• Uchinchi
  • Yettinchi
  • Respublikasi
  • 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari: Birinchi




    Download 19,04 Kb.
    Sana29.03.2017
    Hajmi19,04 Kb.
    #2624

    2016 YILGI IQTISODIY DASTURNING ENG MUHIM USTUVOR VAZIFALARI:

    Birinchi – boshlangan tizimli demokratik islohotlarni va mamlakatni modernizatsiyalashni, iqtisodiyotda, eng avvalo sanoat va qishloq xo‘jaligida chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni so‘zsiz davom ettirish, xususiy mulkchilik, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirish va ularning manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiyotda davlat ulushini izchil kamaytirish, makroiqtisodiy mutanosiblikni ta‘minlash;



    Ikkinchi – 2015–2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy tadbirlarini so‘zsiz amalga oshirish bo‘yicha boshlangan ishlarni davom ettirish;

    Uchinchi – qishloq xo‘jaligida xo‘jaligida islohotlarni va tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish;

    To‘rtinchi – ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirish;

    Beshinchi – iqtisodiyotning raqobatdoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, eksportda fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishtirokini xar tomonlama rag‘batlantirish;

    Oltinchi – iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, “Elektron hukumat” tizimi yaratilishini tubdan jadallashtirish;

    Yettinchi – “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish.

    2016 yilda apparat ishi samaradorligi va natijadorligini oshirishning eng muhim ustivor vazifalari:

    Birinchi – 2015 yilda erishilgan natijalarni tanqidiy baholab, biriktirilgan sohalarida 2016 yilgi iqtisodiy dasturning yettitata eng muxim ustivor vazifalari amalda ro‘yobga chiqarilishini ta‘minlash;

    Ikkinchi – xodimlarning kasb darajasi va ish malakasini oshirish, ularning tizimli demokratik islohotlariga va mamlakatni modernizatsiyalashgan muvofiqligini ta‘minlash;

    Uchinchiijro intizomini mustahkamlash, hujjatlar loyihalarining belgilangan muddatlarga qat‘iy rioya qilgan holda sifatli iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta‘minlash;

    To‘rtinchi – funktsional vazifalarini samarali bajarish uchun kompьyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanish.

    Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi nishonlanadigan ushbu yilda Yurt tinchligi va uning iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shish har birimizning sharafli burchimizdir.

    “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining 2016 yilgi eng muhim ustuvor vazifalari:

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar mahkamasining 2016 yil “Sog‘lom ona va bola” yili Davlat dasturi doirasidagi topshiriqlar ijrosini so‘zsiz ta‘minlash;

    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.

    2. “Elektron hukumat” bazasida amalga oshirilayotgan o‘ta muhim ikkita: “Milliy geografik axborot tizimini tashkil etish” va “Ko‘chmas mulk kadastri va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini integrallashgan axborot tizimini yaratish” hamda BMT taraqqiyot dasturi loyihalari ijrosi bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish;

    3. Tizimda modernizatsiyalash va tarkibiy o‘zgartirishlarni davom ettirish, axborot-kommunikatsion texnologiyalar sohasiga alohida e‘tibor qaratib Hukumatimiz tomonidan qo‘yilgan topshiriqlarni so‘zsiz bajarish, ushbu yo‘nalishda moddiy texnika bazani zamonaviy texnologiyalar hisobiga mustaxkamlash;

    4. Yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproqning unumdorligini oshirish va yerdan noqonuniy foydalaniishning oldini olish borasidagi davlat siyosatini olib borish va bu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatimiz tomonidan qo‘yilgan vazifalarning joylarda ijrosini ta‘minlash;

    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
    Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.

    5. “Ermulkkadastr” davlat korxonalari tomonidan joylarda ko‘chmas mulklarni yoppasiga yo‘qlamadan o‘tkazish, mulkka bo‘lgan xuquqlarni davlat ro‘yxatiga olish, ko‘chmas mulk ma‘lumotlar bazasini to‘liq shakllantirib ma‘lumotlarning axborot tizimi orqali almashinishini yo‘lga qo‘yish. Ish hajmini 2016 yilda 2 foizga oshirish.

    6. Davlat byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan Yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha ish turlarining mamlakat iqtisodiyotiga va jamiyat rivojiga muhimligi, natijadorligi va uning asoslanganligiga alohida e‘tibor qaratish;

    7 Rahbar va mutaxassislarning professional bilim saviyasini, huquqiy malakasini oshirish maqsadida xorijiy davlatlar va mamlakatimizning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida malaka kurslarini tashkil qilishni davom ettirish, kompьyuter va xorijiy tillar savodxonligini oshirish.



    8. Intizomni mustahkamlash, ishimizda kuchli tahlil va mas‘uliyat orqali sifat va ijobiy natijaga erishish.
    Download 19,04 Kb.




    Download 19,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari: Birinchi

    Download 19,04 Kb.