• Kalit so‘zlar
  • Deviant xulq-atvor rivojlanishining oldini olishda ruhiy tarbiya usullaridan foydalanish




    Download 113.76 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana18.04.2023
    Hajmi113.76 Kb.
    #52230
      1   2
    Bog'liq
    7452-Текст статьи-18052-1-10-20221229
    11-sinf-informatika-testlar-1 (1), 5545-Текст статьи-13786-1-10-20220329


    106 
    DEVIANT XULQ-ATVOR RIVOJLANISHINING OLDINI 
    OLISHDA RUHIY TARBIYA USULLARIDAN FOYDALANISH 
    Xasanova Iroda Alimjonovna, JDPU Umumiy psixologiya kafedrasi 
    o‘qituvchisi 
    Rashidova Noila Bosim qizi, Pedagogika-psixologiya fakulteti 2-kurs 
    talabasi 
    Annotatsiya: Yosh avlod o‘rtasida deviant xulq-atvorning rivojlanishi va 
    jamiyatdagi jinoyatchilik hodisalarning o‘sishi o‘rtasida o‘zaro bog’liqlik mavjud. 
    Noqonuniy xatti-harakatlar qilish istagi bolalar va o‘spirinlarning deviant 
    xatti-harakatlar qilish istagi rivojlanishi bilan ortib bormoqda. Shuning uchun 
    deviant hatti-harakat kuzatilayotgan yoshlarni tarbiyalashda hisobga olinishi kerak 
    bo‘lgan ijtimoiy, biologik va psixologik omillarga bog’liq. 
    Kalit so‘zlar:Deviant, yoshlar, xulq-atvor, og’ish, jinoyatchilik, 
    profilaktika, ruhiy tarbiya, din. 
    Xulq-atvorning ijtimoiy normalariga zamonaviy jamiyatning barcha a’zolari 
    rioya qilishlari kerak. Ba’zida ba’zi odamlar qabul qilingan qoidalar va 
    me’yorlarga zid 
    Zid bo‘lgan deviant yoki deviant xulq-atvorni namoyish qilib, belgilangan 
    doiradan chiqib ketish odatiy holdir. Bunday xatti-harakatlarning alomatlari 
    bo‘lgan odamning belgilarini bilish va buni qanday qilib tuzatish mumkinligini 
    tushunish foydalidir. Deviant xulqning oldini olish faoliyati umumiy va maxsus 
    tadbirlardan biri, ular ijtimoiy faoliyatni turli darajalarini qamrab oladi. 
    Muvaffaqqiyatli profilaktik ishlarning asosiy shartlari: uning ixcham yig’ilganligi, 
    ketma – ketligi, uzviyligi, dolzarbligi, toifaga to‘g’ri bo‘linganligi. Ijtimoiy 
    muhitdan kelib chiqqan holda diniy qadriyatlar vositasida ana shunday 
    deviantlikka xoslikni tuzatish mumkin. Chunki din inson ma’naviyatini ezgulikka 
    yetaklovchi omildir.
    Birinchi darajagi profilaktika ishlari – noma’qul xossalarning ta’sirini 
    yo‘qotishga, shu xususiyatlarga nisbatan immunitet hosil qilishga qaratilgan chora 
    – tadbirlardir. Bu tadbirlar o‘smirlar orasida keng yo‘lga qo‘yilishi mumkin. 
    Ikkinchi darajadagi ishlar esa, asab – ruhiy tizim buzilishini ilk davrda aniqlab, uni 
    tuzatishga, “xavfli guruh”dagi o‘smirlar bilan ishlashga, endi shakllanayotgan 
    deviant fe’lga ega o‘smirlarni qayta tarbiyalashga qaratilgan. Uchinchi darajadagi 
    ishlar – bu asab – ruhiy tizim buzilishidan kelib chiquvchi xulq – atvor illatlarini 
    davolash bo‘yicha olib boriladigan maxsus faoliyat deviant xulqli o‘smirlarning 
    o‘ta og’ir fe’l – atvorni namoyon qiluvchi qilmishlarini oldini olishi mumkin. 
    Ruhiy profilaktika ishi uch darajali oldini olish choralaridan iborat bo‘lishi 
    mumkin. Qanday uslubda amalga oshirilayotganiga qarab, ruhiy profilaktika ishi 
    quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
     Ijtimoiy – ruhiy va axloqiy treninglar


