• Reaktivlar
  • Oqsilni organik kislotalar bilan cho’ktirish
  • Oqsilni og`ir metall tuzlari bilan cho’ktirish
  • Oqsillarni ishqoriy va ishqoriy yer metall tuzlari bilan cho’ktirish
  • Ishning bajarilishi
  • 1– laboratoriya mashg`uloti. Oqsillarni cho’ktirish reaksiyalar Oqsilning issiqlik ta’siridagi denaturatsiyasi




    Download 19.34 Kb.
    Sana12.11.2022
    Hajmi19.34 Kb.
    #30073
    Bog'liq
    lab tar
    Iroda, 2 - Лаборатория машғулот, ЖБ (1), 5 ta tashabbus, writing, english, 3- amaliy ish, 1-MAVZU, funksional-ketma-ketliklar-va-qatorlarning-tekis-yaqinlashishi-koshi-kriteriysi, nnnnn[1], KompyuterMa ruza, Adhamjon, Jumaboyev Shohzod kurs ishi, hfx

    1– laboratoriya mashg`uloti. Oqsillarni cho’ktirish reaksiyalar
    Oqsilning issiqlik ta’siridagi denaturatsiyasi Ko‘pgina oqsillar 50-65°C temperaturada buzila boshlaydi. Yuqori temperatura oqsilning denaturatsiyasiga olib keladi, buning natijasida makromolekula qaytmas fizik-kimyoviy va biologik xossalarining o‘zgarishiga uchraydi. Qaynatish natijasida polipeptid zanjiridagi disulfid bog`lari buziladi va makromolekulaning konformatsiyasini buzilishiga olib keladi.
    Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) 1% li sirka kislota, v) 10% li sirka kislota, g) 10% li o‘yuvchi natriy, d) natriy xlorning to‘yingan eritmasi.
    Ishning bajarilishi: 5 ta probirka olib, ularning har biriga 1 mldan oqsil eritmasidan solinadi. Birinchi probirkadagi oqsilni qaynaguncha qizdiriladi. Eritma loyqalanadi (oqsil atrofidagi gidrat qobig`i buziladi), lekin cho‘kma tushmaydi. Bu 17 yerda bir xil zaryadli muhit bo‘lgani uchun oqsilning koagulyatsiyasi amalga oshmaydi. Ikkinchi probirkadagi oksil eritmasiga avval 1 tomchi 1% li sirka kislotasidan tomiziladi va keyin qaynatiladi, bunda oqsil tezda cho‘kmaga tushadi, buning sababi shuki, oqsil molekulasidagi zaryadlar neytrallanib, oqsil o‘zining izoelektrik nuqtasiga yaqinlashib qoladi. Uchinchi probirkadagi oqsil eritmasiga 5 tomchi 10% li sirka kislotasidan qo‘shiladi va qaynaguncha qizdiriladi. Bunda cho‘kma tushmaydi, sababi oqsil molekulasi musbat zaryadlanib qoladi va koagulyatsiyaga yo‘l qo‘ymaydi. To‘rtinchi probirkadagi oqsil eritmasining ustiga 5 tomchi 10% li natriy ishqoridan qo‘shiladi va qaynaguncha qizdiriladi, bunda ham cho‘kma tushmaydi, sababi oqsil molekulasi manfiy zaryadlanib qolgan bo‘ladi. Beshinchi probirkadagi oqsil eritmasining ustiga 5 tomchi 10% li sirka kislotasidan solib, yana ustiga 5 tomchi natriy xlorning to‘yingan eritmasidan solinadi va qaynaguncha qizdiriladi, natijada oqsil cho‘kmaga tushadi.
    Oqsilni organik kislotalar bilan cho’ktirish Organik kislotalar ta‘sirida oqsillar qaytmas cho‘kadi. Har xil kislotalar turlicha ta‘sir ko‘rsatadi. Sulfosalitsil va uchxlorsirka kislotalar esa boshqalariga nisbatan samarali ta‘sir qiladi. Uchxlorsirka kislota ta‘sirida faqat oqsillar cho‘kmaga tushadi. Sulfosalitsil kislota esa oqsildan tashqari uning parchalanish mahsulotlari bo‘lgan peptonlarni va polipeptidlarni ham cho‘ktiradi.
    Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) 10% li sulfosalistil kislota, v) 10% li uchxlorsirka kislota.
