|
Ijodkorlikni rivojlanishining o‘ziga xosligi
|
bet | 1/3 | Sana | 04.02.2024 | Hajmi | 71,21 Kb. | | #151251 |
Bog'liq Lecture - 3 3-mavzu. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining o‘ziga xosligi
Reja:
Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining o‘ziga xosligi
Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining asosiy kriteriyalari
Taynch iboralari:
Sahna faoliyati, ijodkorlik, aktyorlik qobiliyati, dramatizatsiya, kostyumlar, rol, rejissyor, teatrlashtirilgan o’yin, obraz, bolalar teatri, tezlik kriteriysi, egiluvchanlik kriteriysi.
Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining o‘ziga xosligi
Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda erkinlik, ichki harakatlari, refleksatsiya, nutq tafakkuri protsessining tasavvur bilan bog’liqligi o’rnatiladi, ya’ni tasavvur etishning yangi funktsional tizimi yaratiladi. Pedagog sahnalashtirish faoliyati orqali bolada shaxsiy uslub, talablar, qiziqishlar, motivlar, haqiqiy obrazlarni ko’ra olishi, kombinatorlik qobiliyati, an’analar, ya’ni atrof muhit va ijod na`munalarini namoyish etadilar. Tarbiyachi sahna faoliyatida bolani boshdan o’tkazgan kechinmalarni o’ylashi emas, balki kechinmalarni taasurotlar orqali ijodiy qayta ishlashini, ularni kombinatsiyalashi, qiziqishi va savollarga javob beruvchi yangi voqeylikni tuzishi darkor. Teatrlashtirilgan o’yinni ijodiy faoliyat sifatida qarasak, bola fikrining kombinatsion faoliyati ko’rgazmali chiqib, xayotdan olgan o’yin elementlarining o’ziga tegishli obrazini va yangi ijodiy obraz tuzilishini yaratadi. Sahna asarida personajlarning aniq faol
xarakatlari, badiy syujetlarda ichki emotsionnal mazmunga boyligi bolalarni diqqat-e’tiborini jalb qiladi.
Bolalar ijodi bu ijodiy faoliyatning boshlang’ich shakli, keyinchalik esa undan san’at kelib chiqadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ertaklar, xikoyalar tinglash va suhbat qurish orqali paydo bo’lgan fikr ijodiy faoliyatga o’tishini bildiradi. Yosh davrda bola xarakatdan fikrlashga o’tadi, tarbiyalanuvchida fikrdan g’oyaga o’tish qobiliyati o’sadi, o’zining fikrini mujassamlashtiradi. Teatrlashtirilgan o’yinda paydo bo’lgan goya tasavvuriy ijodini rivojlantiradi. Yangi obraz yaratilishi, o’tilgan tajribani qayta yangilashi, undan foydalanishi, bolada dramatik obraz yaratilishida mustaqil taasurotlar kombinatsiyasi paydo bo’ladi. Qarama-qarshiliklarni buzilishi va tug’ilishi teatrlashtirilgan o’yinlarda paydo bo’ladi, ular tasavvurni rivojlanishini ta’minlaydi: bolaning qayg’urish impulsatsiyasi, dinamizm va uning tushunchalari o’zgaradi, ijodiy maxsulotda obrazlarni ifodalaydi. Teatrlashtirilgan o’yinlarda ijodiy tasavvur asosini uchta guruh ko’rsatqichda olish mumkin:
ijodga bo’lgan munosabati, faoliyat maxsulotiga qiziqishi va motivatsion-ehtiyoj komponentini mavjudligi;
tasavvurda kombinatsion va strukturali komponentlar mavjudligi;
bolalar maxsulotining sifati.
Teatrlashtirilgan faoliyatda bolaning tasavvur ijodini rivojlantirish darajasi baholaydi, har hil turdagi tayanch faoliyatdan foydalanishi (ko’rgazmali, so’z orqali) va kattalar yordamida (emotsional, noverbal, verbal, tashkillovchi, yo’naltiruvchi va o’rgatuvchi) topshiriqlarni bajara oladilar.
