• N а = (2/m) x 100%
  • M с = (  F : M р ) x 100%
  • Asosiy va aylanma kapital doiraiy aylanishining moliyaviy jihatlari Reja




    Download 33.79 Kb.
    bet1/8
    Sana03.04.2024
    Hajmi33.79 Kb.
    #186304
      1   2   3   4   5   6   7   8

    Asosiy va aylanma kapital doiraiy aylanishining moliyaviy jihatlari


    Reja:


    1. Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi


    2. Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi


    3. Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish


    4.1. Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi
    Umumlashtirilgan ko’rinishda asosiy kapital mehnat vosita-lariga (binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, mashinalar va dastgohlar, transport vositalari va foydali foydalanish muddati 12 oydan oshadigan boshqa vositalar) joylashtirilgan avanslashti-rilgan kapital qiymatining bir qismidir. XYuSning buxgalteriya balansida asosiy kapital aylanmadan tashqaridagi aktivlar sifa-tida aks ettiriladi. Uning asosini asosiy vositalar tashkil eta-di. Bu aktivlarning boshqa elementlari, ya’ni nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish, moddiy boyliklarga daromadli joylash-tirish, uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar, bevosita yoki bilvo-sita asosiy kapitalni kengaytirilgan ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapital ishlab chiqarish omili va ishlab chiqarishning moddiy-texnik aso-si shaklida amal qiladigan unumli kapitalning qismi sifatida maydonga chiqadi.
    Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tegishli bo’lgan qiymatning quyidagi uch funktsional shakllarida harakat qilishi-ni anglatadi:
        • pulli;

        • unumli;  tovarli.

    Asosiy kapital qiymatining bu shakllarda amal qilishi foyda olishni va mehnat vositalarining takror ishlab chiqarili-shini ta’minlaydi.


    Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapital-dan farqli o’laroq asosiy kapital o’zining iste’mol shaklini birdaniga yo’qotmaydi, ya’ni davomli muddatda eskiradi. Yangidan yaratilayotgan mahsulotga u o’zining qiymatini astasekinlik bi-lan, eskirish darajasiga qarab o’tkazadi va to’liq qayta tiklangun-ga qadar ko’plab ishlab chiqarish tsikllari davomida uni tiklab boradi. Bu jarayon amortizatsiya deb ataladi va u o’rnatilgan me’yorlarga muvofiq ravishda har oyda hisoblanadi.
    Ma’naviy eskirishini inobatga olgan holda mehnat vosita-lari boshlang’ich qiymatini to’liq tiklash vaqti amortizatsiya davri deb ataladi. Bu davr tugaganidan so’ng asosiy kapitalga avanslash-tirilgan pulli qiymat o’z aylanishini tugatadi va yana mehnat vositasiga aylanadi. Bu fursatga etgunga qadar o’tkazilayotgan qiymat asta-sekinlik bilan va uzluksiz ravishda amortizatsiya fon-di ko’rinishida jamg’arilib boriladi. So’ngra iste’mol qilingan kapitalni yangidan qayta tiklashga foydalaniladi.
    Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buyumlashgan shakli sifatida asosiy fondlar – uzoq vaqt davomida natural-iste’molli shaklda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan moddiy boyliklar yig’indisi – maydonga chiqadi. Iqtisodiy mo’ljallanganligiga ko’ra asosiy fondlar quyidagilarga bo’linadi:
    • asosiy ishlab chiqarish fondlari;


    • noishlab chiqarish asosiy fondlari.


    Ishlab chiqarish jarayonida buyumlashgan-natural shaklda ishtirok etadigan va ko’plab ishlab chiqarish tsikllari davomida o’zining qiymatini tayyor mahsulotga qismlarga bo’lib o’tkazuvchi mehnat vositalariga asosiy ishlab chiqarish fondlari deyiladi.


    Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYuSning balansida bo’lgan va noishlab chiqarish maqsadlari uchun foydala-nishga mo’ljallangan XYuSning mulklari kiradi. Ular bo’yicha amortizatsiya hisoblanmaydi. Bu fondlarning qiymati ularning eskirishi munosabati bilan XYuSning foydasi hisobidan takror ishlab chiqariladi.
    Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzilmasi tarmoq, texnologik, ishlab chiqarish va xizmat qilish muddati jihatidan bo’lishi mumkin. Tarmoq tuzilmasi alohida olingan tarmoqdagi asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining butun iqtisodiyot bo’yicha shu fondlar qiymatidagi salmog’ini xarakter-laydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining texnologik tuzilma-si alohida guruh ichidagi turli ko’rinishlarining salmog’ini ko’rsatadi. Ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan mehnat vositalari turli ko’rinishlarining nisbatidan iborat bo’lib, investitsiyalarning texnologik ilg’orligi va ularning oqilona joylashtirilganligini aks ettira-di. Asosiy fondlarning xizmat qilish muddati jihatidan tarki-biy tuzilmasi ularning ahvolini yosh guruhlari va takror ishlab chiqarish sur’atlari bo’yicha ifodalaydi. Keyingi yillarda asosiy fondlarning etarli darajada faol takror ishlab chiqarilmagan-ligi uchun ularning yoshi va eskirishi ortib bormoqda.
    Asosiy fondlar pulli tarzda baholanadi va hisoblanadi hamda buxgalteriya hisobida asosiy vositalar sifatida aniqlana-di. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
    • binolar;


    • inshootlar (neft va gaz qazib oluvchi, gidrotexnik, trans-port xo’jaligi inshootlari va boshqalar);


    • uzatuvchi moslamalar (elektr uzatuvchi, aloqa, quvurlar va h.k.);


    • ishchi va kuch mashinalari va dastgohlari;


    • o’lchovchi va tartibga soluvchi (o’zgartiruvchi) priborlar va qurilmalar;


    • uy-joylar;


    • hisoblash texnikasi va orgtexnika;


    • transport vositalari;


    • instrumentlar;


    • ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari va buyumlari;


    • ishchi va mahsuldor qoramollar;  ko’p yillik o’simliklar.


    Yuqoridagilardan tashqari asosiy vositalarning tarkibiga yana tashkilotning mulkida bo’lgan er maydonlari, tabiatdan foy-dalanish ob’ektlari (suv, qazilma boyliklari va boshqa tabiiy resurslar), asosiy vositalarning ijaraga olingan ob’ektlari ham kiradi.


    Ishchi va kuch mashinalari hamda dastgohlari, o’lchovchi va tartibga soluvchi (o’zgartiruvchi) qurilmalar hamda priborlar, hisoblash texnikasi, transport vositalari, instrumentlar, ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari, odatda, asosiy fondlarning aktiv qismiga kiritilib, ular mehnat predmetlariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Ularning qolgan qismlari esa asosiy fondlar-ning passiv qismiga kiritiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy kapital aktiv qismining maksimal ravishda oshirilishi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
    Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq:
    • moliyaviy nuqtai nazardan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi moliyaviy resurslar tegishli fondlarining tashkil eti-lishi bilan kuzatiladi. Bu bir vaqtning o’zida ham asosiy kapital, ham aylanma kapital aylanishiga to’liq tegishlidir;


    • shu doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan mo-liyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini baholash mu-him hisoblanadi;


    • Joriy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish va eskir-gan asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilashning o’z vaqtida amalga oshirilishi samaradorligini baholash kerak.


    XYuS ning moliyaviy resurslari tarkibida o’zlik va jalb qilingan pul mablag’lari bo’lishi mumkin. Takror ishlab chiqarish jihatidan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi iste’mol qilingan asosiy fondlarni almashtirish (yangilash) uchun amorti-zatsiya mablag’larining amortizatsiya fondida jamg’arilishini ko’zda tutadi. Hisobot davri davomida asosiy vositalar ob’ektlari bo’yicha amortizatsiya ajratmalari hisoblashni qo’llash usullariga bog’liq bo’lmagan holda har oyda hisoblanadi. Mavsumiy ishlab chiqarishda ham asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmala-rining yillik summasi hisobot yilida tashkilotning ishlash davri davomida bir tekisda hisoblanadi. Agar asosiy vositalar-ning ob’ektlari rekonstruktsiya va modernizatsiya qilishda bo’lsa, yoki ular uch oydan ko’proq muddatga konservatsiya qilishga o’tkazilgan bo’lsa, bunday holatlarda amortizatsiya ajratmalarini hisoblash tashkilot rahbarining qaroriga muvofiq to’xtatilishi mumkin.


