III-BOB SOG‘LOM TURMUSH TARZIDA O‘ZINI O‘ZI JISMONAN




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/76
Sana04.12.2023
Hajmi4,66 Mb.
#110808
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76
Bog'liq
DARSLIK

III-BOB SOG‘LOM TURMUSH TARZIDA O‘ZINI O‘ZI JISMONAN 
TARBIYALASH O‘ZINI O‘ZI TAKOMILLASHTIRISH 
 
3.1 Jismoniy tarbiya va salomatlik 
Jismoniy tarbiya - jamiyatdagi umumiy madaniyatning bir qismidir. Shuningdek, u 
insonning 
jismoniy 
qobiliyatini 
rivojlantirish, 
salomatligini 
mustahkamlashga 
yo‘naltirilgan ijtimoiy faoliyat sohalaridan biridir. Jamiyatda jismoniy madaniyatning 
ahvoli haqida quyidagi ko‘rsatkichlar orqali so‘z yuritish mumkin: insonlar salomatligi va 
jismoniy madaniyati saviyasi; ta’lim va tarbiya, sohasida ishlab chiqarish va turmushda 
jismoniy tarbiyadan foydalanish darajasi; bo‘sh vaqtdan foydalanish; jismoniy tarbiya 
tizimining xarakteri, ommaviy sportning rivojlanish, sportdagi yuksak yutuqlar. 
Jismoniy tarbiyaning asosiy elementlari: jismoniy mashqlar, mashqlar majmualari va 
ular bo‘yicha musobaqalar, tanani chiniqtirish, mehnat va turmush gigienasi, sport turizmi. 
Jismoniy tarbiya jamiyatdagi umumiy madaniyatning bir qismi hisoblanar ekan, 
umummadaniy va ijtimoiy vazifalar (ta’lim - tarbiyaviy, me’yoriy, o‘zgartiruvchi, 
o‘rgatuvchi). 
Jismoniy tarbiya o‘zining umummadaniy va ijtimoiy vazifalarini o‘zining maxsus 
vositalari yordamida bajaradi. Bu vazifalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
1.Organizmni insonning yoshi, jinsi, sog‘liqining ahvoli, jismoniy rivojlanishidan 
qat’iy nazar rivojlantirish va mustahkamlash. 
2. Yoshlarni mehnatga va Vatan himoyasiga jismonan tayyorlash. 
3. Yoshlarning faol dam olish va bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish ehtiyojini 
qondirish. 
4. Yoshlarning irodasini, jismoniy qobiliyatlarini va harakat imkoniyatlarini 
chiniqtirish. 


37 
Ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport har tomonlama komil insonni tarbiyalashda 
muhim vosita hisoblanadi. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish ish 
qobiliyatini o‘stiradi, sog‘lom turmush tarziga ehtiyojni tarbiyalaydi, bu esa uzoq yillar 
mustahkam salomatlik va ijodiy faollik garovidir. 
Shuning uchun o‘quvchi va talaba yoshlarni jismoniy tarbiya qilish bo‘yicha o‘quv 
jarayonlarni takomillashtirish Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim 
davlat ahamiyatiga ega, chunki yoshlar salomatligi omili xalq xo‘jaligi uchun ishchi 
resurslar rezervini tayyorlashning asosi hisoblanadi. Shu munosabat bilan oliy o‘quv 
yurtlari dargohidan chiqayotgan mustaqil O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining 
bo‘lajak mutaxassislari jismoniy tarbiya va sportni mehnat faoliyatida, turmushda, harbiy 
burchni bajarishda joriy etishga tayyor bo‘lishlari va sportning ishlab chiqarishning 
iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etishini chuqur tushunishlari kerak. 
Hozirgi vaqtda o‘quvchi va talaba yoshlar salomatligida jiddiy kamchiliklar 
mavjudligi aniqlangan. Bunga yoshlarning kam harakatliligi sabab bo‘lmoqda. Kam 
harakatlilik semizlik, diabet, nevroz, yassi tovonlik, qomatning buzilishi kabi 
kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. “Jismoniy rivojlanish” tushunchasining 
mazmunini organizmning mexanik-tuzilish xususiyatlari nuqtaiy nazaridan izohlash yetarli 
bo’lmaydi, jismoniy tarbiya nazariyasida uning harakat apparati va umuman organizm 
rivojlanishinig haqiqiy tavsifi bilan bog’lanish lozim. Hozirgi vaqtda shunday fikrlar 
ustunvorligi, ularga ko’ra alohida bir belgi emas, balki tana uzunligining turlicha 
varizantlarida uchraydigan nisbati insonning jismoniy rivojlanishini tavsiflaydi. Tana 
o‘lchamlarining kattalashishi har doim jisoniy rivojlanishning yaxshilanishiga muvofiq 
keladi; buni “jismoniy anglash indekslari” parallel ravishda ortganidagina ta’kidlash 
mumkin. Bolalar va o‘smirlar jismoniy rivojlanishini o’rgangan mamlakatimizdagi va chet 
ellik mualliflarning ko‘p sonli tadqiqotlarida ko’rsatilishicha, jismoniy rivojlanishning 
yo’nalishi va darajasi biologik omillardan (irsiyat va h.k) tashqari ijtimoiy va ekologiya 