Russ olimi Ye.A.Medvedev o’zining tadqiqiotlarida teatrlashtirilgan o’yin odob- ahloqning besh modelini ajratgan:
Ijodiy tasavvurni vujudga kelish modeli. Ijodiy xarakat usullariga ega bo’lishi, tasavvurni maqsadli yo’nalgani aks etadi, o’yin xolati bir butun obrazli ko’rinishda rivojlanadi. Teatrlashtirilgan o’yinlarda g’oyani predmet va rol munosabatlari yordamoda mustaqil topshirishga imkoniyati yaratiladi, ichki pozitsiya ifodalanadi,
original tasavvur obrazlari tashqi ifoda va topshiriqlar bajarish vositasida mustaqil o’rganiladi, kombinatsoin malakalari shakllanadi.
Elementar –ijod o’ziga xos fazilatlarni o’z ichiga qamrab oladi. Mavjud fazilatlar yordamida bola tasavvuri xarakteriga imkon beradi.Bolaning belgilangan voqeaga shartli kirishishi va to’liqligicha ko’rsata olishi, unda ijodiy faoliyatning motivatsion- talablar komponenti etarlicha ekanligini bildiradi.
Reproduktiv-taasurotlar tasavvuri. Butun voqeadagi syujetni yetarlicha (adekvat) qabul qilishi bolaning ijodiy faoliytga qiziqishini oshiradi. O’yin xarakati va bolalar o’ynash texnikasini yetarlicha egallamaganligi sababli, obrazning tashqi ko’rinishini namoyish etishda qiyinlashadi.Teatrlashtirilgan o’yin jarayonida obraz va syujet mazmunini ijro etish chog’ida, bola o’zining detallarini xam namoyon etadi.Tayyor syujetni ijro etishning uddasidan chiqadi.
Reproduktiv-tasavvurning mavjudligi. Bolada ijodiy faoliyatga qiziqishining sustligi, namoyish etiladigan obrazlarni yetarlicha rivojlanmaganligini, tasavvur qobiliyatini shakllanmaganligini ko’rsata oladi. Bolalar esda qolgan mavjud matn bilan chegaralanib qolmoqdalar, personaj obrazlari ifoda vositalaridan mustaqil izlanadilar.
Qismlarni(parchalarni) ko’rsatib berish. Teatrlashtirilgan o’yinlarda berilgan syujetlarning kompozitsiyasini ko’rsatib berish qiyinchiliklari, tasavvurlarini paydo bo'lishi bilan bog’liq.
Ijodiy o’yinlarda bolalarning tevarak-atrofdan olgan tasurotlari aks ettiriladi. Ijodiy o’yin bolalarning mustaqil o’yini bo’lib, o’yinning mazmunini ular o’zlari o’ylab topadilar. Bu o’yinda bolalarning erkinligi, mustaqilligi, tashqilotchilik va ijodqorlik qobiliyatlari to’laligicha namoyon bo’ladi. Ammo o’yinda hayotiy taassurotlar aynan aks ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab chiqiladi. Bu bolalarning o’yin g’oyasini yaratishlarida, uning mazmunini to’zib, tasvirlovchi vositalarni tanlashlarida va shunga o’xshashlarda namoyon bo’ladi.
Syujetli-rolli o’yin – maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy o’yin turlaridir.
Syujetli-rolli o’yin o’z xususiyatiga ko’ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak- atorfdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o’yin mazmuniga manba bo’lib xizmat qiladi.
Bolalarning tevarak-atorfdagi hayotdan, tengdoshlari, kattalar faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy o’yinda qayta ishlanadi, to’ldiriladi, sifat jihatidan o’zgartiriladi. Bolalarning bunday o’yinlari tevarak-atrofdagi borliqni bilishning amaliy shaklidir.
