• MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI XISOBOTI Bajardi: 12M-TL-20 guruh magistranti B.Egamberdiyev
  • Tadqiqotning dolzarbligi.
  • Namangan muhandislik qurilish instituti




    Download 0,62 Mb.
    bet1/5
    Sana01.12.2023
    Hajmi0,62 Mb.
    #109128
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Dissertatsiya ped xisobot Mamasoliyev


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    NAMANGAN MUHANDISLIK QURILISH INSTITUTI

    MAGISTRATURA BO`LIMI

    “Transport logistikasi” kafedrasi
    “Transport logistikasi (Avtomobil transporti)” mutaxassisligi

    12M-TL-20 guruh magistranti Egamberdiev Baxtiyor Sadikjanovichning

    MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI


    XISOBOTI




    Bajardi: 12M-TL-20 guruh magistranti
    B.Egamberdiyev

    Qabul qildi: Transport logistikasi kafedrasi mudiri dots. A.NORMIRZAYEV
    Namangan 2022


    KIRISh
    Hozirgi vaqtda samarali transport xizmatisiz xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini muvaffaqiyatli ishlashini amalga oshirib bo‘lmaydi. Transportda tashishni tashkil etish, sanoat ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, qazib olish sanoati va aholining transportga bo‘lgan ehtiyojini tizimli nuqtai nazardan qondirish kerak. Tashishni tashkil etish va rejalashtirishga integratsiyalashgan yondashuv butun transport xizmati tizimida ham, uning alohida elementlarida ham minimal harajatlarga erishishni talab qiladi. Transport jarayonini tashkil etish va rejalashtirishning ilgari mavjud bo‘lgan texnologiyalari va usullarini zamonaviylariga almashtirmasdan turib bu muammoni hal etish mumkin emas.
    Tadqiqotning dolzarbligi. Transport jarayonini tashkil etishga qo‘yiladigan zamonaviy talablar va yo‘l transportida bajariladigan transport sifati, tashishni rejalashtirishda yangi tashkiliy-texnologik yechimlarni dastur-maqsadli va logistika tamoyillari yordamida qo‘llash zarurligini taqozo etadi.
    Operativ rejalashtirish tizimining mavjud tashkil etilishi har doim ham yo‘l-yuk tashish jarayoni ishtirokchilarining real ehtiyojlarini qondiravermaydi. Bugungi kundagi asosiy kamchilik uslubiy jihatdan segmentlangan bo‘lib, transport jarayonini rejalashtirishning alohida bosqichlarini ta’riflaydi.
    Bugungi kunda ishlaydigan usullar, masalan, avtomobillarning optimal yuk hajmini aniqlash, texnik va operatsion ko‘rsatkichlarni hisoblash, shu jumladan kerakli avtomobillar sonini hisoblash, chiziqli dasturlash usullari yordamida so‘rovlar bo‘yicha harakatlanuvchi tarkib tarqatish, avtomobillar jadvalini tuzish, transport xarajatlarini hisoblash va boshqalar kabi alohida vazifalarga bag‘ishlangan.
    Bunday xilma-xil operatsiyalar va vazifalarni zamonaviy sharoitlarda ularni hal etishga har tomonlama yondashmasdan, shuningdek katta hajmdagi axborotlarni avtomatlashtirmasdan qayta ishlash ham samarasiz bo‘ladi. Bundan tashqari, talab qilingan avtomobillar sonini hisoblash usullar jiddiy xatoliklarga ega, bu hisoblangan va haqiqiy qiymatlar o‘rtasidagi tafovutda ifodalanadi.
    Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirish hamda mahalliy mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish zaruriyati tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni, O‘zbekiston Respublikasining eksport mahsuloti istiqbolli xalqaro bozorlarga chiqishini ta’minlaydigan maksimal darajada samarali, muqobil tranzit yo‘laklarini shakllantirishni taqazo qilmoqda. Ayni paytda respublikamizning 10 ta mintaqasida tashkil etilgan 14 ta erkin iqtisodiy zonalarda yuzaga keladigan bojxona, transport – ekspeditorlik, omborxona va informatsion logistika sohasida to‘liq kompleks xizmatlarini ko‘rsatishga oid yuzaga kelayotgan talablarga nisbatan mutanosib ravishda transport-logistika markazlari (taklif) tashkil etilmagan. Yurtimizda faqat 5 ta ya’ni “Navoiy” xalqaro intermodal logistik markazi, “Angren”, “Toshkent”, “Termiz” va “Pop” xalqaro logistika markazlari tashkil etilib, faoliyat yuritib kelmoqda. Yurtimizda transport-logistika sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bazasi yaratildi. Jumladan, 6 ta qonun, 7 ta O‘zbekiston Respblikasi Prezidenti farmon va qarorlari, 13 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari va 9 tadan ortiq xalqaro konvensiyalar qabul qilingan.
