• Tayanch so’zlar va iboralar
  • 16-Mavzu Talaffuz ustida ish olib borishning tizimi reja




    Download 26.68 Kb.
    bet1/2
    Sana28.03.2024
    Hajmi26.68 Kb.
    #180285
      1   2
    Bog'liq
    16-mavzu (1)
    10-seminar, 2-mavzu JAVOBLAR, laboratoriya ishi 6, Mustaqil bajarish uchun test savollari “Pedagogika” atamasining , 3-amaliy mashg\'ulot, Документ Microsoft Word (2), Reja Optik analiz usullari va turlari, Mavzu Kimyo fanidan zamonaviy darslarni tashkil etishda fanlara, 4-Mavzu, 4-y-Moliya-va-boshqaruv-hisobi-Oquv-qollanma-I-Ochilov-N-Rizaev-va-bosh-T2006, KOMPUTER NETWORKING, Fayozjon cisco maruza 1, Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya, Untitled-1, Qosimov Otabek Iakt 10

    16-Mavzu



    Talaffuz ustida ish olib borishning tizimi


    REJA

    1. Ruhiy rivojlanishida orqada qolgan bolalarning xotira jarayonlarining o’ziga xos tomonlari

    2. RRS bolalarning tafakkur xususiyatlari

    3. RRS bolalarning nutqi


    Tayanch so’zlar va iboralar: eslab qolish, ixtiyorsiz xotira, sodda materiallar, qisqa muddatli xotira, tafakkur xususiyatlari, bilish faoliyati, intelektual aktivlik.

    Karlar maktabida talaffuzga o‘rgatish dars va darsdan tashqari paytda olib boriladi. Talaffuzga o‘rgatish ikki usulda olib boriladi.


    Birinchi usul - informal. O‘quvchilarning eshitish qobiliyatini rivojlaniti-rish bo‘yicha individual mashg‘ulotlar va barcha darslarda doimo ovoz kuchaytirigich apparatlardan foydalaniladi. O‘quvchilar o‘qituvchining ularga qarata aytgan nut-qini eshitib ko‘rish orqali materialning alohida qismini faqatgina eshitish or-qali qabul qiladilar. Og‘zaki nutqni qabul qilish imkoniyati o‘quvchiga u yoki bu ma’noda taqlid qilishga ruhsat beradi.
    O‘qituvchining nutqi ravon, bir meyorida, urg‘u va orfoepik qoidalarga rioya qilingan bo‘lishi kerak. Kar o‘quvchi unga taqlid qilishi lozim.
    Ikkinchi asosiy yo‘nalishi - talaffuzga o‘rgatishning maxsus to‘g‘ri yo‘nalti-rilgan ta’limi. Ushbu ta’lim individual va frontal mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi. Bu mashg‘ulotlar mazmuni, talaffuz malakalarini shakllantirish vazi-falari bilan belgilanadi. Frontal shakliga talaffuzga o‘rgatish darsi va fonema-tik mashq , individual shakliga ega – talaffuzga o‘rgatish bo‘yicha maxsus indivi-dual mashg‘ulotlar, eshitish qobiliyatidan foydalanish va uni rivojlantirish mashg‘ulotlari kiradi.
    Talaffuzga o‘rgatish va fonetik mashq darslarida butun sinf ishtirok etsa, in-dividual mashg‘ulotlarda bir, ikki o‘quvchi ishtirok etadi.
    Frontal mashg‘ulotlarda o‘quv materialning mazmuni butun sinfga mo‘ljallana-di va o‘quvchilar oldiga umumiy vazifa qo‘yiladi. Bu darsni asosan o‘qituvchi olib boradi.Fonetik dars birinchi darsning o‘zida q-5 minut davom etadi.
    Fonetik mashqni sinfdan tashqari vaqtda darfga tayyorlanish bo‘yicha mashg‘u-lotning boshida o‘tkazish foydalidir.
    Individual mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi – talaffuz malakalalarini shakllantirish, avtomatizatsiyalash va korreksiyalash.
    Talaffuzga o‘rgatishning tashkillashtirishni sxematik tarzda o‘uyidagi ko‘ri-nishda ifodalash mumkin.
    1. Informal ta’lim.
    Istalgan fan – tarbiyachilar
    bo‘yicha darslar – mashg‘ulotlar
    2. To‘g‘ri o‘ynaltirilgan ta’lim.
    Nutq texnika – Fonetika
    si darslari – Mashqlar

    O‘quv choragida ishni rejalashtirish.


    Reja – bu o‘quv choragi uchun belgilangan talaffuz ishlarining mazmuni ifoda-langan xujjatdir.