    Ishning bajarilishi: 2 ta probirka olib, ularga 2 ml dan oqsil eritmasidan quyiladi. 1 - probirkaga 5 tomchi uchxlorsirka kislotadan, 2 - probirkaga esa shuncha miqdorda sulfosalitsil kislotadan solinadi. Ikkala probirkadagi oqsil cho‘kmaga tushadi
    Oqsilni og`ir metall tuzlari bilan cho’ktirish Oqsillar mis, qo‘rg`oshin, simob, rux, kumush va boshqa og`ir metall tuzlari bilan cho‘kmaga tushadi. Og`ir metall ionlari bilan oqsillarni cho‘ktirilishi murakkab jarayon hisoblanadi. Bunda avval suvda erimaydigan kompleks birikma hosil bo‘ladi. Bu hosil bo‘lgan birikma og`ir metall tuzlarining qo‘shimcha miqdorida erib ketadi (AgNO3 va HgCI2 dan tashqari). Og`ir metall tuzlari oqsil mitsellisiga adsorbsiyalanib, elektr zaryadini o‘zgartiradi (neytral holga kelguncha).
    Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) 5% li qo‘rg`oshin atsetat, v) 2,5% li kumush nitrat, g) 5% li temir xlorid, d) 5% li mis sulfat.
    Ishning bajarilishi: 4 ta probirka olib, ularga 1 ml dan tuxum oqsili eritmasidan solinadi va tomchilatib og`ir metall tuzlarining eritmasidan solinadi: 1- probirkaga qo‘rg`oshin atsetat, 2-probirkaga mis sulfat, 3-probirkaga temir xlorid, to‘rtinchi probirkaga kumush nitrat eritmalaridan cho‘kma tushguncha solinadi. Keyin har bir probirkaga kerakli tuz eritmalaridan qo‘shimcha solinadi, natijada uchchala probirkadagi cho‘kmalar erib ketadi. To‘rtinchi probirkadagi kumush nitrat solingan cho‘kma erimaydi.
    Oqsillarni ishqoriy va ishqoriy yer metall tuzlari bilan cho’ktirish. Neytral ammoniy tuzlari, ishqoriy va ishqoriy yer metal tuzlari – Na2SO4, (NH4)2SO4, NaCI, MgSO4 va boshqalar oqsil zarrachalarining zaryadlarini neytrallaydi va ularning degidrotatsiyasiga (suvsizlanishiga) sabab bo‘ladi, natijada cho‘kma tushadi. Oqsillarning bu cho‘ktirish uslubi tuzlash deb ham ataladi. Tuzlash jarayoni qaytar hisoblanadi. Cho‘kmani suvda qayta eritish mumkin, bunda oqsilning hossalari ma‘lum darajada tiklanishi kuzatiladi (masalan, fermentlarning aktivligi, antigenlik hossasi). Tuzlash oqsillarni fraksiyalarga ajratishda, oqsillarni tozalash va ularni kristall shaklida ajratib olish uchun qo‘llaniladi. Ammoniy sulfat bilan cho’ktirish
    Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) Natriy xlor tuzi (kristall holda), v) ammoniy sulfat tuzi (kristall holda) g) ammoniy sulfatning to‘yingan eritmasi, d) magniy sulfat tuzi (kristall holda) e) 1% li sirka kislota. j) 10% li natriy ishqori, z) 1% mis sulfat.
    Ishning bajarilishi: Probirkaga 2-3 ml oqsil eritmasidan quyiladi va ustiga ammoniy sulfatning to‘yingan eritmasidan shuncha hajmda solinadi va aralashtiriladi. Bunda dastlab globulinlar cho‘kmaga tushadi, albuminlar eritmada qoladi. Shundan so‘ng cho‘kma filtr qog`ozi orqali filtrlanadi. Filtratga ammoniy sulfatning kristallaridan to‘yingan eritma holiga kelguncha solinadi (bunda oxirgi solingan tuz erimasligi kerak). Bunda albuminlar cho‘kmaga tushadi. Shundan so‘ng cho‘kma filtrlab ajratib olinadi . Filtrat bilan biuret reaksiyasi qilib ko‘riladi. Agar oqsil oxirigacha cho‘kkan bo‘lsa, bu reaksiya chiqmasligi kerak
    Download 19.34 Kb.




    Download 19.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1– laboratoriya mashg`uloti. Oqsillarni cho’ktirish reaksiyalar Oqsilning issiqlik ta’siridagi denaturatsiyasi

    Download 19.34 Kb.