Bolalarda faol nutqni rivojlantirishda o'qituvchining ro'li




Download 25.75 Kb.
Sana14.03.2024
Hajmi25.75 Kb.
#171865
Bog'liq
Bolalarda faol nutqni rivojlantirishda o\'qituvchining ro\'li
doimiy uz, 2 maruza Matn muharrirlari, 1-Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Bolalarda faol nutqni rivojlantirishda o'qituvchining ro'li
Re’ja
Kirish

  1. Nutq kamchiliklari haqida tushuncha va nutqning buzilish sabablar

  2. Bolalardagi nutq kamchiliklarini tekshirish va aniqlashning sistemali usullari

  3. Mashg’ulotlar davomida bolalarning og’zaki nutqini o`stirish texnologiyasi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
KIRISH
Insonning eng muxim xususiyatlaridan biri uning so`zlash qobiliyatidir. Ravon nutq orqali ifodalangan fikr tushunarli va yoqimlidir. Nutq insonning murakkab oliy psixik funksiyalaridan biridir. Nutq harakatlari murakkab a’zolar tizimi orkali amalga oshiriladiki, bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o`ynaydi, nutq fakat inson uchun xos bo`lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir, nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir – birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi, til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimidir, odam nutqi tushunarli va ma’noli bo`lishi uchun nutq a’zolarining xarakatlari aniq va to`g’ri bo`lishi kerak . Nutq talaffuzi mexanizmi harakatini tushunish uchun nutq apparatining tuzilishini yaxshi bilish zarur.
Nutq buzilishlari uzoq yillar davomida o`rganilib kelayotgan sohadir. Nutq normasi deganda nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatida uning psixofiziologik mexanizmlari saqlangan bo`ladi. Nutq buzilishlari gapiruvchi shaxsning ma’lum til muhitida qabul qilingan, nutq faoliyati normal holda ishlayotgan psixofiziologik mexanizmlarning zaiflashuviga bog’liq holda til normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi. Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu aloqa vositasining buzilishidir. Bunda individ bilan jamiyat orasidagi nutqiy muomalada ko`zga tashlanadigan o`zaro munosabatlarning buzilgani ma’lum bo`ladi. Nutq buzilishlari quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
1) so`zlovchining yoshiga nomuvofiqlik xususiyati;
2) shevachilik, nutqiy savodsizlik, til bilmaslikning ifodasi bo`lmagan xususiyatlar;
3) nutqning psixofiziologik mexanizmlaridagi chetlashish bilan bog’liq bo`lgan xususiyatlar;
4) o`z-o`zidan yo`qolmaydigan, balki mustahkamlanadigan barqaror xususiyatlar;
5) nutq buzilishining xarakteriga bog’liq holda mustahkamlanadigan barqaror xususiyatlar;

