• O`QUV FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI. Sh.T.Haqberdiyeva Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti asistenti
  • April 15 th 16 th 2022




    Download 310.13 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana12.11.2023
    Hajmi310.13 Kb.
    #97557
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3 (33) (1)
    lab tar, Iroda, 2 - Лаборатория машғулот, ЖБ (1), 5 ta tashabbus, writing, english, 3- amaliy ish, 1-MAVZU, funksional-ketma-ketliklar-va-qatorlarning-tekis-yaqinlashishi-koshi-kriteriysi, nnnnn[1], KompyuterMa ruza, Adhamjon, Jumaboyev Shohzod kurs ishi, hfx


    International Conference on Developments in Education 
    Hosted from Toronto, Canada 
    httpseconferencezone.org 
     
    April 15
    th
     -16
    th
    2022 
    14 
    TA’LIM JARAYONIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING 
    MOHIYATI VA BILIMLARNI O‘ZLASHTIRISH JARAYONINING 
    O`QUV FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI. 
     
    Sh.T.Haqberdiyeva 
    Termiz davlat universitetining Pedagogika 
    instituti asistenti 
     
    Annotatsiya.Ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvning mohiyati - o‘quvchilarda turmushda 
    vujudga keladigan muammolarni avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikmalari va tajribalari asosida hal qilish 
    layoqatlarini rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, kompetensiyalar davlat va 
    jamiyatning ta’lim tizimi oldiga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasi hisoblanadi. Demak, kompetensiyaviy 
    yondashuv ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masaladir.
     
    Kalit so‘zlar: Kompetensiya, fan tushunchalari, kreativlik, texnologiya, kommunikativ, samaradorlik
    an’anviy, mantiq, bilim, ko‘nikma malaka va h.k. 
    O‘quvchining kompetensiyasi – o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini 
    kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanish va amaliyotda 
    qo‘llay olish qobiliyatidir. 
    Kommunikativ axborot tizimining kun sayin kengayib, ma’lumotlarning keskin oshib borayotgani, 
    ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, o‘sib kelayotgan avlodni 
    hayotga har tomonlama mukammal tayyorlash talab-ehtiyojlari, ayni paytda, jamiyatni ijtimoiy 
    rivojlantirishning ilmiy asoslangan, istiqbolli rejasini ishlab chiqish, uning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab 
    olish o‘quv tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishni taqozo etadi. Mamlakatimizning taraqqiy 
    etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish 
    maqsadi ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda. 

    Download 310.13 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 310.13 Kb.
    Pdf ko'rish