    Tashqi savdo transport yo‘laklarini yanada diversifikatsiyalash uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlarni yaratish, mamlakatimizning tranzit salohiyatini oshirish, shuningdek, mahalliy transport-logistika kompaniyalarini rivojlantirish hamda ularning tashqi va ichki bozorlardagi raqobatdoshligini yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.12.2017 yilda “2018 — 2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3422-sonli qarori qabul qilingan.
    Ushbu qarorga asosan avtomobillarda xalqaro yuk tashishni amalga oshirayotgan milliy avtotransport korxonalari va transport-logistika kompaniyalarini rivojlantirish maqsadida ularga 2022 yilning 1 yanvariga kadar bir qator imtiyozlar taqdim etilgan. Biroq, sohada o‘tkazilgan tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, transport-logistika markazlari faoliyatini yetarlicha to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va soha faoliyatini to‘liq qamrab oladigan normativ-huquqiy hujjatlar ba’zasi shakllantirilmagan.
    Shuningdek, transport-logistika markazlari faoliyatini isloh qilish uchun uchun bir qator muhim ishlarin amalga oshirish lozim. Birinchidan, transport-logistikasi sohasida “aniq vaqt” va “eshikdan-eshikkacha” prinsip asosida ishlovchi, bojxona, transport – ekspeditorlik, omborxona va informatsion logistika sohasida to‘liq kompleks xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlariga ega transport-logistika markazlarini tashkil etishning aniq huquqiy mexanizmi va faoliyatni to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga soluvchi qonun yoki qonunosti hujjatlarning yagona ba’zasi shakllantirish; Ikkinchidan, hozirgi vaqtda respublikamizdagi transport-logistika sohasidagi tariflarini pasaytirish;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2017 yil 6 dekabr kuni “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda, logistika markaz yiliga 100 ming tonna yuk o‘tkazish quvvatining 20 foizidan ham kamrog‘i ishga solinganligi, o‘tgan sakkiz yil davomida ushbu aeroport orqali 300 ming tonna yuk tashilganligi qattiq tanqid qilingan. “Navoiy” logistika markazi faoliyatida yuzaga kelayotgan qator tizimli muammolardan biri ya’ni havo transportida yuk tashishni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillardan biri bu tariflarning yuqoriligidadir.
    Xususan, Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11 yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlar og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar to‘g‘risida”gi nizomga asosan og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylab yurib o‘tganligi uchun transport vositasining og‘irligidan kelib chiqqan holda har km yo‘l bosganligi uchun 00,4 AQSh dollaridan 2 AQSh dollarigacha pul mablag‘i to‘lashi belgilangan.
    Xorijiy davlatlarda xalqaro yuk tashuvchilarning tranziti uchun bir qator imtiyozlar berilgan. Jumladan, Singapur davlatida xalqaro yuk tashuvchilar uch kun muddat ichida yukni bojxona hududidan olib o‘tganligi uchun to‘lov undirilmasligi belgilangan. Agar uch kundan ortiq vaqt davomida yukni bojxona hududidan olib o‘tilsa, har bir kun uchun 12 AQSh dollarida to‘lov amalga oshirishi belgilangan.