  1. Nutq kamchiliklari haqida tushuncha va nutqning buzilish sabablari

Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqning to`g’ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to`g’ri nutq muhiti va ta’limtarbiyaga bog’liq. Nutq tug’ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi. Nutq buzilishlarini o`rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo`lini, bu jarayonning o`ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o`ynovchi sharoitni bilish lozim. Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o`z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo`ladiBola tug’ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig’idan iborat bo`ladi. To`g’ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin ana shu qichqiriq va yig’i nutq apparatining 3 bo`limini (nafas olish, ovoz hosil bo`lish, artikulyasion) rivojlanishida katta rol o`ynaydi. Ikki hafta o`tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo`shiq (alla) ostida tinchlantirish mumkin bo`lib qoladi. Tez kunda bola intonasiyaga e’tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonasiyaga – yig’laydi. 10 2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bo`g’inlarning talaffuzi paydo bo`ladi (aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqalar). Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulyasiya qilinmaydi. Bola 5 oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyasion harakatini ko`rib unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq harakatlarni ko`p marotaba takrorlashi harakat ko`nikmasining mustahkamlanishiga olib keladi. 6 oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi bo`g’inlarni talaffuz eta boshlaydi (na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa va boshqalar). Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog’laydi (bu, ma, bey).
Bola 7-9 oyligida kattalar ketidan turli xil bo`g’inlarni qaytara boshlaydi. 10-11 oyligida so`zlarning o`ziga reaksiya paydo bo`la boshlaydi (vaziyat va gapirayotgan kishining intonasiyasidan qat’i nazar). Ikkinchi davr – bog’chagacha bo`lgan davr (bir yoshdan 3 yoshgacha). Bolada birinchi so`zlar paydo bo`lgandan so`ng, tayyorlov davri tugab, aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulyasiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so`zlarni ko`p marotaba takrorlaydi va o`zi ham so`zlarni talaffuz qiladi. Bola hayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug’at boyligi sezilarli darajada boyib boradi. Eng keng tarqalgan ma’lumotga ko`ra, bolalarning lug’at boyligini bog’chagacha bo`lgan davrda o`sishi quyidagi raqamlarni ko`rsatadi: 1 yoshu 6 oyda - 10-15 ta so`z, 2-yilning oxiriga kelib 300 ta so`z, 3 yoshga borganda – 1000 ta so`z. Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi. Avval bola o`z xohish va iltimoslarini bir so`z bilan ifodalaydi.
Keyinchalik 1-2 ta so`zdan iborat sodda jumlalar paydo bo`la boshlaydi. Uchinchi davr – maktabgacha bo`lgan davr (3 yoshdan 6 yoshgacha). Maktabgacha bo`lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyasion jihatdan oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari - p, b, m, f, v va boshqalarni o`rganadilar. Artikulyasion jihatdan talaffuz etish qiyin bo`lgan: 11 shivirlovchi, sirg’aluvchi (s, z, sh, j, ch) va sonor (r, l), til orqa (k, g) tovushlarini talaffuzini egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda noto`g’ri qo`llaydilar yoki talaffuz etmaydilar. Bu davrda lug’at boyligining o`sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lug’ati 3000-4000 ta so`zgacha etadi. Lug’at boyligi o`sib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. Bola hayotining 4 - yiliga kelib, ular o`z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qo`llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qo`shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qo`shimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bo`ladilar. Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va undoshlarni, so`ng sonor, shovqinli va sirg’aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bo`lishi lozim. Bu vaqtga kelib tovushlarni to`g’ri talaffuzining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to`g’ri, aniq gapiradi. To`rtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning o`ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ravishda ro`y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq etakchi rol o`ynaydi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni o`z vaqtida to`g’ri kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir. Buning uchun: - bola ruhiy va jismoniy jihatdan sog’ bo`lishi; - normal aqliy qobiliyatga ega bo`lishi; - normal eshitishi va ko`rishi; - etarli darajada ruhiy aktivlikka ega bo`lishi; - gaplashish ehtiyojiga ega bo`lishi; - to`g’ri nutq muhitiga ega bo`lishi lozim. 12 Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni o`zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va tasavvurini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir.
Nutqning to`liq rivojlanmay qolishi — turli xil murakkab Nutqiy kamchilikdir, bunda nutq sistemasining tovush chiqarish va ma’noli tomonlariga taallukli barcha komponentlarining shakllanish jarayoni buzilgan bo`ladi. Umumiy alomatlari sifatida quyidagilar kayd qilinadi: nutq rivojlanishining kech boshlanishi, lug’at boyligining kamligi, agrammatizm, talaffuzdagi nuqsonlar, (fonemalar tuzilishidagi nuqsonlar. Nutqning bunday rivojlanmay qolishi turlicha darajalarda aks etishi mumkin: nutqning yuqolishi yoki uniig noaniq bog’lanishsiz xolatidan mukammal xolatigacha, lekin bunda fonetik va leksik-grammatik rivojlanmay qolish elementlari bo`ladi. Bolada nutq vositalariniig shakllanganlik darajasiga qarab nutq rivojlanmay qolish uch darajag’a bo`linadi. Ikkinchi gurux — muomala vositalarini qo`llanishdagi buzilish (unga duduqlanish ham kiradi), bu muomala vositalarining to`g’ri shakllangan xolatidagi Nutqning kommunikativ funksiyalarini buzilishi deb qaraladi. Bir necha xil (kombinasiyalangan) nuqson ham bo`lishi mumkin, bunda duduqlanish Nutqning umumiy rivojlanmay qolishi bilan qo`shilib ketadi. Yuqoridagi tasnifda yozish va o`qishning buzilishi alohida nutq buzilishi sifatida ajratilmaydi. Tasniflashda sistemali yondashuv prinsipiga izchil tayanish aks etadi, uning asosida ikkita o`zaro bog’lanish hisobga olinadi: nutqiy faoliyat sistemasidagi buzilishlarning o`zaro bog’lanishi va bolaning bir ko`rinishdagi ruhiy jarayoni hamda boshqa ruhiy tomonlaridagi buzilishlarning o`zaro aloqadorligi, ularning rivojlanishi nutq bilan uzviy bog’langandir.

