Baxtsiz hodisalarning oldini olish




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/76
Sana04.12.2023
Hajmi4,66 Mb.
#110808
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76
Bog'liq
DARSLIK
5-amaliy ish — копия (5), SEVMM-laboratoriya -6, 7-19, АППАРАТ мажлис ыарори 19.10.2020 й, ИБ-32-3н 5.11.2020 й, 0094.2.5321600.Hayot faoliyati xavfsizligi, Монография, 100 poliester mato def, Мартынова Е.А. Диссертация v2 (1), Roving Frame F 18, 12-13, 1, 7, 263 15.09.2014 узб
2.5.Baxtsiz hodisalarning oldini olish. 
Hozirgi vaqtda avtomobil transportining jadal rivojlanishi va harakat intensivligining 
oshishi piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash muammosini ilgari surmoqda. Shu 
munosabat bilan yo‘l transporti hodisalarining oldini olish, yoshlarga yo‘l harakati 
qoidalarini tushuntirish hamda ko‘cha va yo‘llarda intizomga rioya qilish malakalarini 
singdirish muhim ahamiyatga ega. Yoshlarni ko‘cha va yo‘llarda, jamoat transportida 
intizomli bo‘lishga o‘rgatish butun o‘quv-tarbiya jarayonining ajralmas qismi
o‘zlashtirilgan qoidalar, belgilangan tartibga rioya qilish esa bolalarning doimiy ehtiyoji 
bo‘lib qolishi kerak. Buning uchun yoshlarni muntazam ravishda yo‘l harakati qoidalariga 
o‘rgatish zarur. Shu maqsadda darsda yo‘lda shikastlanishning oldini olishga oid 
ma’lumotlar berish tavsiya etiladi. 
STTning bu yo‘nalishini amalga oshirish jarayonida o‘quvchi-yoshlarda harakat 
qoidalarini ongli idrok etib, ularni vaqtida to‘g‘ri qo‘llashga imkon beradigan muayyan 
bilimlarni berish sayr vaqtlarida, o‘qishga borish va qaytishda harakat xavfsizligini 
ta’minlaydigan zarur malakalarni hosil qiladi. 
Turli xildagi shikastlanishning oldini olish ham o‘qituvchi-pedagogning ishida 
alohida o‘rin egallaydi. Bolalar uchi o‘tkir predmetlardan foydalanishda, tepalikda chana 
uchishda, narvonda yurganda, ko‘ngilochar o‘yin va tomoshalar vaqtida ehtiyot bo‘lishi, 
kuyish, it qopishi, ilon-chayon kabilarning chaqishidan saqlanish yo‘llarini bilishlari lozim. 
Ularga noma’lum narsalar (o‘simlik, qo‘ziqorin, kimyoviy kukun va suyuqliklar) ta’mini 
nima uchun tatib ko‘rish mumkin emasligini tushuntirish zarur. 
O‘tkir buyumlar (qaychi, vilka, pichoq, igna va hokazolar)dan noto‘g‘ri foydalanish, 
turli xavfli o‘yinlar (pichoq sanchish, rogatka otish) bilan mashg‘ul bo‘lish vaqtida 


