|
1. Moliyaviy hisobot nima?
|
Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 25 Kb. | | #106353 |
Bog'liq suropboyev doston moliya fanidan
1. Moliyaviy hisobot nima?
Moliyaviy hisobotlar – bu shunday foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan talablarini qondirishga qaratilgan hisobotlarki, bunday foydalanuvchilar ularning axborotga bo‘lgan maxsus talablariga moslashtirilgan hisobotlarni tadbirkorlik sub’ektidan talab qila olmaydi.1
Ushbu ta’rifni qisqacha qilib, moliyaviy hisobot – korxonaning moliyaviy ahvoli to’g’risidagi yagona ommaviy axborot manbasi hisoblanadi.
Boshqa bir adabiyotlarda aytilicha, moliyaviy hisobot – bu korxonaning iqtisodiy-moliyaviy holatini ochib beruvchi hujjat hisoblanib, uning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
Moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot;
Umumalashgan daromad to’g’risidagi hisobot;
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot;
Xususiy kapital harakati to’g’risidagi hisobot.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXSlar) “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha Kengashi” (MHXSK) tomonidan chiqariladi. Ular Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari(BHXS) va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) o’z ichiga oladi.
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga asosan tuzilgan hisobotlar korxonaga qarz beruvchilar, hozirgi paytdagi va potensial investorlar, shuningdek boshqa kreditorlarga hisobot beruvchi tashkilotga resurslarni taqdim etish to’g’risidagi qarorlarni qabul qilishda foydali va zaruriy bo’ladigan moliyaviy axborotni taqdim etish uchun zarur.
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari dolzarbligi yana quyidagilardan iborat:
Investor manfaatlari yo’lida tuzilgan bo’ladi
Investor uchun tushunarli bo’ladi
Eng yaxshi xalqaro amaliyotga mos
Ixtiyoriy kompaniyalarni taqqoslash mumkin bo’ladi
Standart (belgilangan) tartib asosida tekshiriladi.
2. Moliyaviy hisobotlardagi axborotlar qanday sifat talablarga javob berishi kerak?
Moliyaviy hisobotlardagi axborotlar asosiy va qo’shimcha sifat talablarga javob berishi kerak. Asosiy sifat talablariga Ishonchlilik va O’rinlilik kiradi. Qo’shimcha sifat talabalariga Qiyoslanuvchanlik, Tushunarlilik, Tekshiriluvchanlik, O’z vaqtida taqdim etish kiradi.
Axborotni ishonchli taqdim etish deganda uning to’liqlilik, holislik va bexatolik sifatlarga egaligi tushuniladi.
Axborotni o’rinlilik taqdim etish deganda uning axbotorning korxona kela kelajagini bashorat qilish imkonini berishi kerakligi va axborotning isbotlovchi xususiyatining bo’lishi keraligi sifatlarga egaligi tushuniladi.
Moliyaviy hisobotning tushunarliligi quyidagilardan tashkil topishi kerak:
Tasniflash, tizimlash va qisqalik
Sodda ko’rinishda taqdim etish emas
Foydalanuvchilar yetarli darajada tayyorlangan deb hisoblash
Moliyaviy hisobotning qiyoslanuvchanligini uning izchilligi, xilma xilligi va hisobning muqobil shakllarini qo’llashni minimallashtirish xususiyatlari tashkil qiladi.
Moliyaviy hisobotning tekshuriluvchanligini quyidagilar tashki qiladi:
Mustaqil mutaxassislarning hodisa haqqoniy aks ettirilganligi to’g’risida yakdilligi
Bunda hodisani baholashda to’liq yakdillik bo’lishi shart emas
Qo’llanilayotgan asoslarning yoritilishi
Moliyaviy hisobotning o’z vaqtida taqdim etilishi deganda Axborotning o’z vaqtida qarorlar qabul qilish uchun olinishi va doim tezlikda emas, chunki ba’zida ma’lumot uzoq vaqt dolzarbligicha qolishi anglashiladi.
|
| |