|
Elektromagnit nurlanishlarning tabiatda eng ko‘p tarqalgan turi
|
Sana | 12.10.2022 | Hajmi | 60.75 Kb. | | #27076 |
Bog'liq 2-mavzu JAVOBLAR 10-seminar, laboratoriya ishi 6, Mustaqil bajarish uchun test savollari “Pedagogika” atamasining , 3-amaliy mashg\'ulot, Документ Microsoft Word (2), Reja Optik analiz usullari va turlari, Mavzu Kimyo fanidan zamonaviy darslarni tashkil etishda fanlara, 4-Mavzu, 4-y-Moliya-va-boshqaruv-hisobi-Oquv-qollanma-I-Ochilov-N-Rizaev-va-bosh-T2006, KOMPUTER NETWORKING, Fayozjon cisco maruza 1, Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya, Untitled-1, Qosimov Otabek Iakt 10
JAVOBLAR
Elektromagnit nurlanishlarning tabiatda eng ko‘p tarqalgan turi
issiqlik nurlanishi hisoblanadi. Issiqlik nurlanishi jism atom va
molekulalarining issiqlik harakati tufayli, ya’ni jismning ichki
energiyasi hisobiga hosil boMadi. Shuning uchun ham issiqlik
nurlanishi nurlanayotgan jismning sovushiga olib keladi. Nurlanish
hamma jismlarga xos bo‘lib, temperaturasi absolut noldan farq
qiladigan jism lar barcha tem peraturalarda issiqlik nurlanishi
nurlaydi. Yuqori temperaturagacha qizdirilgan jismlar yorug'lana
boshlaydi, bunda ular ko'zga ko'rinadigan va ultrabinafsha sohalarda
issiqlik nurlanishi chiqaradi. Jism lar past tem peraturalarda
yorug'lanmaydi, lekin ular ko‘zga ko'rinmaydigan sohada infraqizil
nurlar sifatida issiqlik nurlanishi chiqaradi.
Jism nurlanish energiyasining bir qismini yutsa, qolgan
qismini qaytaradi. Bunda jism va qobiq ichidagi nurlanish orasida
energiya almashinuvi sodir bo’ladi va bu jarayon davom etib turadi.Jism o‘zining birlik yuzasidan birlik vaqtda nurlanish
sifatida qancha energiya chiqarsa, nurlanishni yutish
jarayonida xuddi shuncha energiyani qabul qiladi Bunda.
jism — nurlanish sistemasida muvozanatli holat vujudga
keladi, nurlanish va jismda temperatura bir xil boladi. Bunday
holat muvozanatli holat deyiladi.
Nemis olimi G. R. Kirxgof umumiy termodinamika tasavvurlaiga
asoslanib, issiqlik nurlanishining spektrini tushuntirishni oddiylashtirish maqsadida ideallashtirilgan nazariy tushuncha «Absolut qora jism» tushunchasini taklif qildi. Istalgan
to’lqin uzunlikda va temperaturada o‘ziga tushayotgan
nurlanish energiyasini to’liq yutadigan jism absolut
qora jism deyiladi.
Amalda absolut qora jism issiqlik nurlanishini hosil qilishda o‘zining xususiyati bilan absolut qora jismga
yaqin bo‘lgan modeldan foydalaniladi. Bunday model
juda kichik tirqishga ega bo‘lgan berk kovak idishdan
iborat qurilmadir Kovak idishning ichki sirti
qoraga bo'yalgan
Qora tuynuk amaldagi modeli
5) Spektr kurinishi 2-rasmda kursatilsin
. Graflkdagi egri chiziqlar turli temperaturalarda absolut qora
jism nurlanish energiyasining to'lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishini ifodalaydi. Egri chiziqlarda maksimum mavjud bo‘lib,
bu maksimum nur chiqarish qobiliyatining maksimumiga to'g'ri
keladi. .
Har bir temperaturada taqsimlanish egri chizig‘i va absissa
o‘qi orasidagi yuza, shu temperaturada absolut qora jismning nur
chiqarish qobiliyatini bildiradi.
Kirxgof muvozanatli issiqlik nurlatiishi xossalarini nazariy
ravishda tekshirdi. Kirxgof termodinamik yo‘l bilan doimiy temperaturada nurlanish energiyasining spektral zichligi p v nurlanayotgan jismning fizikaviy xossalariga bog'liq emasligini
ko'rsatdi, jismning nur chiqarish va nur yutish qobiliyati orasidagi
muhim bog'lanishni aniqladi. munosabat
Kirxgof qonunim ifodalaydi.
. Berilgan temperaturada har qanday jismning nur chiqarish
qobiliyati uning nur yutish qobiliyatining shu temperaturada absolut
qora jism nur chiqarish qobiliyatiga bo’lgan ko'paytmasiga teng,
ya'ni
|
| |