|
To‘liq shartli operator va uning umumiy ko‘rinishi
|
bet | 10/23 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 5,53 Mb. | | #230011 |
Bog'liq Iroda BMITo‘liq shartli operator va uning umumiy ko‘rinishi
Python dasturlash tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni to‘liq shartli ko‘rinishida ifodalash uchun if else operatoridan foydalaniladi. Algoritm tarkibidagi shartlar chin qiymat qabul qilganda ma’lum bir operatorlar, yolg‘on qiymat qabul qilganda boshqa operatorlar bajarilishi ham mumkin.
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni python dasturlash tilida to‘liq shartli operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
if :
operatorlar1
else:
operatorlar2
if else operatori tarkibidagi shartlarning chin qiymat qabul qilganda operatorlar1 bajariladi, aks holda operatorlar2 bajariladi.
Misol: Berilgan son juft bo‘lsa 2 ga ko‘paytirib juft so‘zini aks holda toq bo‘lsa 3 ga ko‘paytirib toq so‘zini ekranga chop eting.
a=15
if a%2==0:
print('juft')
print(2*a)
else:
print('toq')
print(3*a)
=== RESTART: C:\Users\User\Desktop\1.py ===
Toq
45
>>
elif operatori
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni algoritmlash vaqtida, albatta, shartga e’tibor berish talab etiladi, chunki algoritm shart bo‘yicha tarmoqlanib qismlarga ajralib ketadi. Masalan, dastur bajarilishining birorta qadamida qandaydir shartni tekshirish natijasiga ko‘ra boshqaruvni dasturning u yoki bu bo‘lagiga uzatish mumkin.
elif shart operatori Python dasturlash tilida aniqlangan bo‘lib, u aks holda ichida shart kelgan holatlarda ishlatiladi. Elif shart operatorining umumiy ko‘rinishi quyidagicha.
if :
operatorlar1
elif :
operatorlar2
else:
peratorlar3
Bu operator aks holda qismida alohida if operatorini yozmaslik uchun ishlatiladi, agar false qiymatidan farqli ya’ni true bo‘lsa,
bajariladi, aks holda tekshiriladi, agar chin bo‘lsa bajariladi, aks holda bajariladi.
Misol. Berilgan musbat sonni kabisa yili ekanligini aniqlang. 4 ga karrali yillar va 100 ga karralilar ichida faqat 400 ga karralilari Kabisa yili hisoblanadi.
Masalan: 16,24,2016,2020, 2400 lar kabisa va 5,100,200, 2017 lar kabisa yili emas.
else:
print('kabisa yili emas')
RESTART: C:\Users\User\Desktop\1.py x=2024
kabisa yili >>>
x=float(input('x='))
from math import*
if x%100==0:
if x%400==0:
print('kabisa yili')
else:
print('kabisa yili emas')
elif(x%4==0):
print('kabisa yili')
Tarmoqlanuvchi jarayonlarini algoritmlarida uchraydigan shartlar holatiga qarab, yuqorida keltirib o‘tilgan uch xil ko‘rinishdagi shartli operatorlarning qulay birortasidan foydalaniladi.
|
| |