    Rejani tuzish uchun har bir o‘quv yili uchun ish mazmunini belgilovchi dastur asos bo‘lib xizmat qiladi. Talaffuzga o‘rgatish bo‘yicha chora reja nafaqat dastur talablari asosida, balki o‘quvchilarning talaffuz malakalarining xolatini hi-sobga olgin holda tuzib chiqiladi.
    Talaffuzga o‘rgatish bo‘yicha chora reja qta bo‘limni o‘z ichigaoladi:
    1. Darslar
    2. Individual mashg‘ulotlar
    q. Fonetik mashqlar
    IX – XII – sinflarda reja faqat ikki bo‘limini o‘z ichiga oladi.
    1. Individual mashg‘ulotlar
    2. Fonetik mashqlar
    Bu sinflarda talaffuzga o‘rgatish bo‘yicha darslar o‘quv rejasida ko‘rib chiqil-magan.

    Talaffuzga o‘rgatish darslari.




    Dars – talaffuzga o‘rgatish barcha o‘quvchilar bilan frontal ish sharoitida olib boriladigan tashkiliy formadir.
    Dars mazmuni talaffuzga o‘rgatish bo‘yicha dasturning turli bo‘limini o‘z ichiga olishi mumkin. Nutqning sur’ati va ravonligi, so‘z va mantiqiy urg‘u, orfoepik qoida qiyin talaffuz qilinadigan tovushlar o‘xshash tovushlalarini farqlash va boshqalar.
    Chorak ishning mazmunini belgilashda nafaqat dastur talablari, balki o‘quvchi-larning talaffuz malakalalarining xolati ham hisobga olinadi.
    Bunda “ Tovushlar ” mavzusi bo‘yicha materialga e’tibor beriladi.Bu material o‘quvchilar alohida tovushni mustaqil talaffuz qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan hol-larda frontal ish uchun belgilanadi. Quyidagi jadvalni ko‘rib chiqamiz.



    O‘quvchilar

    Tekshiriladigan tovushlar



    K

    F

    V

    S

    M

    1

    +, k

    -

    +, v

    priz

    +, mp

    2

    K

    +, v

    +, f

    bok

    + , mp

    q

    K

    -

    -

    -

    -

    4

    K, p

    +, v

    -

    piz

    +, mp

    5

    +, k

    +, v

    +, f

    -

    +, ms

    6

    K

    -

    -

    sn

    -

    7

    K

    -

    -

    sn

    -

    8

    GK

    -

    -

    t

    +, mp

    9

    +, k

    V

    -

    +, t

    M

    10

    K

    +g/qp

    +p/qb

    son

    -

    11

    GK

    -

    f

    +

    +, p

    Tekshiruv natijasida shu narsa aniqlandiki, uchta o‘quvchidagi na ( +k ) tovush-ning to‘g‘ri va nuqsonli artikulyatsiya kuzatiladi. Qolgan barcha xatolarda xato arti-kulyatsiya kuzatiladi. Shunday qilib davom etayotgan chorakda “K” tovushi bo‘yicha dars o‘tish maqsadga muvofiqdir.