38 
shart-sharoitlariga (jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, maishiy va 
gigiyenik ko’nikmalar jismoniy tarbiyani tashkil etish, tabiiiy sharoit, turmush tarzi va 
boshqalar). Inson salomatligi ko’rsatkichlaridan biri bo’lgan jismoniy rivojlanishga 
munosabat uning ilmiy va amaliyot ahamiyatini oshiradi hamda rivojlanish darajasi va 
uyg’unligiga bog’liqligini o‘rganish vazifasini birinchi darajali masalar qatoriga qo’yadi. 
Chunki jismoniy rivojlanishning bir xil ko’rsatkichlari namoyon bo’lish darajasiga qarab 
ijobiy, salomatlikning umumiy bahosi uchun qulay yoki uning yomonlashuvining xavfli 
omiliga aylanib, u yoki bu kasallikning yuzaga kelishiga sharoit yaratishi mumkin. 
Jismoniy rivojlanishning mohiyatini bunday tushuntirish insonning kelajagi uchun foydali, 
uning o‘z-o‘zini jismoniy takomillashtirish bo’yicha faoliyatlarini kuchaytiradi. Jismoniy 
rivojlanish darajasi va munosibligi har qanday yoshda organizm bilan muhit orasidagi 
o’zaro munosabatning dialektikasini ochib beradi, organizmdagi metabolik jarayonlarini
endokrin tizimi muvozanatini, jismoniy tarbiyaning adekvatligini tavsiflaydi. 
Insonning jismoniy rivojlanishi organizmning funksional holati- salomatlikning 
boshqa tarkibiy qismi bilan chambarchas bog’liq; bular alohida rivojlanish jarayonida 
o’zaro aloqaga kirishib, bir-birini taqozo etadigan holatlardir. Morfolik holda funksional 
ko’rsatkichlarning birligini, unnig ahamiyatini biologiyaning asosiy tamoyillaridan biri-
tuzilish va vazifa birligi nuqtaiy nazaridan tekshirish lozim. Funksionalko’rsatkichlariga 
tana tuzilishidagi tarkibiy qismlarida hayot faoliyatining namoyon bo’lishi sifatida 
qaraladi. Tuzilmalar va uning bajaradigan vazifalari bir-biridan ayri holda mavjud 
bo‘lmaydi, balki dialektik birlikda yashaydi.
Biroq tuzilmalar hamda vazifalarning tashqi ta’sirlarga beriluvhanligi turlicha: 
bulardan birinchisi ancha barqaror. Funksiya u yoki bu biologik tuzilmada hayotning 
namoyon bo’lishi (moddalar almashinuvi), har qanday funksiya va uning o’zgarishlarini 
har doim tegishli tuzilma o’zgarishlari taqozo etadi, ular tegishli tuzilma o’rganishlari bilan 
uzviy bog’liq. Ontogenez jarayonida jismoniy tarbiyalash, uning bosqichlariga xos 


39 
xususiyatlarni e’tiborga olish mazkur biologik imkoniyatlar va qonuniyatlarni amalga 
oshirish, insonning hayot faoliyati jarayonida morfofunksional rivojlanishning maqbul 
darajasini saqlab qolish uchun sharoit yaratadi. Bunda jismoniy rivojlanish 
ko’rsatkichlarini o‘lchash organizmdagi evolyutsiya yoki involyutsiya jarayonlarining 
nazorati bo’lib xizmat qilishi mumkin; u sog’lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya 
omillaridan salomatlikni saqlash, rivojlantirish hamda tahrir qilishda maqsdli foydalanish 
imkonini beradi
.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha mutaxassislar harakat faolligini salomatlikni saqlash va 
mustahkamlashda muhim omil hisoblaydilar. Jismoniy tarbiya bo‘yicha majmuaviy dastur 
o‘sib kelayotgan avlodni har tomonlama rivojlanishiga, salomatlikni mustahkamlashga, 
chiniqtirishga, o‘quvchilarning ish qobiliyatining o‘sishiga, kundalik harakat rejimini 
tashkil etishga yo‘naltirish lozim.
Ayni paytda shuni ham aytib o‘tish kerakki, pedagogika sog‘lomlashtiruvchi 
jismoniy tarbiyaning shakllari, vositalari, usullari va metodik ko‘rsatmalarni ishlab 
chiqishga etarlicha e’tibor bermagan. Shu paytga qadar jismoniy tarbiyada o‘quvchi va 
talabalar, asosan, chidamlilik, chaqqonlik, kuch, tezlik, chayirlik va boshqa sifatlarni 
rivojlantirish g‘oyasi asosiy o‘rin egallagan.
Yosh sportchilarni, shuningdek, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash 
masalalarini hal qiluvchi sport mashg‘ulotlari metodologiyaning bazisi hisoblanadi. 
Bundan tashqari, insonning salomatlikni asrash va mustahkamlashga, jismoniy 
mashg‘ulotlardan oladigan qoniqishga bo‘lgan ehtiyojini, uning qiziqishlarini ham 
e’tiborga olish kerak. 
Yoshlarni jismonan tarbiya qilishda individual yondashuv sog‘lomlashtiruvchi 
jismoniy tarbiya pedagogik tizimining asosiy yo‘nalishiga aylanishi kerak.