  1. Bolalardagi nutq kamchiliklarini tekshirish va aniqlashning sistemali usullari.

Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi, maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari oldiga muhim vazifani-bolalarni maktabda o`qishga psixologik jihatdan tayyorlash, ya’ni boshlang’ich sinflarda muvaffaqiyatli o`qish, boshlang’ich maktabning dasturni to`la o`zlashtirib olish uchun zarur bo`lgan ruhiy sifatlar, 21 bilim, ko`nikma va malakalari tarkib toptirish vazifasini qo`yadi. Bolaning aqliy rivojlanishida og’zaki nutqning vujudga kelishi katta ahamiyatga ega. Tarbiyachi bolaning so`z boyligini aniqlaydi, boyitib boradi va faollashtiradi, bolalarni tovushlarni to`g’ri talaffuz etishga o`rgatadi, og’zaki nutqning turli shakllarigi – monolog (aytib berish, qayta hikoya qilib berish) va dialogga (so`zlashuv yoki savol – javob nutqiga), so`zlarni grammatik jihatdan to`g’ri o`zlashtirish va to`g’ri tuzishga o`rgatadi. Bolalar bog’chasida ham, maktabda ham olib boriladigan tillar ta’lim standartlari, dasturida ko`rsatilgan bilim va malakalarni hosil qilish, shaxsning ba’zi bir xususiyatlarini, hulq-atvorini tarbiyalashga qaratilgan.Dastur talablarini to`laqonli bajarish uchun tarbiyachi va o`qituvchilar o`z tarbiyalanuvchilarining barcha xususiyatlarini, ayniqsa, nutqiy rivojlanishini har tomonlama tekshirib, kamchiliklarini aniqlashlari, bularni bartaraf etish yoki bolani tegishli mutaxassislarga, ular esa tegishli muassasalarga yuborishlari talab etiladi. Logopedik tekshirishlar ta’lim-tarbiya usullari va prinsiplari asosida olib boriladi va bunda bola har tomonlama tekshirib ko`riladi. Logopedik tekshirishlar ikki shaklda olib boriladi: induvidual va frontal tekshirishlar. Induvidual tekshirishlar o`quv yilining boshida tarbiyachi yoki o`qituvchining har bir bolani kamida ikki hafta davomida kuzatib borishidan iborat bo`ladi. Frontal tekshirish vaqtida bolalar bog’cha gruppasi yoki sinfda she’r, hikoya aytib beradilar, savollarga javob qaytaradilar yoki rasmga qarab hikoya tuzadilar. Bu vaqtda bolalar nutqining umumiy holati, artikulyasiyasi, nutq sur’ati, tovushlar talaffuzi, ovoz kuchi, sifati kuzatib borilib, ular nutqidagi kamchiliklar aniqlanadi. Shundan so`ng nutqida kamchiligi bo`lgan bolalar alohida ro`yxatga olinadi, gruppaning nutq kartasi tuziladi. Nutqida kamchiligi bo`lgan har bir bola uchun induvidual nutq kartasi to`ldiriladi. Nutq kamchiligiga ega bolani xar tomonlama tekshirish, uning (tug’uruqqacha, tug’uruq vaqtidagi va tug’uruqdan keyingi davri to`g’risidagi, shaxsining rivojlanishi haqidagi zarur ma’lumotlarni bilish zarur.