Bolalar o’yinining o’ziga xos tomoni unda tasvirlovchi vaziyatlarning mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolalarga o’yin jarayonida yuklangan rol va o’yin syujetidan tashkil topadi va har xil buyumlardan foydalanishni ham o’z ichiga oladi.
O’yinning syujeti – bir-biriga hayotiy aloqador bo’lgan qator voqea – hodisalar yig’indisidir.
Rol syujetli-rolli o’yinning asosiy zanjiri hisoblanadi. O’yin bolada qanoatlanish, xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib, unda yaxshi kayfiyat uyg’otadi, bola organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi.
Bola o’ynayotganda har xil harakatlar qiladi: yuguradi, sakraydi, tor joydan, ingichka taxta ustidan o’tadi, engashdi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hakozo.
Bu harakatlarning hammasini bola bemalol, o’z hoxishi bilan bajaradi, natijada bolaning muskullari pishiydi, u harakatni yengilroq, chaqqonroq bajaradigan bo’lib qoladi.
Bolaning aqliy tomondan rivojlanishi uchun ham o’yin katta ahamiyatga ega. O’yin natijasida bolaning bilimi kengayib boradi. Rolli o’yinlar bolaning kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini , bilish doirasini rivojlantiradi, boyitadi.
O’yinda bola o’z oldiga maqsad qo’yadi, bu boladan aql, idrok ishlatishni talab qiladi, topag’onlikka o’rgatadi. O’yin jarayonida juda ko’p gaplashishga, tortishishga, baxslashishga, aytib berishga to’g’ri keladi. Bolalar o’zi yasayotgan narsalarini yaxshiroq yasash, qurish uchun juda ko’p o’ylab, fikrlashishlariga to’g’ri keladi. Bular hammasi bola tafakkuri va hayolining rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.
Bola o’z o’yinida borliqni aks ettirib, olgan rolining mazmuni bilan bog’liq bo’lgan u yoki bu hissiyotni boshdan kechiradi. Masalan, Dilnoza ona-bola o’yinida ona rolini o’ynayotib, bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, ular bilan yaxshi munosabatda bo’lib erkalaydi, ular bilan gaplashadi, kitoblar o’qib beradi. Bu o’yin bolada muloyimlilik, g’amxo’rlik, e`tiborlilik kabi yaxshi hislarni uyg’otadi.
Rolli-syujetli o’yinlarning o’ziga xos xususiyati. Rolli o’yinlarning boshqa o’yinlarga nisbatan o’ziga hos xususiyatga egaligi ularda syujet, rol va hayol qilingan vaziyatning mavjud bo’lishidir.
Bolalar biror narsa yoki voqea to’g’risida yetarlicha tasavvurga ega bo’lgandagina syujet, fikr, yuzaga keladi. Masalan bolalar “paroxod” o’yinini o’ynamoqchi bo’lishdi. Bunga o’yinning qanday borishi to’g’risida syujet kerak. Syujet bolalarning bilimiga bog’liq bo’ladi. Bolalarda avval g’oya paydo bo’ladi, keyin mazmun rivojlanadi. Ba`zan bolalar o’yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar. Masalan, Afrikaga “bormoqchi” bo’lsalar, sayyohat vaqtida qilinadigan ishlarni oldindan belgilab oladilar.
Bundan ko’rinib turibdiki, rolli o’yin jamoatchilik xususiyatiga ega, chunki bolalar bir-birlari bilan o’zaro munosabatda bo’ladilar.
Rolli o’yinda har bir bola o’ziga olgan rolni bajaradi masalan, ona, shafyor, tarbiyachi, enaga, artist va h.
Rolli o’yinlarda didaktik, qoidali – harakatli o’yinlardagi singari qat`iy o’rnatilgan qoida bo’lmaydi. Bunda ko’pincha bolalar o’z xayol qilgan narsalari bo’yicha harakat qiladilar. Masalan, “raketa tushib oyga uchadilar”, “paroxodda so’zadilar”, “kasalni davolaydilar”...