    107 
     Namunaviy dasturlar
     Psixologik maslahatlar
     Komplekslik – jamlangan, umumlashgan tadbirlar
     Ommaviy guruhlashishni ilgari surish
     Ma’lumotlarning xosligi
     Salbiy xotimani iloji boricha chetlab o‘tish
     Diniy va an’anaviy rituallar
     Kelajakka intilish istiqboli, reja asosida harakatlanish.
    Deviant xulqli o‘smirlarga ko‘rsatiladigan yordam, asosan, ikki yo‘nalishda 
    bo‘ladi. Ruhiy jihatdan oldini olish, ruhiy tuzatmoq va oqlamoq. Psixologik tashxis 
    qo‘yish – psixodiagnostika – kerakli bo‘lgan, ammo hayotiy zarurat sanalmaydigan 
    faoliyatdir. O‘smir yoshlar bilan ruhiy profilaktika ishini olib borishning turli 
    shakllari bor. Ilmiy – ommabop adabiyotlarga asoslanib, ularni yettita shaklga 
    umumlashtirgan holda amalga tatbiq estish mumkinki, aynan shu shakllar, nafaqat 
    chet davlatlarda, qisman O‘zbekistonda ham qo‘llanilib kelinmoqda.
    Birinchi shakl – ijtimoiy muhitni tashkil qilish. Uning asosida atrof – 
    muhitni deviant xulqli o‘smirlarga bo‘lgan ta’siri haqidagi tasavvurlari yotadi. 
    Atrofdagi muhitga ta’sir qilib, shaxsni salbiy xulqini o‘zgartirish mumkin. Bunda 
    o‘smirning deviant xulqini muhokama qiluvchi jamoatchilikning ta’siri ham ish 
    berishi mumkin. Faoliyat davomida oilaga, alohida shaxsga suyanish mumkin. 
    Yuqoridagi shakl negizida sog’lom turmush tarzini, jismoniy tarbiyani, sport bilan 
    shug’ullanishni targ’ib qilish bilan deviant xulqqa bog’lanib qolishning oldinin 
    olish mumkin. Ayniqsa, bola o‘z bo‘sh vaqtni o‘tkazadigan joylarda profilaktika 
    ishllarini olib boorish kerak. Ko‘chalarda lider – o‘smirlar tayyorlash orqali 
    yoshlar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish mumkin. Shu ishlar zamirida o‘smirlarni 
    nomaqbul xatti – harakatlaridan himoya qilish, ularni qo‘llab turuvchi, qayta 
    tarbiyalovchi xududlarni yaratish yotadi. Lekin, bu ishlarni asosiy kamchiligi – 
    ijtimoiy holat bilan deviant xulqning bog’liqligini yetarlicha o‘rganilmaganligi 
    hisoblanadi. Umuman olganda, birinchi shakl asosida faoliyat olib borish yaxshi 
    natija beradi.
    Ikkinchi shakl bo‘yicha profilaktika olib borish usuli – axborot yetkazish. Bu 
    ancha ommalashgan yo‘nalish bo‘lib, unda leksiya, suhbat, maxsus adabiyotlar va 
    telefilmlardan foydalaniladi. Bunday yondashuvning asosiy maqsadi – shaxsning 
    bilish faoliyati va qiziqishlariga ta’sir qilib, unda kerakli, to‘g’ri xulosa chiqara 
    olish qobilyatini shakllantirishdir. Buning uchun, masalan, giyohvand 
    moddalarning sog’liqqa va shaxsga qanchalik halokatli ta’sir qilishi haqidagi aniq 
    faktlarga asoslangan statistik ma’lumotlar va misollarda keng foydalanish zarur. 
    Ko‘pincha bunday ma’lumotlar qo‘rqitish tusida bo‘ladi. Shuningdek, ta’sir qilish 
    davomida giyohvand moddalarning yomon oqibatlari sanab o‘tiladi va deviant 
    xulqli o‘smirlarning ayanchli taqdiri, shaxs sifatida tanazzulga yuz tutish hollari 