Tekshirishning asosiy bosqichida logoped bola haqidagi anamnez ma’lumotlarini aniqlash maqsadida ota-onalar bilan suhbat o`tkazadi. Ota-onalar 22 bilan suhbatda logoped oilada bo`lib utgan alohida ahamiyatga ega hodisalarni va shunga bog’liq holda bolalarning umumiy nutq tarakkiyotining o`ziga xos tomonlarini aniqlaydi. Bolaning tug’uruqkacha, tug’uruq vaqti va tug’uruqdan keyingi davrlardagi rivojlanishining o`ziga xos tomonlari aniqlandi. Bu quyidagi taxminiy tartib asosida olib boriladi: a) tug’uruqqacha bo`lgan davr. Ona bilan suhbatda logoped ba’zi nasliy omillarni belgilaydi: otaonalarning bola tug’ilgunga qadar salomatligining axvoli, ularda asab-ruhiy, teritanosil kasalliklari, nutqiy patalogiya bo`lganmi, ota-onadan biri alkogolizm, yuqumli va boshqa kasalliklarga uchraganmi? Shuningdek, bolaning tug’uruqqacha bo`lgan rivojlanishiga oid quyidagi asosiy jihatlar aniqlanadi? - onaning bola tug’ilayotgan vaqtdagi yoshi; - onaning homiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmida boshdan kechirgan kasalliklari (Qizilcha, gripp, toksoplazmoz, kandli diabet, jigar, buyrak kasalliklari, angina, anemiya); - homiladorlikning birinchi va nkkinchi yarmida shikastlanishlar, qorin yuzasida lat eyishlar, yurak-tomir kasalliklari, toksikozlar, bolaning tushish xavfi bo`lganmi?; - homiladorlik davrida dorilar bilan davolanganmi yoki yo`qmi?; - homioadorlik davrida rentgenologik tekshiruvdan o`tganmi yoki qandaydir radioaktiv nurlanish bo`lganmi va boshqalar. Homilddorlik davridagi noqulay omillarni aniqlash logopedga bu omillarni bolaning keyingi nutqiy taraqqiyotiga bevosita ta’sirini aniqlashda yordam beradi. b) tug’uruq davri.
Tekshirish shundan boshlanadiki, bolaga narsalarning nomi aytiladi va ularni ko`rsatib berish so`raladi. Masalan, tana qismlari - ko`z, peshona, yuz, burun, soch, daxan, qo`l, oyoq va boshqalar. Keyin bolaga uy jihozlarini: stol, stul, shkaf, qandil, ko`zgu; o`yinchoqlardan - qo`g’irchoq, mashina, koptoklarni ko`rsatish taklif qilinadi. So`zlarni tushunishni tekshirishning keyingi bosqichi rasmda tasvirlangan narsalarni tanish ko`nikmasini aniqlashdan iborat bo`ladi. Bunda bolaga turli mavzuli guruxlarga kiruvchi va bir-biridan shakli, rangi, hajmi va son jihatidan farq kiluvchi narsalar tasvirlangan rasmlar ko`rsatiladi. Bu rasmlarda uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, o`yinchoqlar, sabzavotlar, mevalar, idish-tovoqlar, transport, shuningdek yil fasllari tasvirlangan bo`ladi. Bu didaktik material bolalar bog’chasining dastur talablariga muvofiq keladi va ularning yoshiga qarab ajratiladi. Sodda gaplarni tushunishni tekshirish Bolaga vaziyatli rasmlar ko`rsatiladi va bir qator quyidagi ko`rinishli sodda gaplar aytiladi: «Qiz o`tiribdi», «Qizda qizil koptok bor», «Bola yuguryapti», «Bolada mashina bor», «Kuchuk yuguryapti» va hokazo. Shundan so`ng bola aytilayotgan hodisa tasvirlangan rasmni ko`rsatishi lozim. Bundan tashqari 25 quyidagilarni ko`rsatish so`raladi: olmaxonning momik dumi, Qiz qaerda sakrayapti, yuguryapti,yozyapti, sirpanchiq uchyapti va hokazolar. Keyin bitta gapda kelgan 1,2,3 ta izchil xususiyatlarni bajarishni o`z ichiga oluvchi so`z shaklidagi buyruqlarni bajarish usulidan foydalaniladi. Masalan: «Tur, stol yoniga bor, o`yinchoqlarni