Ammo, bolalarning xayollari bilan o’ynashlari ularni real voqealikdan uzoqlashtirib yubormaydimi degan savol tug’iladi, yo’q, bolalar o’zlari buning o’yinligini yaxshi biladilar.
Shu bilan birga bolalarning kechinmalari, hayajonlari, qilgan harakatlari hammasi rostakam, sidqidildan bo’ladi. Masalan “doktor” rolidaga bola kasal to’g’risida qayg’uradi .
O’yin mavzusi bolalar olgan taassurotning kuchli, bolalarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O’yinda bolalar aks ettiradigan ijtimoiy-siyosiy voqealar bolalarning bilim doirasi va hayotiy tajribasining kengayib borishiga bog’liq bo’ladi.
Rolli o’yinlarining mazmuni va mavzusi o’zgarishi bilan bir qatorda uning tuzilishi va o’yin shakllari o’zgaradi, bolalarning mustaqilligi va tashabbuskorligi ham o’sib boradi.
Avvalgi bolalar o’z-o’zicha alohida-alohida o’ynaydilar. Sekin-asta rolli o’yinlarning paydo bo’lishi, o’yinda kishilar o’rtasidagi munosabatni aks ettirish birgalikda bajariladigan o’yinni keltirib chiqaradi. Avvaliga katta bo’lmagan guruhchalar 2-3 qishidan bo’lib o’ynashadi, katta va tayyorlov guruhlariga kelib kattaroq jamoaga birlashadilar.
O’yinda har xil rollar orqali o’zaro munosabatda bo’lish bolalarda o’rtoqlik munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi.
O’yinning to’zilishi va mazmuni o’zgarishi bilan o’yinchoqning roli va bolalarning unga nisbatan talabi ham o’zgarib boradi va x.k.
Bog’cha yoshidagi bolalarda ijodiy o’yinning rivojlanib borishi. Uch yoshdagi bolalarning o’yinlari yangi tus oladi: bola qo’g’irchoqni va o’zini kishilarning
nomi bilan atay boshlaydi: masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar undan sen kimsan?- deb so’rasa, “Haydovchiman” deb javob beradi. Yoki qizcha qo’g’richog’iga ovqat pishirayapti. “Sen kimsan?”- degan savolga “Men oshpazman” deb javob beradi.
Bolalar o’z o’yinlarida sekin-asta murakkab bo’lmagan syujetli o’yinlarni o’ynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks etadi. Bolaga ovqat berishadi, uhlashga yotqizishadi, mashinada tortishadi. Yana ovqat berishadi va uhlatishadi. Yoki qo’g’richoq kasal bo’lib qolsa, darrov uning qo’li, oyog’i bog’lanadi, yolg’ondakam dori beriladi.
Uchinchi yoshning oxiriga kelib bola rol tanlay boshlaydi. “Men oyisiman”, “Men - vrachman” lekin ular birdaniga enaga, tarbiyachi, doktor bo’lib qolishi mumkin.
Bola to’rt yoshga o’tganda syujetli-rolli o’yinlar ancha rivojlana boshlaydi. O’yinlar mavzui har xil bo’lib, boyib boradi. Bu yoshdagi bolalar o’z o’yinlarida oila, MTMni, avtobusda, tramvayda kelayotgan kishini aks ettiradilar.
Tevarak-artofni kuzatish natijasida tasavvurlari kenayadi, bu ularning o’yin mazmuniga ta`sir etadi: bayramlar, magazin, transportning har xil turlarini aks ettira boshlaydilar. Ammo bu yoshda ular hayotdagi voqealar o’rtasidagi bog’liqliklarni hali tushunib yetolmaydilar.
