47
musobaqalar umuman, oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari tarkibining sport ishlari
natijasi hisoblanadi. Sport turlari bo‘yicha
terma jamoalarning Rektor, dekan, kasaba
uyushmasi, yoshlar tashkiloti ishtirokida tuzilishi mazkur
musobaqalarning ahamiyatini
yanada oshiradi.
Musobaqa natijalarining maxsus taxtada namoyish etilishi, ularning ilmiy va fakultet
kengashlarida muhokama qilinishi, yuqori sifat natijalariga erishgan sportchilarning hamda
jamoalarning mukofotlanishi kursdoshlar, oliy o‘quv yurti talabalarida ham bellashuvlarga,
ularning ishtirokchilariga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Taxtadagi sportchilar va terma
jamoalarning suratlari musobaqa ishtirokchilarining
intizomini kuchaytirib, ularga
jamoaning e’tiborini tortadi.
Musobaqalarga tarbiyaviy nuqtai nazardan baho berishda ma’naviy mezonlarni ham
qo‘llash, shug‘ullanuvchilarning asoslarini, o‘zaro yordam hissining rivojlanganlik darajasi
intizomlilikka baho berish juda muhim. Musobaqa yakunlarini o‘tkazish
uchun uning
borishi va natijalarini chu qur o‘rganish har tomonlama tahlil qilish, natijlar va xulosalarni
jamoatchilik bilan muhokama etib, imkon qadar xolislikka erishish zarur.
Musaboqalarda o‘zini ko‘rsatgan ishtirokchilarni rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror
qabul qilishda terma jamoalar va alohida talabalarning rag‘batlantirilishini, moddiy hamda
ma’naviy rag‘batlantirish vositalarini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyg‘unlashtirish juda
muhim. Musobaqa g‘oliblarini ma’naviy rag‘batlantirishning (sovrinlar,
bayroqlar,
yorliqlar) jamoatchilik nigohidagi qadr-qiymatini ko‘tara bilish rektorat hamda oliy ta’lim
muassasi professor-o‘qituvchilarining pedagogik mahorati ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.