“Ta’limda steam ta’lim taexnologiyasidan foydalanishning mohiyati haqidagi bilimlarni bilib olish va tahlil qilish” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi




Download 93,59 Kb.
bet2/2
Sana16.02.2024
Hajmi93,59 Kb.
#157654
1   2
Bog'liq
Davronova Marjona 1

STEAM texnologiyasi 3 yoshdan 11-yoshgacha bo‘lgan bolalarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, intellektual salohiyatini oshirish, tadqiqotchilik qobiliyatni amaliyotga rivojlantirish, yaratish uchun tajriba maydonchasidir. Bola ulg‘aygan sari tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarida faollashadi, qiziqish bilan namoyon bo‘la boshlaydi,savollar bera boshlaydi, o‘rtoqlariga va o‘ziga, natijada ta’sir munosabatlarini o‘rnatadi. Bolalar tabiatan tomosha qilish, tajriba qilish, jonli tabiat, tabiatshunoslik, matematika va boshqa sohalardan boshlang‘ich g‘oyalarni faol ravishda shakllantirishga moyil. STEAM dasturida bola har tomonlama intellektli, rejalashtirish, tanlash qobiliyatlari namoyon bo‘la boshlaydi. Turli tadbirlarda o‘z bilim va ko‘nikmalariga tayanib, o‘z qarorlarini qabul qilishga, turli faoliyatda ya’ni o‘yin, muloqot, ta’limiy va tadqiqot faoliyatlarida mustaqillikni namoyon qila boshlaydilar.

STEAM dasturining samaradorligini yanada kuchaytirish maqsadida ta’lim tashkilotlarida bolalarni ta’limga, ixtirolarga bevosita jalb etuvchi maxsus tajriba xonalari, to‘garaklar, intellektual salohiyatini yanada oshiruvchi ijodiy musobaqalar, o‘yinlar, har bir faoliyatni axborot kommunikativ texnologiyalar asosida olib borish orqali bolalarning qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. STEAM ta’limi bolalarning quyidagi muhim xususiyatlarini rivojlantirishga yordam beradi: - Muammolarni keng qamrovli tushunish - Ijodiy fikrlash - Muhandislik yondashuv - Tanqidiy fikrlash - Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash - Dizayn asoslarini tushunish. Bu ko‘nikmalar kelajakda bolalarga turli masalalarda, ijodiy faoliyatda, to‘siqlarga duch kelganda, umumiy olganda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi.

STEAM ta’limi, bolalar faoliyatidagi o‘rni, STEAM orqali bolalar erishadigan natijalar haqida aytib o‘tildi. Bu ta’limni amalga oshirilishida ko‘makchi asosiy vositalarga ham to‘xtalib o‘tamiz. 1. Fridrix Frebelning didaktik tizimi 2. Jonli va jonsiz tabiat bilan tajriba o‘tkazish 3. LEGO - qurilish, konstruksiyalash 4. Matematik tasavvurlarni shakllantiruvchi vositalar 5. Robototexnika 6. Multistudiya Ushbu sanab o‘tilgan vositalar orqali ta’lim jarayonlari qiziqarli, maroqli, eng muhimi bolaga o‘z imkoniyatlarini ochib berishga, tevarak atrofdan olgan bilimlariga tayanib tajribalar olib borishga, ko‘rish, his etish, fikrlash, natijaga erishish va zavqlanish hissini beradi. STEM texnologiyasi dasturining maqsadi bolalarning bilim faoliyati jarayonida intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va ilmiy va texnologik ijodkorlikka jalb qilishdir.

Xulosa qilib aytganda, STEAM texnologiyasi maktabgacha ta’lim va maktab yoshdagi bolalarni tarbiyalashda eng qulay dasturdir. STEAM ta’limi bolalarni tajribalar o‘tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda loyihalar yaratishga, o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirishga va bolaning o‘ziga mahsulotni yaratishga undaydi. Ushbu ta’lim yondashuvi bolalarga nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va butun umri davomida qo‘llay olish imkonini beradi.


Download 93,59 Kb.
1   2




Download 93,59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta’limda steam ta’lim taexnologiyasidan foydalanishning mohiyati haqidagi bilimlarni bilib olish va tahlil qilish” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi

Download 93,59 Kb.