    108 
    tasvirlab beriladi. Bu shaklda profilaktika ishini olib boorish axborot bilish 
    jarayoniga ta’sir qilishi mumkin, ammo shaxs o‘z xulqini tubdan o‘zgartirmasligi 
    ham kuzatiladi. O‘z ta’siri bo‘yicha bilish jarayoni deviant xulqning darajasini 
    pasaytirmaydi. Aksincha, salbiy deviant holatlar bilan tanishuv, ba’zi o‘smirlarni 
    unga qiziqtirib qo‘yadi. Va ko‘pincha ma’lumotlar o‘z vaqtida emas, juda erta yoki 
    juda kech qolib beriladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, giyohvandlikning zararlari, 
    halok etuvchi oqibati haqidagi suhbatlarni 14 yoshdan oldinroq olib borish kerak. 
    Bu suhbatlarni tuzishda shunga e’tibor berish kerakki, suhbat davomida giyohvand 
    modda to‘liq tasvirlanib, uning beradigan “lazzati” haqida so‘z yuritilmasin. 
    Suhbat mazmuni deviant xulqning ayanchli oqibatlari va unga qarshi kurashish 
    hayotiy zaruratga aylanishi lozimligi haqida bo‘lsin. Bunday profilaktika shaklini 
    rivojlantirish, ta’sirini oshirish uchun qo‘rqitish ruhidagi ma’lumotlarni 
    kamaytirib, qolgan ma’lumotlarni yoshga, jinsga, ijtimoiy kelib chiqishga qarab 
    ishlatishni talab qiladi. Profilaktika ishlarini uchinchi shakli – ijtimoiy zarur 
    bo‘lgan ko‘nikmalarni faol o‘rgatishni singdirishdir. Bu shakl bo‘yicha ishlashda 
    trening o‘tkazish vositasidan foydalaniladi. Bugungi kunda trening o‘tkazishning 
    quyidagi formalari mavjud. Salbiy ijtimoiy ta’sirga qarshi bo‘lgan rezistentlik 
    treninggi. Treningning maqsadi: deviant xulq yo‘nalishini yaxshi xususiyatlar 
    tomon burish. Buning uchun o‘smirda quyidagi ko‘nikmalar shakllantiriladi – 
    ba’zilarning salbiy ta’siriga qarshi o‘z fikriga ega bo‘lish, ba’zi ichuvchi kattalar 
    ta’siriga tushmaslik, kimdir ta’sir – bosim o‘tkazayotganda yo‘q deyishni ham 
    bilish. Agressivlik va affektiv – qimmatli bilim berish bu deviant xulqqa 
    emotsional holati ta’sirini olib beruvchi faoliyat. Ruhiy zo‘riqishlar oqibatida kelib 
    chiquvchi muammolarning oldini olish uchun o‘smirlarning ruhiyatini o‘rganishga, 
    stress holatlarda o‘zini munosib tuta olishga o‘rgatishadi. Guruhda ishlash 
    davomida qaror qabul qilish, o‘z – o‘zini to‘g’ri baholash, o‘zini o‘rganish va 
    hayotiy qadriyatlarini qadriga yetish kabi ko‘nikmalar shakllantiriladi. Hayotiy 
    ko‘nikmalarni shakllantirish treninggi. Hayotiy ko‘nikmalar deganda – shaxs 
    uchun kerakli bo‘lgan ijtimoiy bilish jarayono tushuniladi. Avvalo. Bular – 
    muloqot qilish, do‘stona aloqada bo‘lish va muammolarni do‘stona hal qilishdir. 
    Shuningdek, buning zamirida javobgarlikni his qilish, maqsad qo‘yish, o‘zining 
    qiziqishlari va pzitsiyasini himoya qila olish ham bor. Xulosa qilib aytganda, 
    asosiy kerakli ko‘nikma, bu o‘zini boshqara olish, o‘ziga qat’iy ishonch, o‘zini 
    o‘zgartira olish, atrofga ta’sir o‘tkaza olishdir. Profilatika ishlarining to‘rtinchi 
    shakli – deviant xulqqa muqobil xulqni shakllantirish. Bu shaklda deviant 
    o‘smirlar bilan ishlash deviant xulqning o‘rnini bosuvchi xulqni topishi bilan 
    bog’liq. Masalan, giyohvand moddalarga bog’liqlik o‘rnini o‘z –‘ziga ishonch 