    Xuddi shu kabi holatlar Italiya davlatida uch kundan keyin har bir kun uchun 20 AQSh dollari, Germaniyada besh kundan keyin har bir kun uchun 47 AQSh dollari, Fransiyada besh kundan keyin har bir kun uchun 29 AQSh dollari hamda Turkiya davlatida har bir kun uchun 8 AQSh dollarida to‘lov amalga oshirilishi beliglangan.
    Yevropa va Amerika davlatlari tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, tashqi savdo transport yo‘laklarini yanada diversifikatsiyalash uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlarni yaratishda, mamlakatning tranzit salohiyatini oshirish, shuningdek, mahalliy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarini rivojlantirish hamda ularning tashqi va ichki bozorlardagi raqobatdoshligini yuksaltirishda transport-logistika markazlari muhim o‘rni tutmoqda. Xususan, Gollandiya davlatida transport kompleksi xizmatidan keladigan umumiy foydaning 40 foizi transport logistika markazlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu ko‘rsatkich Fransiyada 31 foizni, Germaniyada 25 foizni, Markaziy va sharqiy Yevropa davlatlarida o‘rtacha 30 foizni tashkil etmoqda.
    Birlashgan Arab Amirliklaridagi “Dubay” xalqaro aeroportida yiliga 3 million tonnagacha yuk o‘tkazilib, 26 milliard dollarga yaqin daromad topilmoqda.
    Uchinchidan, respublikamizda xalqaro transport-logistika markazlarni tashkil etishda xususiy sektorlarning ulushini keskin oshirish.
    Agarda transport-logistika markazlarini tashkil etishda to‘liq xususiy sektor vakillarning ulushi va roli oshirilmas ekan, ushbu sohada rivojlanish va raqobat muhiti shakllanmaydi.
    To‘rtinchidan, transport-logistika markazlari faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi idoraviy tuzilmani yaratish lozim.
    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2017 yil 6 dekabr kuni “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ham transport kompaniyalari tomonidan muvofiqlashtirish ishlari ta’minlanmagani sababli “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazida tashish ishlari rivojlanmay qolganligi ta’kidlangan.
    Rossiya, Qozog‘iston, Eron va boshqa bir qator davlatlarda transport-logistika sohasida xalqaro va mahalliy logistika korxonalar assotsiatsiyaga birlashtirilgan.
    Beshinchidan, yurtimizda transport-logistika tarmoqlarini (markazlar) rivojlantirishga xususiy sektorlarni (autsorsing) hamda xalqaro kompaniyalarni jalb etish uchun milliy qonunchiligimizda transport-logistikasi sohasidagi jozibadorlik darajasini oshirish.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.12.2017 yilda “2018 — 2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3422-sonli qarori qabul qilingan.
    Ushbu qaroriga asosan avtomobillarda xalqaro yuk tashishni amalga oshirayotgan milliy avtotransport korxonalari va transport-logistika kompaniyalarini rivojlantirish maqsadida ularga 2022 yilning 1 yanvariga qadar bir qator imtiyozlar taqdim etilgan. Xususan: qo‘shilgan qiymat solig‘i, mulk solig‘i hamda yer solig‘i to‘lashdan ozod qilishi, bunda bo‘shagan mablag‘lar o‘zining avtotransport vositalari parkini kengaytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalashga, zamonaviy omborxona terminallari barpo etishga va bank kreditlarini to‘lashga yo‘naltirilishi;
    O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, transport-logistika xizmatlari ko‘rsatishga mo‘ljallangan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan omborxona uskunalari, yuk ortish-tushirish texnikasi, agregatlar, ehtiyot qismlar va boshqa tovarlar uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilingan.
    Shuningdek, xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan avtotransport korxonalariga shaharlararo yo‘nalishlarda yuk tashishni amalga oshirish huquqi berilgan.
