48
musobaqalardan keyin kechki payt talabalar o‘zlari yasagan yoki tergan (olma, nok,
olxo‘ri) “sovg‘alar” bilan mukofotlansalar, bu ularning faolligini yana ham kuchaytiradi.
Alohida oliy o‘quv yurtlari sport oromgohlari orasidagi spartakiada doirasida
o‘tkaziladigan har xil sport turlari bo‘yicha musobaqalarga qiziqish katta, chunki ularning
shiddatlilik darajasi ancha yuqori bo‘ladi.
Bunday bellashuvlar intizom, o‘zaro yordam,
yuqori sport natijalariga intiluvchanlikni tarbiyalaydi.
Bayram kunlarida musoba qalar o‘tkazilishining tarbiyaviy ahamiyati
Musobaqalarning ommaviy bayramlar-“Navro‘z”, “Xayrli kun” da o‘tkazilishi
yoshlarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishiga yordam beradi. Bular arqon tortish, qo‘l
jangi, og‘irliklar ko‘tarish, mini-futbol va b.bo‘yicha musoba qalar,
jamoatchilikning
qiziqishini oshiradi.
Terma jamoalarga talabalarning alohida hurmatini qozongan yuqori malakali
sportchilar jalb qilishdir. Musobaqa ishtirokchilariga hayrixoxlik sportchilarni butun iroda
kuchini
ishga solib, g‘alabali natijaga erishishga majbur etadi, ularni sog‘lom raqobat,
raqibga hurmat ruhida tarbiyalaydi. Rag‘batlantirish, sovrinlar, o‘rtoqlik raqobati iqlimi o‘z
kursdoshlari, fakultet terma jamoasini qo‘llab-quvvatlaydigan ko‘p
sonli tomoshabinlarni
jalb qiladi.
3.5. Talaba-yoshlarni va o‘quvchilarni “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”,