ol va polga kuy. Koptokni ol, polga ur va menga ber». Bolaning muloqotga kirishini tekshirish Nutqi to`liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan birinchi uchrashuvda logoped bolaning muloqotga qanday kirishishini aniqlaydi: (oson, qiyin yoki xayiqib, qo`rqib, negativizm). Bolaning o`z tengdoshlari bilan qanday Nutqiy aloqaga kirishi tekshiriladi: boshqalar bilan oson nutqiy aloqa o`rnatiladi, tez-tez yoki kamdan-kam urishadi, nutqiy aloqaga kirishishida tashabbuskor yoki sust Nutqiy aloqaga kirishishi turg’un. Nutqdan tashqari bo`lgan motorikani tekshirish Logoped bolaga so`z qoidalarini va taqlid bo`yicha quyidagi vazifalarni bajarishni taklif qiladi: - vazifa bo`yicha ikkala oyoqda yoki bir oyoqda yugurish, sakrash; - yurish, yugurish, sakrashda ogoxlantirish bo`yicha to`xtash; - bir oyoqda, so`ng ikkinchi oyoqda sanoq ostida turish; - logopedga koptokni otish va uni ilib olish; - polda yotgan «xalqa» ichiga ikkala oyoq uchida sakrab kirish va undan sakrab chiqish; - bayroqchalarni ushlagan holda qo`lni quyidagi buyruqlarga amal qilib harakatlantirish: oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga; - cho`kkalab o`tirgan holda polda koptokni u ko`ldan bu ko`lga yumalatish, so`ngra koptokni ko`tarib, o`rindan turish; - yugurish vaqtida koptokni otish va ilib olish; - lentani tugun qilib, so`ng « bantik» qilib bog’lash va boshqalar. Bola motorikasini tekshirish natijasida logoped quyidagi ma’lumotlarni oladi: oyoq, qo`llar muvofiqligi (to`g’ri, noto`g’ri, umuman yo`q); tana muvozanatini sezish, bolaning o`z gavdasini to`tishi, harakatlarni bajarish darajasi (to`liq, noto`liq); bir harakatdan ikkinchi harakatga o`tishi (o`z vaqtida, sekinlashgan, yo`q harakatlarni bajarish mustaqilligi (tuliu yoki logoped yordamida); chapaqaylik, yuz harakatlari me’yorda, samimiy va yuz naylarining 27 giperkineziyasi, sinkeziyasi, ya’ni asosiy harakatlar bilan birga bajariladigan qo`shimcha harakatlar - bir oz yaqqol ifodalangan. Bolaning motor faolitini tekshirish natijalarini quyidagi parametrlar bo`yicha umumlashtiramiz. Me’yorli motorika - harakatlarning statik muvofiqlashuvi shakllangan: topshiriq bo`yicha yoki erkin ravishda kerakli holatni aniq belgilay oladi; - harakatlarinng dinamik muvofiqlashuvi shakllangan: harakatlar aniq, ishonch bilan bajariladi, motor faolligining turli xil ko`rinishlari bilan o`zaro bog’langan (yugurish, sakrash, chapak chalishda); - ko`l barmoqlari va mayda ko`l harakatlari to`la shakllangan: yuz ishoralari ifodali va emosional. Motor harakatlari buzilishlariga quyidagilar kiradi: - harakatning haddan tashqari faolligi, qo`zg’aluvchanlik va muvofiqlashmagan harakatlarning bo`lishi; - motor zo`riqishi, harakatlarning cheklanganligi va muvofiqlashmagan harakatlar, harakatlarning beso`naqay va sustligi; - yuzdagi samimiylikning bir oz yoki yaqqol ifodalanganligi, panja barmoqlari va mayda ko`l harakatlarining etarli rivojlanmaganligi.