    Bu darsda o‘quvchi to‘g‘ri artikulyatsiyani o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘luvchi individual mashg‘ulotlar mavjud bo‘lishi lozim. Shundan so‘ng o‘quvchi berilgan to-vushni taqlid bo‘yicha darsda to‘g‘ri talaffuz eta oladi.
    N,F,V,M tovushlari ustida ish olib boriladigan ishni ko‘rib chiqamiz. O‘quvchi-larning ko‘pchiligi qattiq talaffuz qilmaydilar, to‘g‘ri artikulyatsiyalar bilan birga talaffuz kamchiliklari uchraydi (+,F) – V tovushi ba’zan esa noto‘g‘ri talaffuz etiladi. M tovushi gohida MP yoki P talaffuz qilinadi.
    Yuqoridagilardan kelib chiqib, chorak rejaga ushbu sinfda F,V,M,P tovushlari ustida ish olib borish kiradi. Bu darslarning maqsadi – tovushlarni differensiyalash. Shunday qilib, 1 – sinfda berilgan chorak uchun ish rejasi ta-laffuz bo‘yicha to‘qqizta darsdan iborat bo‘ladi, (xaftasiga bitta darsdan) taxmi-nan shunday taqsimlanadi:
    1.F,V tovushlari – 1 soat
    2. So‘zli urg‘u – 2 soat
    q. M, P tovushlari – 1 soat
    4. N,T tovushlari – 1 soat
    5. Qiyin talaffuz qilinadigan tovushlar – 2 soat
    6. Nazorat darsi – 1 soat
    “ Darslar ” bo‘limi bo‘yicha chorak reja oldiga qo‘yiladigan talablardan biri o‘quvchilarning talaffuz holatlari va dasturni hisobga olgan holda uning mazmuni to‘g‘ri belgilashdir.
    Ikkinchi talab, individual mashg‘ulotlardan va darslar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdan iborat. Bu o‘qituvchilarning individual mashg‘ulotlarda dastlabki talaffuz malakalalarini egallashni bildiradi. Shug‘ullantiruvchi mashqlar asosan talaffuzga o‘rgatish darslarida olib boriladi.
    Talaffuzga o‘rgatish darslari aniq mantiqiy tuzilishga ega bo‘lishi lozim. U dars mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin.
    Talaffuz bo‘yicha dars rejasini tuzayotib, nutqiy materialini qoniqtiruvchi talablarini hisobga olish zarur. Birinchidan bu materiallar so‘z, bo‘g‘inlar, fone-tik talablariga bo‘ysunishi kerak. Ayni paytda bu dars uchun tanlangan so‘z va bo‘-g‘inlar o‘quvchilarga nutq o‘stirish, o‘qish, matematika darslarida tanish bo‘lishi ke-rak, aks holda so‘z va bo‘g‘in mazmunini tushunishga grammatik va leksik xatolarni tuzatishga ko‘p vaqt ketishi mumkin.
    Dars turi nutqiy faoliyatlaridan to‘g‘ri foydalanish talaffuzga o‘rgatish dars-larini uchun qulay vositadir.
    Nutqiy faoliyatning yengil turlariga o‘qituvchi ketidan takrorlash, ichida o‘qish,kengroq ko‘rinishga esa, savolarga javob berish, predmetlarni, suratdagi tas-virni nomlash, rasm bo‘yicha gap tuzi, bajarilgan harakat haqida hisobot berish.
    Turli ish turlaridan foydalanish o‘quvchilarning qiziqishini faoligini ort-tiradi.
    Nutqning ko‘ruv idrokini rivojlantirish (labdan o‘qish).

    ENB bolalarning to‘liqsiz eshituv idroki labdan o‘qish, nutqning ko‘ruv idroki kabi katta muvaffaqiyatlar bilan to‘lishi mumkin. Bolada nutq eshituv nuqsoni sezilishi bilan unda so‘zlovchining yo`ziga qarash malakasini tarbiyalash zarur.


