9-Ma’ruza. Igna sanchish usulida noto’qima mato ishlab chiqarish.
Tikish mashinasining klassiga (ignalar orasidagi masofaga), trikotaj o’rilish
xarakteriga, qaviqning yo’nalishi va ipning xiliga qarab to’qima-tikma materiallar
turli ko’rinish va xossalarga ega bo’ladi.
Tolalarning tarkibi va nimaga ishlatilishiga qarab to’qima-tikma materiallar
turlicha pardozlanadi, ya’ni bo’yash
yoki gul bosish, tuk chiqarish, tuk qirqish,
presslash, qalandrlash operatsiyalaridan o’tkaziladi.
Tola tarkibi, tuzilishi va
pardozlanishiga qarab to’qima-tikma materriallar bolalar va sport buyumlari,
kurtkalar, kostyumlar, ko’ylaklar,
har xil xalatlar, deraza pardalari, uyda
kiyiladigan poyabzalning usti, qishki va rezina poyabzal tikish, shuningdek, texnik
maqsadlar uchun ishlatiladi.
Bosish usuli tolalarning bosiluvchanlik xossalariga asoslanadi. Masalan, jun
tolalar issiq va nam sharoitda mexanik kuchlar ta’sirida, paxta tolalari turli
kimyoviy elementlar ta’sirida bosish xossasiga ega. Bosish usulida noto’qima
materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi tolalarning bosilish jarayonida o’zaro
biriktirib ketishiga asoslanadi. Bu usul movut va drap
tipidagi jun va yarim jun
materiallar olishga imkon beradi. Bunday materiallar tayyorlash uchun, odatda,
mayin jun tolalariga poliamid tolalar qo’shiladi. “Krafft Gebel”, Vel’ker”
(Germaniya) va “Nikki” (Yaponiya) kabi firmalar ushbu texnologiya bo’yicha
mashinalar ishlab chiqaradi.
Materiallarning pishiqligini oshirish uchun, bosish jarayoniga qadar taralgan
ikki tolalar qatlami orasiga ko’ndalang yo’nalishda maxsus mashina yordamida
iplar qo’yib ketilishi mumkin. Bosish usulida qimmatbaho xom ashyo talab etilishi
tufayli bu usul kam qo’llaniladi.
Igna sanchish usulida tishli ignalar ta’sirida xolstdagi
tolalarning bir qismi
tolalar qatlami orqali o’tadi va tolalar massasini biriktiradi. Ignalarning o’lchamlari
va shakli tolali xom ashyoning xiliga, xolstning qalinligi va nimaga ishlatilishiga
bog’liq bo’ladi.
Ignalar maxsus plitkaga bikr qilib mahkamlanadi.
Bu plitka tolalar
massasiga minutiga 900 marta sanchiladi. Igna sanchiladigan materiallarning eni 7-
8 m gacha bo’ladi. Tolalar xolstda yaxshi birikishi uchun massaga yopishtiruvchi
moddalar qo’shiladi yoki aralashma tarkibiga sintetik tolalar aralashtiriladi. Issiqlik
ishlovi berganda bu tolalar kirishadi va xolstni biriktiradi.
Igna sanchib tayyorlangan materiallar texnik maqsadlarda va maishiy
ehtiyojlar (odeyallar, qalin jun ro’mollar, izolyatsiyalovchi qistirmalar va hokazo)
uchun ishlatishi. Chet ellarda igna sanchish usuli prinsipida suv oqimli usul ishlab
chiqilgan. Xozirgi vaqtda butun dunyo bo’yicha 17
dan ortiq firmalar igna