|
5-amaliy mashg‘ulot: boshlang‘ich ta’lim pedagogikasining o‘ziga xosligi maqsad
|
bet | 1/3 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 33,13 Kb. | | #104337 |
Bog'liq 5-amaliy mash
5-AMALIY MASHG‘ULOT: BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING O‘ZIGA XOSLIGI
Maqsad: talabalarda boshlang‘ich ta’lim pedagogikasining o‘ziga xosligi haqida bilim berish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish kompetensiyasini shakllantirish.
Kerakli jihoz va materiallar: noutbook, proyektor, taqdimot materiallari, o‘quv qo‘llanmalar, test varaqalari, daftar konspekt.
Glossary:
Pedagogika - ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o‘rganadigan fan sohasi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati - uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’ lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi - boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o‘ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim-o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, kompetentlikni tarkib toptirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim - shaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Amaliy mashg‘ulotning tashkiliy tuzilishi:
talabalarning davomati va darsga tayyorlanish darajasini aniqlash;
o‘qituvchi tomonidan mavzu bo‘yicha bajariladigan ishlarni tushuntirish;
mashg‘ulotda o‘quvchilarning mustaqil shug‘ullanishi;
bajarilgan amaliy ishlarining natijalarining nazorati;
mazkur mavzu bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirish darajasini yakuniy nazoratdan o‘tkazish;
keyingi amaliy mashg‘ulot uchun topshiriq berish.
1-topshiriq. Quyidagi jadval orqali boshlang‘ich va yuqori sinf pedagogikasi o‘rtasidagi jihatlarni tahlil qiling
Boshlang‘ich sinflarda
|
Yuqori sinflarda
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-topshiriq. Tahlil qiling.
|
| |