    Buning uchun bola bilan shunday gaplashish kerakki, u bir paytning o‘zida xam lablar xarakatiga qarashi lozim. ¥ar gal bolaga murojaat qilib, uning yuzini o‘zingizning lablaringizga qaratib boshlash kerak.
    Shuning bilan birga t, d, n tovushlarini ko‘rib farqlash qiyin, ko‘p xollarda to‘liqsiz eshituv bilan farqlanadi. Shunday usul bilan eshituv va ko‘ruv idroki o‘z kamchiliklarini birgalikda kompensatsiyalaydi. Kuzatishlarning ko‘rsatishicha labdan o‘qish malakasini rivojlantirish chora-tadbiri bo‘yicha bola o‘z eshitishidan yaxshi foydalanish imkoniyatini egallaydi. Eshitishdan va ko‘rishdan bir paytda foydalanish unga qaratilgan so‘zlarni tezroq ilg‘ab qolish imkonini beradi. U qancha ko‘p so‘zni idrok etsa uning so‘zboyligi shuncha ko‘payadi.
    Yuqorida eslatib o‘tilganidek, to‘liqsiz eshitishda bola o‘z eshituvidan qanchalik yaxshi foydalansa u shuncha katta so‘zboyligiga ega bo‘ladi. Bu labdan o‘qishga xam tegishli. Nutq qanchalik yaxshi rivojlansa undan nutqiy muloqot uchun foydalanish imkoniyati ortadi.
    Barcha maxsus mashqlar labdan o‘qish malakasini egallash uchun zarurdir. Bolani artikulyatsiya bo‘yicha o‘xshash tovushlardan ongli foydalanishga o‘rgatish juda muximdir. Nutqning ko‘ruv va eshituv idrokida (ibora) jumlani mazmun bo‘yicha topishni rivojlanti-rish uchun bola bilan yordam beruvchi vaziyatlarda gaplashish zarur.
    Bunday vaziyatning oddiy bir ko‘rinishi: bola oldidagi stolga u topishi lozim bo‘lgan predmetlar tayyorlangan. q-4 rasmlar qo‘yiladi. Bu predmetlarning nomini bola biladi. Agar bolaga bu rasmlarni eshitish imkoniyatlari ortayotgan xolatda nomlansa u o‘ziga tanish bo‘lgan so‘zlarni eshitadi, to‘liq eshitishmagan so‘zlarni topishga xarakat qiladi. Agar bola yaqin xolatda turib, so‘ngra undan uzoqlashib, so‘zni aytib, berish mumkin. Bunday sharoitlarda bola aytilgan so‘zlarni eslab qoladi. Oldiga qo‘yilgan rasmlarga qarab, to‘la eshitishmagan so‘zlarni tovush konturi bo‘yicha aniqlaydi. Bir necha bor takrorlashdan so‘ng, u unga aytilgan barcha rasmlarni nomlab, oladi. Bu usuldan foydalanib, bola nutqnieshitib xamda ko‘rib idrok etadigan loto o‘yinini tashkil etish mumkin. Ko‘ruv va eshituv idrokini rivojlantirish uchun rasmlar uyushtirish juda foydalidir. Buning uchun dastlab elementar syujetli rasmlardan, undan keyin esa murakkab syujetli rasmlardan foydalaniladi. ¤quvchini yoniga o‘tkazib olib, pedagog rasmda nima tasvirlangan qaxramonlar nima qilayotganini aytib berishni boshlaydi. Rasmda tasvirlangan shaxs va predmet belgilari batafsil ta’riflanadi.
    Pedagog tomonidan aytilayotgan syujetni bola takrorlashi kerak, agar bola labdan o‘qiy olmagan bo‘lsa unda rasmdagi predmet belgilari va xarakatni ko‘rsatish ko‘zda tutiladi. Bu bolaga aytilgan xikoyani yaxshi tushunishga yordam beradi. Rasmda yoki syujetli rasmlar seriyasida nima tasvirlanganini aytib, bola birgalikda rasmlardan foydalanmasdan xikoyani takrorlaydi. Agar biror so‘zeshituv va ko‘ruv idroki uchun qiyin tuyulsa u xolda bu so‘zbilan maxsus shug‘ullanish va uni bir necha marta takrorlash lozim.
    Umuman o‘rganilayotgan materialni bir necha marta takrorlash tavsiya etiladi.
    Og‘zaki nutqniinsonning xayotidagi o‘rnining xisobga olgan xolda, eshitishida nuqsoni bor va zaif eshituvchi bolalar maktablari o‘z o‘quvchilarini og‘zaki nutqqa o‘rgatishning asosiy maqsadi deb biladi. Bu vazifani amalga oshirish tayyorlov sinfdan boshlab amalga oshiriladi. Og‘zaki nutq boshlang‘ich pog‘onadan kommunikatsiya vositasi sifatida shakllandi. Muloqot vositasini egallash jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tilning leksikasi grammatikasini egallaydilar. Eshituvni yo‘qligi og‘zaki nutqniidrok etish va talaffuz malakasini rivojlantirishda maxsus yo‘nalishida ish olib borishni talab etadi. Bu ikki yo‘nalish o‘z maqsadiga, natijaga erishish yo‘llarini ko‘rsatuvchi metodik usullariga egadir. Ta’lim mazmunining qiyinchiligi eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar rivojlanishidagi og‘zaki nutqning katta axamiyatiga egaligini xisobga olib, bu bo‘lim ishga katta xajmdagi vaqt ajratilgan.
    Og‘zaki nutqga o‘rgatish o‘quvchilar uchun bir muncha oddiy nutq formasi daktil nutqiga uchratishdan boshlandi. Lekin o‘qituvchi bolalarga beradigan xar bir so‘zni daktil bilan birga og‘zaki gapiradi. Shunday qilib o‘quvchilar ta’limining birinchi kunlarida o‘qituvchining og‘zaki nutqini ikki formasida daktil va og‘zaki formada qabul qilishga o‘rganadilar. Eshituv apparatini ta’limda qo‘llash o‘quvchilar o‘qituvchi nutqini eshituv ko‘ruv orqali idrok etishga yordam beradi.
    Muloqotga o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan til materiali o‘zining asosiy qismi bilan daktil nutq uchun xam, og‘zaki nutq uchun xam umumiydir.
    Og‘zaki nutqda o‘rgatishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning talaffuz malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Ish ikki yo‘nalishda olib boriladi. Birinchisi bolalarni xuddi o‘qituvchi gapirgandek daktil nutqniog‘zaki gapirishga undash bilan bog‘liqdir.
    Bu ishlar asosida nutq muloqot vositasi sifatida shakllanish bosh maqsad bo‘lib qoladi.

    Download 26.68 Kb.
      1   2




    Download 26.68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    16-Mavzu Talaffuz ustida ish olib borishning tizimi reja

    Download 26.68 Kb.