40 
Shu munosabat bilan inson barkamolligini majmuaviy baholash yordamida 
individual imkoniyatlarni diagnostika qilish jismoniy etuklikka erishishning asosi bo‘lishi 
kerak. 
Yoshlarni, xususan, bog‘cha yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya va sport 
tushunchasini paydo qilish va ularni qiziqtirish maqsadida “Bolalikdan sportga”, “Tonggi 
gimnastika”, umumta’lim maktablarida “Biz bilan bajar, bizdek bajar, bizdan yaxshiroq 
bajar!”, “Quvnoq startlar” sinflararo, “Katta yoshdagilar uchun aerobika”, “Boshlang‘ich 
yoga mashg‘ulotlari”, “Ortiqcha vazndan voz kech!” kabi sport mashg‘ulotlarini hamda 
oilalar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Otam, onam va men — sportchilar oilasi!” televizion 
sport musobaqalarini telekanallarda namoyish etish; Ayni paytda, jismoniy rivojlanish
gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorlik - bularning barchasi muntazam jismoniy 
tarbiya mashg‘ulotlarining natijasidir. Bunda inson o‘z salomatligining mustahkamlanishi 
jihatidan qoniqish hosil qiladi. Bu esa o‘z navbatida uning jismoniy va aqliy faolligini 
oshiradi, natijada o‘quv va mehnat faoliyatining unumdorligi oshadi. 
Organizmning fiziologik zahiralari mutlaqo aniq anatomik-fiziologik, funksional 
imkoniyatlariga ega. Kompensatsiya- moslashuv jarayonlarini moddiy ta’minlashning 
hammabop tamoyili shakllangan bo’lib, bunday ta’minlashning yo’li har doim va har 
yerda hujayralarning ichki tuzilishini giperplaziyasi sanaladi.
Sog‘lom kishi katta hajmli jismoniy ish bajarish bilan bog’liq hayot faoliyati 
jarayonida tabiiy zahira hisobiga funksiyalarnnig yanada yaxshilanishi yuz beradi. Bu 
zahira organizmning genometining tarkibiy qismi bo’ladi hamda inson organizmining 
ichki va tashqi muhit omillariga moslashuvi tushunchasi mazmunini tashkil etadigan 
ko’pdan-ko‘p jarayonlariga erishiladi va tadqiqotchi insonning moslashish materialini –
uning umumiy moslashish zahirasini hamda yuklamaga moslashish zahirasini to‘g‘ridan-
to‘g‘ri o‘lchash imkoniga ega.


41 
Jismoniy yuklamalarda kuzatilgan a’zolar giperfunksiyasi, shu a’zolar hujayralarida 
nuklein kislotalar va oqsillarning sintezi aktivlashadi. Muntazam mashqlar sharoitida, 
hujayra ginetik apparatining funksional holati oshishi-organizmning fiziologikfunksiyalari 
plastik mutanosiblikni amalga oshirish ro’y beradi. Muskul faoliyatiga shunchalik chuqur 
ta’sir etishi mumkin-ki, bunda genetik apparat va oqsil biosintezi faoliyatini o’zgartirishi 
mumkin. Bunday xulosalarga asos bo’lib, tibbiy genetika sohasidagi tekshiruvlarning 
natijalarixizmat qiladi, ularda genetik “yuk” muammolari bilan birga genetik dasturning 
yanada muhim tomoni-odam sog’lig’ini yuqori darajasini ta’minlovchi normal allellarnnig 
to’liq ta’siri aniqlanadi.
Hozirgi zamonda bolalar va o‘smirlar rivojlanishining muhim 
xususiyatlaridan biri, organizmning tashqi omillariga nisbatan yuqori ta’sirchanligi va 
moslanuvchanligi bo’lib, bular natijasida qulay tashqi shart-sharoitda hamda har 
tomonlama oqilona majmuali ta’lim tarbiya olib borilganda, umumiy jismoniy rivojlanish 
va salomatlikning yaxshilanishi, ruxiy (psixik) takomillashuvi yuz beradi. Shunday qilib, 
salomatlikka valeologiya nuqtai nazaridan qarash kerak. Chunki valeologiya insonning 
jismoniy barkamolligi, harakatsizlik va zararli odatlar natijasida kelib chiqishi mumkin 
bo‘lgan turli kasalliklarning oldini olishga sabab bo‘luvchi jismoniy tarbiya shakllari, usul 
va vositalari haqidagi fandir. 

Download 4,66 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III-BOB SOG‘LOM TURMUSH TARZIDA O‘ZINI O‘ZI JISMONAN

Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish