik jarayonlar, Quyosh tizimi,
Koinot va yulduzlar evolyusiyasi kabi ko‘plab hammani qiziqtiradigan bilimlar manbai
hisoblanadi. Ayniqsa kosmik texnikalar yutuqlari astronomiya fani rivojiga katta hissa
qo‘shib Quyosh tizimi va koinot haqidagi tasavvurni kengayishiga va inson bilimlarini
boyitishga xizmat qilmoqda. Dunyoda koinotni kuzatishga eng qulay geografik
nuqtalaridan biri respublikamizdagi Maydanoq observatoriyasida ham sayyoralar
haqida tasavvurni kengayishiga oid ilmiy natijalar olinmoqda. Samarqand nomli
yulduzni kashf qilinishi bunga misol. Shunday bo‘lishiga qaramay astronomiya
bo‘yicha eng muhim va zarur minimum bilimlarni o‘quvchi talabalarga etkazish
bugungi kunda juda achinarli holatda,ya’ni fanni o‘zlashtirishdagi faollikni
shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion o‘quv texnologiyalar metodlari yetarlicha
ishlab chiqilmagan.
Mavjud o‘quv metodlari ta’lim ning bugungi maqsadlariga javob bermaydi.
Ta’lim jarayoniga astronomiya fani bo‘yicha zamonaviy axborot va
telekommunmikatsiya imkoniyatlaridan foydalanish usullarini tatbiq etish anchayin
orqada qolmokda. Bunday holatlar ta’lim jarayonida samarali ta’lim texnologiyalari,
astronomiya uchun xos bo‘lgan tomonlarni ko‘rsata oladigan axborot kompyuter
dasturlari va modellaridan keng foydalanishni taqozo etadi
Ma’lumki, astronomiya fani boshqalardan farqli o‘laroq o‘ziga xos tomonlarga
egaki, unda qo‘llanilayotgan an’anaviy ta’lim tizimi eng sodda astronomik
kuzatishlarni ham istagan vaqtda, kerakli ketma-ketlikda va ko‘p marta amalga
oshirishga imkon bermaydi, shuningdek, koinotdagi ko‘plab obyektlar va ularda ro‘y
beradigan hodisalarni bevosita sezish organlari orqali kuzatib aniq tasavvurga ega
bo‘lish qiyin.
285
Masalan Yerni doimo kuzatilayotgan harakati bilan haqiqiy harakatini mos
kelmasligi, sayyoralar yulduzlar osmonida siljib yurganliklari uchun biror sayyora bir
necha oy kechda ko‘rinib yursa, bir necha oy ko‘rinmasligi sababli bir marta
uyushtirilgan kechki kuzatish darsida sayyorani siljib yurishini kuzatib bo‘lmasligi kabi
ko‘plab holatlar insonni ijodiy fikrlash orqali real tasavvurga ega bo‘lishga undaydi.
O‘quvchi talabalarni ilmiy dunyoqarashi va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirishga qaratilgan innovatsion o‘qitish metodlarini yetarlicha ishlab
chiqilmagani, kam vaqt davomida ko‘plab o‘quv materiallarini o‘rganish lozimligi va
bu fanni amaliyot darslari uchun kerakli uskunalarni etishmasligi o‘quv sifatini
ko‘tarishda jiddiy muammolar tug‘diradi.
Hozirgi kunda bunday muammolarni ta’lim jarayoniga zamonaviy innovatsion,
pedagogik, yangi axborot kommunikatsiyasi va interfaol texnologiyalarini kiritmasdan
hal etib bo‘lmaydi. Shuning uchun astronomik hodisa va jarayonlarni o‘qitishda
dasturlangan
kompyuter
modellari,
multimediali
va
telekommunikatsion
texnologiyalar, interfaol modellar yordamida laboratoriyalarni bajarish kabi usullardan
keng foydalanish astronomiyadek abstraksiyaga boy fanni o‘qitishda samarali
natijalarga olib kelishi mumkin va bunga ilg‘or xorijiy mamlakatlarda astronomiyani
interfaol kompyuter modellari yordamida o‘qitishdagi yutuqlar misol bo‘la oladi.
Zamonaviy ta’limni intensiv kompyuterlashtirish jarayonida ko‘plab tabiiy
fanlar uchun animatsiyalar, elektron darsliklar, multimedialar, turli modellar va
dasturlar yaratilgan. Lekin mamlakatimizda astronomiya uchun turli modellar
kompyuter dasturlarini yaratish muammosi hozircha yechimini topmagan. Shuning
uchun bugungi kunda astronomiya kursini yangi texnologik resurslar bilan ta’minlash
maqsadida interfaol kompyuter modellari va nazariy-amaliy ishlanmalarini afzal
tomonlaridan astronomiya darslari mashg‘ulotlarida foydalanish katta ahamiyatga ega.
Shu ma’noda ulardan foydalanishda davlat ta’lim standartlari va zamonaviy
ta’lim talablariga moslashtirilgan, hamda ta’limda samarali natijalarga erishish
metodlarini ishlab chiqish o‘ta dolzarb ishlardan sanaladi.
Hozirgi astronomiya sohasida ulkan yangiliklar kashf qilinib, ular quyosh tizimi
va olam haqidagi tasavvurni yanada boyitib borayotgan bir paytda, astronomiya fanini
an’anaviy usulda zamonaviy bilimlar bilan boyitilmay o‘qitilmoqda, va o‘quvchilar
bilimi zamonaviy tasavvurlardan chetda qolib ketmoqda. Bunday holat fizika va
astronomiya fanlari bo‘yicha o‘qituvchilarni keng qamrovli zamonaviy bilimlarga ega
bo‘lishlari zaruriyatini taqozo etadi, ya’ni zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini,
286
zamonaviy informatsion texnologiyalarni va bu texnologiyalardan foydalanishni
bilishlari lozim.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida astronomiya fanini o‘qitishning o‘ziga
xosligini e’tiborga olgan holda, astronomiya fani mashg‘ulotlarini axborot
texnologiyalari va innovatsion ta’lim dasturlari asosida o‘qitish orqali talabaning
mantiqiy fikrlash, texnik - ijodkorlik, eksperimental qobiliyatini rivojlantirishga
alohida ahamiyat berilmoqda.
Hozirgi zamonaviy ta’limni axborotlashtirish sharoitida interfaol kompyuter
modellari asosida astronomiyadan yaratiladigan o‘quv uslubiy majmualar fizika
o‘qituvchilarini mutaxassislikka tayyorgarlik darajasini ko‘tarishda muhim omil ekani
va, bunda osmon manzarasini obrazli ko‘rinishda ifodalash, astronomiyani yanada
chuqurroq o‘zlashtirishga, talabalar faolligini va bilimga qiziqishini ortishiga olib
kelishini har tomonlama oshishiga olib Haqiqatdan ham o‘qitishning didaktik
tamoyillaridan biri bu namoyishli o‘qitishdir. Shuning uchun informatsion kommutativ
texnologiyalardan foydalanish astronomiya darslarida o‘quv jarayoniga qo‘yilgan
birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan talablardan sanalishi lozim.
|