    Amortizatsiyalashtiriladigan mol-mulklar o’zlarining foyda-li foydalanish muddatlariga bog’liq ravishda konkret amortiza-tsiya guruhlariga birlashtiriladi. Birinchi guruhga foydali foydalanish muddati 1 yildan 2 yilgacha bo’lgan molmulklar kiri-tilsa, oxirgi guruhga esa foydali foydalanish muddatlari 30 yil-dan ortiq bo’lgan mol-mulklar kiritiladi.
    Amortizatsiya guruhlariga kiritiladigan asosiy vositalar-ning klassifikatsiyalanishini har bir mamlakatning hukumati aniqlab beradi.
    Amortizatsiya guruhlari ko’rsatilmagan asosiy vositalarning turlari bo’yicha ularning foydali foydala-nish muddatlari ularni tayyorlagan tashkilotlarning tavsiyalari va texnik shart-sharoitlariga muvofiq ravishda soliq to’lovchining o’zi tomonidan o’rnatiladi.
    Hozirgi paytda amaliyotda amortizatsiya ajratmalarini hi-soblashning ikki asosiy metodidan foydalaniladi1:
    • chiziqli;


    • chiziqsiz.


    Amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning chiziqli metodi binolar, inshootlar, uzatish qurilmalariga nisbatan ularning foydalanishga topshirish muddatlariga bog’liq bo’lmagan holda qo’llaniladi. Asosiy vositalarning qolgan boshqa ob’ektlariga nisbatan amortizatsiya summalarini hisob-kitob qilishning yuqo-ridagi ikki metodidan – chiziqli va chiziqsiz – biri qo’llanilishi mumkin.


    Chiziqli metod qo’llanilganda bir oy uchun hisoblangan amor-tizatsiyaning summasi shu ob’ekt uchun aniqlangan amortizatsiya nor-masi va ob’ektning dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan qu-yidagicha aniqlanadi: N а = (1/m) x 100%
    Bu erda: Nа – amortizatsiyalashtirilayotgan mol-mulk ob’ekti-
    ning boshlang’ich (tiklash) qiymatiga nisbatan amortizatsiya normasi (foizda); m – amortizatsiyalashtirilayotgan mol-mulk shu ob’ektining foydali foydalanish muddati (oyda).
    Chiziqsiz metod asosida amortizatsiya normasini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:

    N а = (2/m) x 100%

    Bu yerda: 2 – tezlashtirish koeffitsienti.


    Asosiy kapitalning doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan o’z moliyaviy resurslarining tarkibiga, amortizatsiya fondidan tashqari, yana quyidagi daromadlar va turli tushumlar ham kiradi:
    • foyda, shuningdek, moliyaviy operatsiyalar va boshqa tashki-lotlarda hissali ishtirok etishdan olinadigan daromadlarni ham qo’shib hisoblaganda tadbirkorlik faoliyatidan kelib tushuvchi pul mablag’lari;


    • mulkni samarali boshqarish hisobidan olinadigan pul mablag’lari;


    • XYuSga tegishli bo’lgan ijara haqi, lizing to’lovlari, dividendlar, aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizlar, realizatsiyadan tashqari boshqa daromadlar, asosiy fondlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;


    • ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hisobidan erishilgan foyda.


    Ish navbatini o’zgartirish va dastgohlarni yuklash koef-fitsientining oshirilishi, intensiv foydalanishning o’sishi va asosiy vositalar tarkibiy tuzilmasidagi progressiv o’zgarishlar, kiritilgan quvvatlarning tez o’zlashtirilishi fond qaytimi va boshqa ishlab chiqarish-iqtisodiy ko’rsatkichlarni oshiradi.


    Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilinadigan pul mablag’larining manbalarini ikki guruhga bo’lish mumkin:
    • maqsadli moliyalashtirish va tushumlar;


    • banklarning o’rta va uzoq muddatli kreditlari hamda XYuS tomonidan texnikaviy qayta qurollantirish va rekonstruktsiya qilish, yangi asosiy ishlab chiqarish fondlarini yaratish uchun milliy va xorijiy valyutada olingan qarzlar. Birinchi guruhning tarkibiga quyidagilar kiradi:


    • hukumat organlaridan subsidiyalar shaklida olingan pul mablag’lari;


    • taraqqiyotning strategik yo’nalishini amalga oshiruvchi maqsadli


    dasturlar asosida investitsiyalar ko’rinishidagi byudjet ajratmalari;


    • kichik tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlovchi byud-jetdan tashqari fondlarning mablag’lari;


    • hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi boshqa


    XYuS va tashkilotlardan moliyaviy tushumlar;  va boshqalar.


    Ikkinchi guruhga kiruvchi jalb qilingan moliyaviy resurs-larning tarkibida kreditorlik qarzlari ham muhim o’rinni egal-laydi.
    Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok etadigan moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligi olingan samara va uni qo’lga kiritish uchun sarf qilingan moliya-viy resurslar o’rtasidagi nisbat orqali ifodalanadi. Shu munosa-bat bilan moliyaviy resurslardan foydalanishning sifat natija-sini quyidagi formula orqali ko’rsatish mumkin:
    M с = (F : M р ) x 100%

    Bu erda: Mсmoliyaviy samaradorlik;


    F – foydaning o’sgan qismi; M р – moliyaviy resurslar.
    Asosiy kapitalning rivojlanishi va uning moliyaviy jihat-dan ta’minlanishini boshqarishda asosiy ishlab chiqarish fondla-ridan foydalanishning samaradorligini baholash alohida ahamiyat kasb etadiki, uning juda ko’p aspektlari mavjud.
    Bu erda, eng avvalo, davlat, mulkdorlar, boshqaruvchilar va xo-dim (ishchi)lar manfaatlarini birgalikda qarash aspekti juda muhimdir. Davlat manfaatlari, bir tomondan, XYuSlarning soliq to’lovlarini maksimallashtirish maqsadida balans foydaning mak-simallashtirilishini ko’zda tutadi. Ikkinchi tomondan esa, foy-dadan soliq to’lovlari foydaning kengaytirilgan ilmtalab takror ishlab chiqarishga qayta investitsiya qilinishini hisobga olgan holda optimallashtirilmog’i lozim.
    Juda ko’p hollarda mulkdorlar va boshqaruvchilar manfaat-lari bir-biriga mos keladi. Mulkdorlar uchun ham, boshqaruvchilar uchun ham bir aktsiyaga to’g’ri keluvchi foyda summasining o’sishi orqali aktsionerlar daromadlarini maksimallashtirish maqsadini amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
    Odatda, daromadlarni maksimallashtirish ishlab chiqarish-ning samaradorligini oshirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshi-rish hisobidan erishiladi. U rentabellik va mehnat unumdorligi, fond qaytimining oshishi, xarajatlarning qisqarishi, aylanma mablag’lar aylanishining tezlashuvi, mahsulot sifatining oshishi, asosiy fondlarning yangilanishi, yangi texnologiyalar va boshqaruv metodlaridan foydalanish bilan bog’liq.
    Boshqaruv qarorlarida oqilona dividend siyosatini shakllan-tirish muhim ahamiyatga egaki, u sof foydani dividendlar to’lash-ga va uni jamg’arishga yo’naltirishga oqilona taqsimlanishini na-zarda tutadi.
    XYuS xodim (ishchi)lari manfaatlari nuqtai nazaridan fa-qatgina moliyaviy natija emas, balki o’zining tarkibiga mehnat haqi va uning o’sishi, ijtimoiy dasturlar va mehnat sharoitlari-ni yaxshilashga qaratilgan XYuS harajatlari hisobidan vujudga keladigan moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarning o’sishini qamrab oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy samara ham muhimdir.
    Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYuS moliya-xo’jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi umu-miy moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu erda hal qiluvchi va aniqlovchi ko’rsatkich sifatida ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi ko’rsatkichi maydonga chiqadi. U samaradorlikni baholashning me’zoni bo’lib xizmat qiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi: R у = (BF : Fаа ) x 100%
    Bu erda: R у – ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi;

    Download 33.79 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 33.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy va aylanma kapital doiraiy aylanishining moliyaviy jihatlari Reja

    Download 33.79 Kb.