    Bundan tashqari, ishlab chiqarilganiga 3 yildan ko‘p vaqt o‘tmagan yuklarni, shuningdek, boshqa tovarlarni tashish va omborlarda joylashtirish, transport-logistika xizmatlari ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan transport vositalari, maxsus texnikani sotib olishga imtiyozli davri 1 yilgacha bo‘lgan, foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan kreditlar ajratish hamda ishlab chiqarilganiga 3 yildan ko‘p vaqt o‘tmagan yuklarni tashish va omborlarda joylashtirish uchun kreditga sotib olinayotgan transport vositalari va maxsus texnika shartnomada ko‘rsatilgan 100 foizli qiymati bo‘yicha ushbu kreditning garov ta’minoti sifatida tijorat banklari tomonidan qabul qilinishi mumkinligi belgilandi.
    Bu bilan transport-logistika tarmoqlarini (markazlar) rivojlantirishga xususiy sektorlarni (autsorsing) hamda xalqaro kompaniyalarni jalb etish uchun qonunchilikdagi jozibadorlik yetarli darajada emas.
    Xorijiy davlatlar Latviya, Respublika, Belarusiya va Turkiyaning transport-logistika sohasini rivojlantirishda taqdim etilgan imtiyozlari sohasida ilg‘or tajribalari o‘rganildi.
    Latviyada Yevropa ittifoqi davlatlaridan import qiluvchi logistik korxonalarga bir qator quyidagi imtiyozlar tatbiq etilgan:
    Birinchi, yuk tashuvchilar uchun vaqtni tejash maqsadida olib o‘tiladigan tovarlar uchun yuk xatini to‘ldirish va taqdim etish tartibi bekor qilingan.
    Ikkinchidan, import qilinadigan tovarlar uchun qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lashni kechiktirish bojxona rejimi joriy qilingan. Bu holatda yuk tashuvchi import qilinadigan tovarlar uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lamasdan sotish huquqini beradi.
    Uchinchidan, bojxona omboriga tovarlar joylashtirishda bojxona kafillik tartibi bekor qilingan.
    Biroq, bizning soliq qonunchiligimiz bo‘yicha - Soliq kodeksning 197-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar va tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar hisoblanishi belgilangan.
    Transport-logistikasi sohasini rivojlantirish uchun birinchi navbatda soliqqa tortish yukini liberallashtirish lozim.
    Oltinchidan, respublikamizda transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘p tomonlama rivojlantirish lozim.
    Qonunchiligimizda mahalliy va xalqaro tarzda yuklarni tashishning huquqiy ba’zasi yaratilgan va imtiyozlar berilgan bo‘lsa-da, intermodal logistika markazlari va turli xizmat ko‘rinishdagi terminallarning infratuzilmalari rivojlanmaganligi sababli transport-ekspeditorlik xizmati bir tomonlama rivojlanib, intermodal logistika markazlari va terminallarning iqtisodiyotimizda o‘zning mustahkam o‘rnini topmagan.
    Xususan, “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazining infratuzilma talab darajasida rivojlantirilmaganligi sababli, xorijiy yuk tashuvchi sub’ektlar va mahalliy importchilar ham o‘z yuklarini “Navoiy” logistika markazi xizmatlaridan foydalanish va yuklarni qabul qilib olishga qiziqishi deyarli mavjud emas. Shu sababli “Navoiy” logistika markazi yiliga 100 ming tonna yukni qabul qilish va junatish imkoniyatiga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, oxirgi 8 yil davomida jami 300 ming tonna yuk jo‘natilgan xolos.
    Vaholanki, xalqaro yuk tashuvchilarga bir qator imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitni amalga oshirish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5366-sonli farmoniga asosan 2018 yilning 1 martidan boshlab avtomobil va temir yo‘l transporti orqali alkogol va tamaki mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit yo‘li bilan olib o‘tish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsatnomasini berish tartibi shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlarini avtomobil va temir yo‘l transporti orqali tranzit olib o‘tishda O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari depozit hisobraqamiga yuk tashuvchi tomonidan bojxona to‘lovlari to‘langanining pullik ta’minoti summasini kiritish tartibi bekor qilindi.
    Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, transport-lokistika sohasini rivojlantirish uchun eng avvalo logistika ekpeditorlik xizmatlarini hamda multimodal logistika markazlarini rivojlantirish orqali tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalashga erishish mumkin [1]. (https://samarqand.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=33215)
    So‘nggi yillarda avtotransport korxonalari uchun avtomatlashtirilgan hujjat aylanishi va avtomobil operatsiyasini rejalashtirish dasturlarini faol ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘lga qo‘yilganiga qaramasdan, Respublikamizda avtotransport sohasini rivojlanishining hozirgi tendensiyalari xalqaro yuk tashish intensiv rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda.
    Hozirgi kunda shaharlararo tashishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yuqoridagi vazifalarni har tomonlama rejalashtirish va hal etishni ta’minlovchi metodologiya mavjud emas.
    1 tonna yuk tashishning o‘rtacha masofasining yillik o‘sishi 9% ga yaqin, tijorat transportini yo‘l bilan tashishning o‘rtacha uzoqligi 65 km dan ko‘p bo‘lib, 75,4 km gacha ortadi va import tovarlarni ommaviy tashishning maksimal uzoqligi 2,7 ming km ni tashkil etadi.
    Dissertatsiyada ishlab chiqilgan shaharlararo yo‘nalishlarda avtoulovlarni tezkor rejalashtirish usuli metodikasi bizga:
    -yuqori aniqlik bilan kerakli miqdordagi avtomobillarning qiymatini olish;
    -istalgan vaqtda transport jarayoni haqida tezkor ma’lumotlarni yigish;
    -ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash tezligini oshirish va transport jarayonini rejalashtirish samaradorligini beradi.
    Ishning nazariy asosini soha olimlarining yo‘l transportini operativ rejalashtirish muammosiga bag‘ishlangan tadqiqotlari tashkil etadi.
    Avtotransport korxonalari faoliyatini tezkor rejalashtirish xususiyatlari, avtosaroy tuzilmasini shakllantirish tamoyillari Abalonin S.M., Aksenova Z.I., Afanasev L.L., Bachurin A.A., Budrina Ye.V., Vorkut A.I., Mandritsa V.M., Turevskiy I.S., Uliskiy M.P., Uskov N.S. va boshqalar ishlarida ko‘rib chiqilgan. Avtotransport sohasida logistikadan foydalanish Gadzinskiy A.M., Kurganov V.M., Lukinskiy B.C., Mirotin L.B., Chebotaev A.A. va boshqalar, xarajatlarni boshqarish masalalari Govoruщenko N.Ya., Kononova N.Ya va boshqalar ishlarida o‘rganilgan.
    Texnik va ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni aniqlash va kerakli avtomobillar sonini hisoblashni uslubiy asoslari A.E.Gorevning "Yuk transportida tashish" darsliklarida keltirilgan. Velmojina A.V, Gudkova V.A, Mirotina L.B, Kulikova A.V, “Yuklarni avtomobil transportida tashish”, M.S. Xodoshovning “Yuklarni avtomobil transportida tashish” darsliklarida keltirilgan.
    Shuningdek, V.I.Nikolina, S.M.Mochalina, Ye.E.Vitviskiy, I.V.Nikolina "Yuklarni yetkazib berish bo‘yicha yo‘l-transport tizimlarini loyihalash" monografiyasida turli mualliflar tomonidan ishlaydigan avtomobillar sonini hisoblash usullari ko‘rib chiqilgan.
    Avtomobil transportida iqtisodiy va matematik rejalashtirishning jihatlari B.L.Geronimusning "Avtomobil transportida rejalashtirishda iqtisodiy va matematik usullar" darsliklarida va A.P.Kojinning "Yuk avtotransport vositalarini rejalashtirish va boshqarishda matematik usullar", V. N. Livshis va boshqalarning ishlari darsliklarida tasvirlangan.

    Download 0,62 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik qurilish instituti

    Download 0,62 Mb.