• 2. Keys-stadi metodi tarixi.
  • Keys stadi metodi




    Download 23,6 Kb.
    bet1/2
    Sana13.02.2024
    Hajmi23,6 Kb.
    #155580
      1   2
    Bog'liq
    Keys stadi metodi


    Keys stadi metodi
    1.Keys-stadi muammoli o‘qitish texnologiyalaridan hisoblanadi. Ushbu innovasion texnologiya asosini talabalarning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq vaziyatlar va ularning tahlili tashkil qiladi. Bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat bilan bo‘g‘liq vaziyatlarni chuqur o‘rganish natijasida nazariyaning amaliyot bilan bo‘g‘liqligi ta’minlanadi. O’quvchilar muayyan vaziyatlarni har tomonlama o‘rganadilar. O‘z navbatida ular faol fikrlaydilar, nazariy mashg‘ulotlarda eshitgan bilimlarini mustaqil o‘rganish davomida to‘plagan ma’lumotlar bilan taqqoslaydilar, shaxsiy tajribalarga murojaat qiladilar. Turli vaziyatlarni hamkorlikda yoki mustaqil ravishda tahlil qilish va qayta ishlash davomida qo‘shimcha ma’lumotlarga nisbatan zarurat sezadilar, statistik ma’lumotlarni o‘rganadilar. Natijada talabalarning bilimlari amaliy jarayon bilan bog‘likda mustahkamlanib boriladi. O’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati, nutq mahorati, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi.1
    Masalaning muammolilik jihatlari aniqlashtiriladi, maqsad va vazifalari, tadqiqot yo‘nalishlari belgilaniladi. O’quvchilar muammoli vaziyatlarni hal qilishning turli variyatlarini ilgari suradilar, mulohaza yuritadilar, eng ma’qul hisoblangan g‘oyalarni muhokamaga qo‘yadilar, qarorlarni qabul qiladilar. O‘quvchilar kelgusi mehnat faoliyatini aniq rejalashtirilishini o‘rganadilar, favqulotda holatlar sodir bo‘lsa, eng to‘g‘ri yechim va qarorlarni qabul qilishga, ta’lim jarayonida to‘plangan nazariy ma’lumotlarni rivojlantirgan holda amaliyotga ijodiy tadbiq qilishga tayyor bo‘ladilar.
    2. Keys-stadi metodi tarixi. Keys-stadi amaliy vaziyatlarni tahlil etish va hal qilish asosida o’qitish metodi sifatida xorijiy ta’limda dastlab huquq sohasida qo’llanila boshladi: u ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870 yilda qo’llanilgan edi. 1920 yilda Garvard biznes-maktabi (GBM) o’qituvchilari yuristlarning o’qitish tajribasiga tayanib, iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilishni ta’limning asosiy usuli etib tanlashganidan keyin mazkur o’qitish uslubi keng tatbiq etila boshladi.
    Ana shu vaqtdan boshlab GBM keyslarning boy to’plamini yig’di va mazkur metodni ta’limning mustaqil konstepstiyasi darajasigacha olib chiqdi. Ayni shu sababga ko’ra keys-stadi metodini ko’pincha Garvard metodi deb ham ataladi. O’z mohiyatiga ko’ra, Garvard metodi ta’lim oluvchilarning amaliy vaziyatlarni videomateriallar, kompyuter va dasturiy ta’minotdan foydalanib hal qilish bo’yicha intensiv treningidan iboratdir.
    Keys-stadining ikki klassik maktabi – Garvard (Amerikada) va Manchester (Yevropada) maktablari mavjud. Garvard maktabi doirasida mazkur metod yagona to’g’ri yechimni izlashni o’rgatish metodi hisoblanib, ikkinchi maktab (Manchester) keysda bayon qilingan muammoli vaziyat yechimining ko’p variantliligini taklif qiladi. Amerika keyslari o’nlab sahifali matnni va ko’plab chizmalarni o’z ichiga oladi. Yevropa keyslari xajmi birmuncha kamroq.
    3. Chet ellardagi biznes-maktablarda odatiy vaziyatlarni o’rganishga o’quv vaqtining o’rtacha 25% dan 90% gacha bo’lgan qismi ajratiladi. Masalan, Chikago universiteti biznes-maktabida o’quv vaqtining 25%i keyslar ulushiga, Kolumbiya universitetida – 30%, Uortonda esa – 40% iga to’g’ri keladi. Mashg’ulotlarni ushbu metod bo’yicha o’tkazishga ajratiladigan soatlar soni bo’yicha uning 
    Download 23,6 Kb.
      1   2




    Download 23,6 Kb.