30 
shikastlanish mumkin. Bu o‘rinda bolalar bilan sodir bo‘lgan ba’zi baxtsiz hodisalardan 
misollar keltirish zarur. Bolalar koptok o‘ynash, chana, konki va velosipedda uchishni juda 
yaxshi ko‘radilar. Lekin ular sho‘xlik qilsalar, o‘yin vaqtida intizomga rioya qilmasalar
o‘zlari va boshqalarga shikast etkazishlari mumkin. Shu munosabat bilan bolalarni turli 
o‘yinlar o‘ynash va vaqtni ko‘ngilli o‘tkazish paytida amal qilish lozim bo‘lgan qoidalari 
bilan tanishtirish kerak.
Biz hodisalari turlari haqida gapirishdan oldin, muddatini aniqlash uchun bo'lishi 
kerak. Yo‘l-transport hodisalari Avtomobil yuzasi harakati davomida sodir bo'lgan bir 
voqea, deb atalgan. Bu, jarohat yaralangan yoki o'lgan odamlar borligi bilan xarakterlanadi 
(bu: piyodalar, yo'lovchilar va haydovchilar) shikastlangan yoki aniq transport vositalari va 
tuzilmalarni singan. As, odatda voqea moddiy zarar bo'ladi.
Barcha harakatli o‘yinlarning muayyan shikastlanmaslik qoidalari bor. Ularga qat’iy 
rioya qilish bolalarni jarohatlanishdan saqlaydi. Bular quyidagilar: 
Yugurib o‘ynashda: 
— yugurib borayotgan bolani itarmaslik; 
— tutilayotgan bolaga qo‘lni salgina tekizish; 
— yugurib kelayotgan o‘rtog‘ining yo‘lini kesib o‘tmaslik; 
— koptok, toshchalar, qopcha, granata va hokazolarni maydonda bolalar yo‘qligida 
uloqtirish va boshqalar. 
— Oila va uy ro ‘ z g ‘ o r ichlarida: 
— issiq suvi bo‘lgan choynak, kastrulkani stolning chetiga 
qo‘ymaslik; 
— issiq choynak, kastrulkani latta bilan ushlash; 
— issiq suvni olib borishda qoqilib ketmaslik uchun hushyor bo‘lish; 
— gugurt o‘ynamaslik; 
— yonayotgan gaz ustiga engashmaslik; 


31 
— noma’lum kukun va suyuqliklar ta’mini tatib ko‘rmaslik.
— Cho‘milishda: 
— faqat maxsus jihozlangan joylarda cho‘milish; 
— chuqur soy, hovuz va ariqlarda havo to‘ldirilgan elim o‘yinchoq va moslamalarda 
suzmaslik; 
— sho‘ng‘ishda suv havzasining tubini yaxshi bilish; 
— suzib borayotgan o‘rtog‘ining tagidan suzmaslik. 
— Arg‘imchoq u c h i s h d a :
— arg‘imchoqda to‘g‘ri o‘tirish; 
— arg‘imchoq to‘xtagandan keyingina undan tushish; 
— arg‘imchoqdan sakrab tushmaslik; 
— yotib arg‘imchoq uchmaslik; 
— arg‘imchoqni juda balandlatib uchirmaslik.
— Velosipedda u c h i s h d a :
— transport va piyodalar harakati serqatnov joylarda velosiped uchmaslik; 
— velosipedni o‘rtog‘i bilan kim o‘zarga haydamaslik; 
— ikki kishi bo‘lib velosipedda uchmaslik; 
— velosipedni asta-sekin to‘xtatish, tez ketayotganda birdan to‘xtamaslik. 
Nafas olish organlari va tovush apparati kasallanishining oldini olishda burundan 
to‘g‘ri nafas olish, maqsadga muvofiq kiyinish; organizmni chiniqtirishda esa jismoniy 
tarbiya katta rol o‘ynaydi. Shunday qilib, yuqorida tushunchasi va baxtsiz hodisalar turlari 
haqida aytib kelmoqda. Endi biz hodisalari taqdirda ta'sir odamlar haqida gapirish kerak. 
Shunday qilib, o'lik. Bu - bir voqea sodir bo'lgan saytida vafot yoki voqea sodir so'ng 
keyingi etti kun keyingi dunyoga ketgan odamlar. Bulardan tashqari bolalarni shamollash 
kasalliklarining oldini olish qoidalari bilan tanishtirish kerak: 
—terlab turgan vaqtda sovuq ichimliklar ichmaslik va muzqaymoq emaslik; 


32 
—muz ustida o‘tirmaslik; 
—o‘ta issiq suvga tushmaslik; 
—sovqotish belgilari (yuzning rangsizlanishi, lablar qurishi, etning jimirlashishi) 
paydo bo‘lishidan oldin cho‘milishni to‘xtatish; 
—sovuq, nam bosgan xonalarda yoki nam sovuq havoda sayr qilganda qattiq 
gaplashish; 
—juda ham isib ketgan xona yoki issiq vannadan sovuqqa chiqmaslik. 
O‘quvchi-talabalarni jarohatlanishdan ogoh bo‘lishga undash va har qanday 
sharoitda o‘zaro yordam bera oladigan shaxsni etishtirish. 

Download 4,66 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish