|
Keys stadi metodi
|
bet | 2/2 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 23,6 Kb. | | #155580 |
Bog'liq Keys stadi metodi“ilk ixtirochisi” – Garvard yetakchilik qiladi. Oddiy tinglovchi GBMda o’qish vaqtida 700 tagacha keyslarni ko’rib chiqadi va buning uchun o’quv vaqtining 90% gacha qismini sarflaydi.
Bunda shunday aniqlik kiritish kerak: moliyaviy fanlarga ixtisoslashgan maktablarda keyslar salmog’i asosiy fanlar – menejment, marketing, axborot texnologiyalari, xodimlarni boshqarish va shu kabilardan iborat maktablardagiga nisbatan ancha kamdir.
Mamlakatimizdagi ta’lim sohasida keys-stadi, asosan, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida, ayniqsa boshqaruv sohasida qo’llaniladi. Keyingi yillarda oliy o’quv yurtlarida ham o’qituvchilarning keyslarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qiziqishi oshayotganligi kuzatilayapti.
4. Keyslarni quyidagi turlarga ajratish mumkin
- baholash, tahlilga o‘rgatuvchi;
- muammoni yechish, qaror qabul qilishga o‘rgatuvchi;
- umumiy tarzda muammoni yechishga o‘rgatuvchi keyslar;
Shuningdek ko‘pgina adabiyotlarda keyslarni quyidagi turlarga ajratadilar:
1) Kalit keyslar(Key cases);
2) Notanish keyslar(Outlier cases);
3) Tanish keyslar(Local knowledge cases).
Keyslarni turlarga ajratishda N. Fedyaninm, V.Davidenkolarning ham o‘z nazariyalari mavjud.
- tizimlashtirilgan (highly structured) keysda kichik hajmdagi qo‘chimcha axborotlar beriladi, bunda мuammoni vaziyatni yechayotgan talabalar oldindan tuzilgan rejalar asosida vaziyat yechimini izlashlari lozim. Bu turdagi keyslar yuqori darajadagi vaziyat yechimini talab qiladi.
- kichik tasvirlar (short vignetts) keysida muammoli vaziyat hajmi bitta matndan, bir yoki ikkita ilovadan iborat bo‘lib, talabalar faqat yechimga xos tushunchalar bilan tanishtiriladi, tahlil davomida talaba bilim zahirasi kengligi alohida o‘ringa egadir.
- katta hajmdagi tizimlashmagan keyslar (long unstructured cases ) hajmi chegaralanmagandir. Shuningdek ta’lim jarayoning barcha turlarida foydalanish mumkin, ma’lumotlar aniq va to‘liq hajmda talabalarga taqdim qilinadi.
- boshlang‘inch keyslar (ground breaking cases) qo‘llashdan maqsad talabalarni oldin o‘zlashtirgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdir va mavjud bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirishdir. Bu jarayonda talaba va o‘qituvchilar ilmiy izlanuvchilar talab qilinadi.
5. Keys-stadi texnologiyasi talabaning kelajakda yetuk mutaxassis sifatida shakllanishida ijtimoiy- psixologik ahamiyati katta. Chunki kasbiy faoliyat bilan bog‘liq turli amaliyotlarini, lavozimiy majburiyatlarini bajaruvchi shaxs o‘rniga qo‘yib ko‘radi, voqea-hodisalarni o‘rganadi, qanday xulosa yoki qaror qabul qilish mumkinligini va bunda mehnat jamoasi bilan ijodiy hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘yish ma’qulligini o‘ylab ko‘radi, yakuniy natijalarni oldindan ko‘ra bilish, muammolarni oldini olish, ularni hal qilish davomida turli ruhiy zo‘riqish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini, kasbiy sohada hamkorlik, hamfirlilik, faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirish va amalga oshirish lozimligini, na moddiy va nama’naviy, ruhiy isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish mumkin emasligini bilib oladilar.
Ushbu texnologiyaning yana bir afzaligi shundaki, o‘quvchilarda kasbiy axloq me’yorlari haqida tushunchalar shakllanadi va rivojlanadi. Olar o‘zlarini bo‘lg‘usi kasbiy faoliyati qay darajada tayyor ekanliklarini sinab ko‘radilar. Ular o‘z qobiliyatlarini aniq baholagan holda rivojlanish imkoniyatlari to‘g‘risida o‘ylab ko‘radilar.
6. CASE STUDY usuli quyidagi ko'nikmalarni rivojlantiradi:
1. “Analitik mahorat.
Bunga quyidagilar kiradi: ma'lumotlarni ma'lumotlardan ajratish, muhim va muhim bo'lmagan ma'lumotlarni tasniflash, ajratib ko'rsatish, tahlil qilish, taqdim etish va ajratib olish, bo'shliqlarni topish va ularni tiklash qobiliyati. Aniq va mantiqan o'ylang. Axborot yuqori sifatli bo'lmaganida, bu ayniqsa muhimdir.
2. Amaliy ko'nikmalar.
Ishda keltirilgan muammoning murakkabligi darajasi, real vaziyat bilan taqqoslaganda, kamaytirilgan bo'lib, amalda iqtisodiy nazariya, usul va printsiplardan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
3. Ijodiy mahorat.
Odatda, CASE vaziyatni faqat mantiq bilan hal qila olmaydi. Mantiqiy ravishda topib bo'lmaydigan muqobil echimlarni yaratishda ijodiy qobiliyatlar juda muhimdir.
4. Muloqot qobiliyatlari.
Ular orasida quyidagilar mavjud: munozarani o'tkazish qobiliyati, boshqalarni ishontirish. Vizual va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalaning, guruhlarda hamkorlik qiling, o'z nuqtai nazaringizni himoya qiling, raqiblarni ishontiring, qisqa, ishonchli hisobot tuzing.
5. Ijtimoiy ko'nikmalar.
CASE munozarasi jarayonida ma'lum ijtimoiy ko'nikmalar rivojlanadi: odamlarning xulq-atvorini baholash, tinglash qobiliyatlari, muhokamada qo'llab-quvvatlash yoki qarama-qarshi fikrni bahslashish, o'zini boshqarish va boshqalar.
6. Introspektsiya.
Muhokamadagi kelishmovchilik boshqalarning va o'zlarining fikrlarini tushunishga va tahlil qilishga yordam beradi. Yangi paydo bo'layotgan axloqiy va axloqiy muammolar ularni hal qilish uchun ijtimoiy ko'nikmalarni shakllantirishni taqozo etadi »[Smolyaninova O.G. Talabalarni o'qitishda keys-stadi uslubining didaktik imkoniyatlari].
oshirish tizimida, ayniqsa boshqaruv sohasida qo’llaniladi. Keyingi yillarda oliy o’quv yurtlarida ham o’qituvchilarning keyslarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qiziqishi oshayotganligi kuzatilayapti.
|
| |