  1. Mashg’ulotlar davomida bolalarning og’zaki nutqini o`stirish texnologiyasi

Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim tizimining eng muhim sohasi bo`lib barkamol avlod asosan ana shu bo`g’inda shakllanadi. Shunga ko`ra maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda bog’lanishli nutqni rivojlantirish ham ta’limning eng muhim tarkibiy qismlaridan bo`lib hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim sohasida bolalarning nutqini rivojlantirish borasida muhim tadqiqotlar olib borilgani xolda bog’lanishli nutqni rivojlantirish, ayniqsa, bu muammoning bolalarda eng samarali davr sanalgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tevarak-atrofni o`rganish jarayonida nutqini rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tevarak-atrofni o`rganishda bog’lanishli nutqini rivojlantirish eng zamonaviy texnologiyalarni qo`llash, fikr va jonli so`z, ona tilining hissiy estetik ma’no qirralarini anglab olish, uning go`zalligi, sofligi, boyligini his etish orqali amalga oshiriladi. Bizga ma’lumki, juda ko`p mashqlar sayr paytida uyushtiriladi. Masalan, sayr paytida bir bola eshak minib gurux bolalari yonidan o`tib qoladi. Bolalardan biri havas bilan qaraydi va o`z hayratini quyidagicha ifodalaydi: -"Vuy, ana u bola eshakda uchayapti". Murabbiy tuzatadi: eshakda uchilmaydi, eshakka miniladi. So`ng bolalardan so`raydi: yana nimaga miniladi? - velosipedga miniladi; - poezdga miniladi; - otga miniladi; - samolyotga miniladi; Boshqa bir bola tuzatadi: poezdga chiqiladi, samolyotda uchiladi. Bolalar sayr paytida baland binolar oldidan o`tishlari mumkin. Shunda quruvchilik kasbi, qurilishda ishlatiladigan g’isht, ganch, qum, ohak va boshqa qurilish materiallari, 36 quruvchilik kasbi -ganchkorlik, g’isht teruvchi, suvoqchi; binolarning balandligi, go`zalligi va hokazolar hakida jumlalar tuzadilar, Gulzorlar, borlarga sayohatlar davomida tarbiyachi samolyotlar, poezdpar, gullar, favvoralar hak,ida suhbatlar uyushtirishi mumkin. Suhbatlarda predmetlarning rangi, tusi, soni, katta-kichikligi, turi, o`xshash va farqli tomonlari haqida ham mashq qilib boriladi. "Nima shirin?", "nima uchadi?", "tushirib qoldirilgan so`zlarni toping", "men boshlayman, siz davom ettiring" kabi mashqlar ham grammatik jihatdan jumlalarni to`g’ri tuzishga yo`llaydi. Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning bog’lanishli nutqini rivojlantirishda muhimdir. Bolalar ko`pincha s-z, p-f, t-d, p-b. u-u, x-x„ k-r tovushlarini to`g’ri talaffuz qila olmaydilar. Nutq jarayonida ketappan - ketayapman, Hojaxon -Shoxjaxon, Yustam - Rustam, qaga - qarg’a kabi talaffuz etishda yo`l qo`yadigan xatoliklarning oldini olish, ya’ni to`g’ri talaffuz etishga yo`llash, ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar o`zidan kichiklarni jerkib, ovozini ko`tarib muomala qiladilar. Shunda ular talaffuziga e’tibor qaratish, nutq madaniyatiga, me’yorda so`zlab, muomala qilishga o`rgatish zarur. Chunki bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muxrlanib qoladi. Samimiy muomala me’yori, hatto muomalada ko`z qarashlari, boshqalar oldida o`zini tuta bilish -muomala madaniyatining oddiy talablaridir. So`zlashuv (dialogik) nutqni shakllantirish, bog’lanishli nutqni tarkib toptirishda eng muhim talablardan sanaladi. So`zlashuv nutqi bolaning lugat boyligiga boglik, bo`ladi. Bunda bola o`ziga murojaat kilganlarida suhbatdoshini eshita olish, tushunish, savollarga to`g’ri javob bera olish bilan birga, so`zlashuv madaniyatini egallay borishi ham taqozo etiladi. Bolalar bilan suhbat jarayonida ko`proq yo`naltiruvchi savollar beriladi. Masalan, tabiatga sayohat paytida: - Hozir yilning qaysi fasli? - Bahorda tabiatda qanday o`zgarishlar yuz beradi? 37 - Bahorda qanday qushlar uchib keladi? kabi savollarning berilishi bolalarning dialogik nutqining rivojlanishiga yordam beradi. "Ovchilar va quyonlar", "Oksoq bo`ri va qo`ylar", "Nimaning pati?" kabi o`yinlardagi savol-javoblar ham bolalarning dialogik nutqini rivojlantiradi. Tarbiyachi bolalarga "nimaning pati?" deb savol beradi. Bolalar javob beradilar: -o`rdakniki, -qarg’aniki, -burgutniki Qushning nomini takror aytgan bola biror shartni bajaradi: o`yinga tushadi, she’r aytadi yoki qo`shiq kuylaydi. Bolalarning bog’lanishli nutqini rivojlantirishda monologik nutq; (hikoya qilib berish) ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Monologik nutqda yuqorida sanab o`tilgan bog’lanishli nutq talablarining barchasi jamlangan bo`ladi. Bolalarning monologik nutqining shakllanishi ularni maktabga tayyorlashning asosiy shartlaridan biridir. Zero, bog’lanishli nutq bolalar tafakkurini va unga borlik bulgan zehnni utkirlash, zukkolik kabi hislatlarni ham tarkib toptiradi. Bolalarda hikoya qilish ko`nikmasi uning lug’at boyligi, jumla tuzish malakasi bilan ham ahamiyatlidir.