    109 
    ruhiga o‘zgartirish juda katta yutuq hisoblanadi. Chunki, ko‘pgina giyohvandlar 
    psixotrop moddalarning aynan kayfiyatni ko‘tarish xususiyatiga qiziqadilar, 
    kayfiyatni maqbul yo‘llar bilan o‘zgartirilishi profilaktika ishining asosidir. 
    Muqobil shaklda kayfiyatni ko‘tarish usullari:
     Diniy marosimlar
     Sayohatlar, tog’larga chiqish
     Alpinizm
     Ekstremal sport turlari
     Sevgi
     Kerakli muloqot
     Ijod
     Faoliyat
     Xayriya ishlari
    Bu mashg’ulotlardan istalgan vaqtda foydalanish mumkin. Oila bilan 
    hamkorlikda olib borilayotgan profilaktika ishlardan quyidagilar asosiylaridir: 
    muntazam qiziqishlarning erta boshlanishi, tarbiyalash, yaxshi ko‘rish va yoqimtoy 
    bo‘lish qobilyatini shakllantirish, mehnat qilish va bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishni 
    bilish. Ota – onalar shuni bilishlari zarurki, shaxsni tarbiyalash bolaning yoshlik 
    chog’idan sport, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan boshlanadi. Agar 
    o‘smir yoshigacha bolada ijodiy qobilyatlar tarbiyalanmasa, bunday shaxs yillar 
    o‘tkan sari yomonliklarga o‘ch bo‘laveradi.
    Profilaktika ishlarining beshinchi shakli – sog’lom turmush tarzining 
    shakllantirilishi. Bu o‘smirning nechog’lik o‘z sog’lig’i, atrof – muhit bilan 
    garmoniyasiga, o‘z organizmiga javobgarligi bilan belgilanadi. Insonning o‘z 
    sog’lig’iga ehtiyotkorona munosabati, kasal keltiruvchi omillardan chetlashib yura 
    olishi, ayniqsa, shaxsning xislatlaridan deb baholanadi. Sog’lom turmush tarsi 
    deganda – yaxshi, vitaminli taomlarni yeyish, muntazam jismoniy faoliyat bilan 
    shug’ullanish, mehnat va damning ketma – ketligiga rioya qilish, tabiat bilan 
    garmoniyada yashash, ortiqcha dabdabaga yo‘l qo‘ymaslik tushuniladi. Bunday 
    hayot tarzi ekologik tafakkurga va jamiyatning rivojlanish darajasiga ham bog’liq.
    Profilaktikaning oltinchi shakli – shaxsiy resurs (quvvat)larni safarbar qilish. 
    Artterapiya shaxsning ijobiy sifatlarini faollashtirish, masalan, sport bilan 
    shug’ullanish, ijodiy faoliyat, guruhlar, fan-klublarda bo‘lish kabilar. O‘z 
    navbatida yuqoridagidek ishlar shaxsning sog’lon va ijobiy, ijodiy hayotda 
    ishlashiga xizmat qiladi.
    Profilaktika ishining yettinchi shakli – deviant xulqning salbiy oqibatlarini 
    yo‘qqa chiqarish (minimizatsiya). Bu shakllardagi ishlar shakllanib bo‘lgan salbiy 
    fe’l – atvorga nisbatan qo‘llaniladi. Bu faoliyat yomon fe’l – atvorning oqibatlarini 
    yo‘qotishga qaratilgan. Masalan, giyohvandlarga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatish, 
    uning ayanchli oqibatlarini aniqlashtirish kabilar. Deviant xulqli o‘smirlar bilan 
    olib boriladigan profilaktika va tuzatish ishlari ijtimoiy – ruhiy xususiyatlarga ega. 
    Deviant xulq ustida olib boriladigan ishda dastlab yakka tartibdagi ishlarni olib 