Bola besh yoshga qadam qo’yganda undagi kuzatuvchanlik taffaquri rivojlanganligi, bilim doirasi kengayganligi sababli o’yin mazmuni ham murakkablashib boradi. Xayolni rivojlanib borishi orqasida ertak va hikoyalar mazmuni bo’yicha murakkab bo’lmagan o’yinlarni o’ynashadi.
O’yin mazmuni bilan bir qatorla bolalarda hislar ham rivojlanib boradi. Kundalik hayotga nisbatan bolalarda hissiyot yuqori bo’ladi. O’yin birinchidan, xursandchilik bilan hamohang kechadi. Ikkinchidan, bolalar kattalarning hislarini o’z o’yinlarida aks ettiradilar.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy o’yin juda ham yaxshi rivojlanadi. Bu o’yinlarda bolalar o’zlari eshitgan, ko’rgan voqealar, hikoyalar, kitoblar va boshqa manbalardan olgan bilim, malakalarini, his-hayajonlarini to’la
qo’llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o’yinlarida berilgan ta`lim-tarbiyaning natijasi yaqqol ko’rinib, sezilib turadi.
Bolalar kim bilan o’ynashi to’g’risida va o’yinning qanday borishi to’g’risida o’zaro kelishib oladilar. O’yinlar uzoqroq davom etadigan bo’lib boradi. Bitta o’yinni uzoq vaqt, hatto bir necha kun o’ynash mumkin, bunda har gal o’yinga yangililik kiritib boriladi.
Uzoq davom etadigan o’yinlar maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinlarining yuqori bosqichi hisoblanadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinlariga to’g’ri rahbarlik qilib borilsa, ularning mustahkam jamoasi yuzaga kelib, u o’z an`anasiga, o’z qoidasiga ega bo’ladi. Bolalarda birgalikda ijod qilish qobiliyati rivojlanadi, ular o’rtoqlarining fikri bilan kelishadigan, fikriga quloq soladigan bo’lib boradi.
Bolalar jamoasining shakllanishi uzoq vaqtni talab etadigan murakkab ish.
Bolalar o’rtasida murakkab munosabatlar yuzaga kela boshlaydi.
Har bir bolaning o’ziga xos xususiyati yaqqol namoyon bo’lib boradi. Bunda bolalar faol tashqilotchi, o’ziga ishonadigan va aksincha, tortinchoq, indamaslarga bo’linadi.
Faol bolalar har doim o’yinni o’z hoxishiga qarab tanlaydi, qiziqarliroq rolni talab etadi. Ular ba`zan o’yinni buzishadi, o’rtoqlarini xafa qilishadi, ammo tarbiyachining ta`siriga tez berilishadi. Ularini ijobiy xususiyatlari, sog’lom qiziqishlari bo’ladi, tarbiyachi mana shular asosida ularning ongi va hissiga ta`sir etadi.
O’yin mavzusi o’zgarishi bilan o’yinda qatnashuvchilarning ham o’zaro munosabatlari o’zgarib boradi. Kichkina bolalarning har biri o’z xolicha o’ynasa, keyinchalik 2-3 kishi bo’lib o’ynay boshlaydi, o’rta maktabgacha yoshga kelganda o’ynovchilar soni ko’payib, o’rtoqlik munosabatlari tarkib topa boshlaydi, bunday munosabatlar o’yinga mavzu mazmun tanlashda, rollar va o’yinchoqlarni taqsimlashda yuzaga keladi.
O’yinning tuzilishi va mazmuni rivojlanib borishi bilan o’yinchoqning roli va unga talab ham o’zgarib boradi. Kichkina bolalar o’yinini ko’pincha o’yinchoq
belgilaydi. Bitta o’yinchoq bir nechta vazifani bajarishi mumkin. O’rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o’yin to’g’risidagi fikr avval tug’iladi. Keyin o’ynay boshlaydi. O’yinchoq o’yin mazmuniga qarab tanlanadi.
|
| |