XULOSA
Mamlakatimizda fan-texnika yuksak sur’at bilan rivojlanib borayotgan bir paytda yosh avlod zimmasidagi mas’uliyat ham ortmoqda. Ularga berilishi lozim bo`lgan bilimning hajmi yil sayin oshmoqda. Bolalarni bog’chadayoq maktabga tayyorlash maktabda esa ularni o`qitishning yangi shakllari amalga oshirilmoqda. Modomiki, harakat va so`z insonning o`zligini namoyish etuvchi asosiy vosita ekan, buning uchun bolaning jismoniy va nutqiy tarbiyasiga ilk davrdan boshlab e’tiborni qaratmoq lozim. Nutq kamchiliklarining kelib chiqishi sabablarini oilada har bir ota-ona, maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyachilar, maktabda esa o`qituvchilar bilishlari zarur. Chunki nutq kishilarning til vositasi orqali aloqa jarayonining tarixan tarkib topgan formasidir. Shuningdek, nutq rang-barang ifodali tovushlarning majmuasidan iborat. Bu tovushlar oliy nerv sistemasining signallari vositasida nutq organlarining turlicha shakllanishi yoki harakati natijasida paydo bo`ladi. Shuning uchun nutq tovushlarini vujudga keltiruvchi manbalarini organlar fiziologiyasini, ularning faoliyatini o`rganish talaffuzdagi nuqsonlarning kelib chiqish sababini aniqlash, to`g’ri va ravon talaffuzni ta’minlovchi omillardan biridir. Nutq bolalarda asta-sekin shakllanadi, bola o`sib rivojlanib boradi. Aslida bola nutqning o`sib borishidagi hal qiluvchi bosqich bir yarim yoshdan besh yoshgacha bo`lgan davrga to`g’ri keladi. Bu davrda bolaning nutqi muayyan sur’atda, besh yoshdan keyin esa nutq intensiv ravishda xilma-xil o`sib boradi. Biroq ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishida bir qator kamchiliklar uchraydi va ma’lum bir sababga bog’liq bo`ladi. Tovushlarni noto`g’ri talaffuz etishni ona tilidagi hamma tovushlarda uchratish mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o`tish joizki, bolalarning ko`pchiligi asosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo`lgan sanor (r, l), sirg’aluvchi (s, z, ts) va shovqinli (sh, j,ch), til orqa (k,g) tovushlarini noto`g’ri talaffuz etadilar. Bundan tashqari bolalar nutq nuqsonlari qatorida bir qancha og’ir nutqiy nuqsonlar ham 73 uchrashini yuqori boblarimizda ko`rib o`tdik. Bolalardagi nutq nuqsonlarini bartaraf etish, ularni o`z sog’lom tengdoshlari qatori jamiyatda o`z o`rnini topishlariga yordam berishda esa logped – defektologlar o`rni kattadir. Olib borilgan kuzatuv va taxlil natijalariga asoslanib maxsus bog’cha va maktablarda logoped – defektologlar ish su’ratini barcha pedagogik tamoyil va ta’lim metodlariga asoslanib yo`lga qo`ysa muvaffaqiyatli natijalarga erishadilar. Nutqiy kamchiliklarni korreksiyalash, etakchi faoliyatni hisobga olish bilan birgalikda olib boriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o`yin faoliyati, motorika, sensor soxa, lug’at boyligi, til qonuniyatlarini egallash bola shaxsini shakllantirish jarayonida olib boriladi. Tadqiqotlarga asoslanib biz nutq nuqsonlarini bartaraf etishda turli logopedik ta’sir metodlardan foydalansak ko`zlagan maqsadga erishamiz. Logopedik ishda: amaliy, ko`rgazmali va og’zaki metodlardan foydalanilsa yoki nutqiy nuqsonlar korreksiyasi yaxshi natija beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI


1. Karimov I.A. “Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”. Toshkent. 1998.
2. Karimov I.A. O`zbekiston kelajagi buyuk davlat. Toshkent. O`zbekiston. 1992.
3. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent. O`zbekiston. 1995.
4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat engilmas kuch. Toshkent. 1998.
5. Karimov I.A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqrirozi, O`zbekiston sharoitida uni barataraf etish yo`llari va choralari. Toshkent. 2009.
6. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni. 1997.
7. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 1997.
8. Mustaqil O`zbekistonning yosh avlodni tarbiyalashda mahalla, maktab va oila hamkorligi konsepsiyasi. Toshkent. O`qituvchi. 1994.
9. Apeeva L.A. «Metodicheskie rekomendasii i pourochnыe razrabotki po obucheniyu, chteniyu i razvitie rechi detey doshkolnogo vozrasta». Toshkent, 2000 g.
10. «Defektologicheskiy slovar».- M. Vlad.2001 g.
11. Zayseva G.L. «Jestovaya rech». «Daktilologiya». M., 2000 g.
12. «Novыe podxodы i puti obucheniya, vospitaniya, korreksii i integrasii detey s problemami v razvitii». - Bishkek, 1998 g.



Download 25.75 Kb.




Download 25.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalarda faol nutqni rivojlantirishda o'qituvchining ro'li

Download 25.75 Kb.