    110 
    borish maqsadga muvofiq, chunki guruhda o‘smirlar bir – biriga salbiy ta’sir 
    qilishi mumkin.
    Shu paytning o‘zida oila bilan ham ishlash kerak. oiladagi munosabatlarning 
    ahvolini tahlil qilib bo‘lgan so‘ng, individual ish bilan birga guruhda ham ish olib 
    boorish kerak. tuzatish ishlari olib borilganda, o‘smirning ijtimoiy qadriyatlarini, 
    qarashlar va qobilyatlarini hisobga olish kerak, bu mezonlar shaxs dunyoqarashini 
    shakllantiradi. Bolaning bo‘sh vaqtini iloji boricha foydali ishlar bilan band etib, 
    uni ijobiy shakllanish vositalari: kitob o‘qish, o‘z – o‘zini takomillashtirish, uy 
    ishlari, musiqa va san’at, sport bilan tarbiyalash kerak. Shuni hisobga olish 
    kerakki, deviant xulqli o‘smirlarga nisbatan olib borilgan tarbiyaviy profilaktik 
    ishlar faqatgina o‘smirlarning o‘zlariga qaratilgan bo‘lishi mumkin emas. O‘smirni 
    to‘liq tuzatish uchun uning atrofidagi muhitni o‘zgartirish darkor.
    Deviant xulqli o‘smirga jamoatchilik tarafidan ta’sir qilinishi quyidagi 
    shakllarda bo‘lishi mumkin: huquqiy choralar, tibbiy aralashuv, pedagogik ta’sir, 
    ijtimoiy himoya va ruhiy yordam kabilar. Deviant xulqli o‘smirning og’ir fe’li va 
    davomli illatlari sababidan tuzatish, qayta tarbiyalash ishlarini yaxshi tashkil 
    qilingan ijtimoiy – pedagogik va ruhiy faoliyat ketma – ketligi kabi qurish talab 
    etiladi.
    Profilaktika ishlarining samarasi quyidagi belgilar darajasi bilan baholanadi: 
    salbiy xulqning kamayishi darajasini ko‘rsatuvchi obyektiv belgilar (masalan, 
    alkogol iste’mol qilishning kamayishi, yo‘qqa chiqishi). Salbiy xulqning kamayishi 
    darajasini ko‘rsatuvchi subyektiv o‘zgarishlar (masalan, sog’lom turmush tarzida 
    yashashni xohlash). Ijobiy o‘zgarishlarning asosiy mezonidan biri – ijtimoiy 
    munosabatlarni to‘g’ri qurishga bo‘lgan ko‘nikmaning shakllana boshlashidir. 

    Download 113.76 Kb.
      1   2




    Download 113.76 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Deviant xulq-atvor rivojlanishining oldini olishda ruhiy tarbiya usullaridan foydalanish

    Download 113.76 Kb.
    Pdf ko'rish