Texnologiya fani o‘quv dasturi (4-sinf) uqtirish xati




Download 28,15 Kb.
Sana28.12.2019
Hajmi28,15 Kb.
#5856

TEXNOLOGIYA

FANI O‘QUV

DASTURI

(4-SINF)


UQTIRISH XATI
O‘quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish;

texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish;

texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish;

texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;

texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish;

buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish;

ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlarida o‘qitiladi.

Texnologiya fani quyidagi bo‘limlar asosida o‘qitiladi.



1-4-sinflar uchun

1. Qog‘oz va karton bilan ishlash.

2. Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash.

3. Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash.

4. Badiiy qurish-yasash va texnik modellashtirish.
5-7-sinflar uchun:

Texnologiya va dizayn yo‘nalishi:

1. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi.

2. Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi.

3. Metallga ishlov berish texnologiyasi.

4. Elektrotexnika ishlari.

5. Ro‘zg‘orshunoslik asoslari.



Servis xizmati yo‘nalishi:

1. Pazandachilik asoslari.

2. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi.

3. Ro‘zg‘orshunoslik asoslari.


8-9 sinflar uchun

Texnologiya va dizayn yo‘nalishi:

1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.

2. Elektronika asoslari.

3. Kasb tanlashga yo‘naltirish.



Servis xizmati yo‘nalishi:

1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.

2. Ro‘zg‘orshunoslik asoslari.

3. Kasb tanlashga yo‘naltirish.


Malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan V-IX sinflarda “Texnologiya” o‘quv fanidan o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi.

Texnologiya fanini o‘qitishda boshlang‘ich sinflarda “Iqtisod alifbosi”, yuqori sinflarda “Sog‘lom avlod asoslari”, “Hayot xavfsizligi asoslari” hamda “Iqtisod saboqlari” o‘quv kurslari singdirilib o‘qitiladi.

Har bir dars xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi.

Shuningdek, o‘quvchilarga texnologiya fanini yo‘nalishlari bo‘yicha kasb turlari haqida axborotlar beriladi.

O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
Kommunikativ kompetensiya:

A1

texnologiya faniga oid atamalarni muloqot jarayonida qo‘llay olish;

tayyorlanadigan buyum ko‘rinishini sodda bayon qilish;

mavzu bo‘yicha savollar berish hamda savollarga javob berish;

muloqotda muomala odobiga rioya qilish, suhbatdoshining fikrini tinglay olish, o‘z fikrini tushuntira bilish.
A1+

maktabda, ko‘chada, uydagi turli vaziyatlarda o‘zini tuta olish muloqotga kirishishda muomala madaniyatiga rioya qilish;

olgan bilimlari asosida mustaqil fikr yuritish;

yasalgan buyumlarga mustaqil ravishda munosabat bildirish.



A2

texnologiya faniga oid atamalarni xorijiy tillardan ifodalay olish, o‘z do‘stlari bilan texnika tilida muloqotga kirisha olish;

mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish.



A2+

texnologiya faniga oid suhbat jarayonida suhbatdosh fikrini tahlil qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qilish va unga ishontirish;

turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, kelishmovchiliklar odilona, haqqoniy va ijobiy yondashgan holda munosabat bildiirish va zarur bo‘lgan qarorlarni qabul qilish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A1

texnologiya faniga oid televizor, radioda berilgan eshittirishlarni ko‘rish, o‘rganilgan ish usullarini bajarish, jurnal va gazetalarda berilgan ma’lumotlarni o‘rganib borish.



A1+

texnologiya faniga oid atamalarni topishda media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish;

fayllarni ochishda media-madaniyatga rioya qilish.

A2

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali xabar jo‘natish) foydalana olish;

media vositalardan texnologiya fanini o‘rganishga oid zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlashda xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.

A2

kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish, texnologik xarita va sxemalarga oid manbalarni qidirib topish, o‘rganish, tahlil qilish, tatbiq qilish.


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1

texnologiya fanini o‘rganish;

amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qilish, kattalarni gapiga quloq tutish,

“Mohir qo‘llar” to‘garagida fanlarni o‘qib-o‘rganish, mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;

to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘rtoqlarining xatosini tushuntirish, kattalarga, kichiklarga, o‘rtoqlariga yordam berish, o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib borish.

A1+

texnologiya faniga oid turli yo‘nalishdagi kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish;

o‘zini xato va kamchiligini to‘g‘ri tushunish, xatolarini tuzatishga harakat qilish, o‘zini nazorat qilish.

A2

texnologiya fanini yo‘nalishlar bo‘yicha chuqurroq o‘rganish, yo‘nalishlarni bugungi kun talabi bo‘yicha o‘z ixtirolarini olib kirish, har bir buyumni tayyolashda dizayner-modelerlik kasbi bo‘yicha yondasha olish, shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish;

guruhlarda ishlashda ma’suliyatni o‘ziga olish, lider bo‘la olish, turli muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish;

konstitutsion huquq va burchlaridan to‘g‘ri foydalana olish;

jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish.

A2+

shaxs sifatida o‘z qiziqishlariga qarab, qobiliyatlarini namoyon qila olish, ongli kasb tanlash, halollik, to‘g‘rilik kabi insoniy fazilatlarga ega bo‘lish.


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1

o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilish, unga rioya qilish, sinfda va oilada o‘z o‘rniga ega bo‘lish;

o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish, maktabdagi va maktabdan tashqari tadbirlarda ishtirok etish va muomala madaniyatga amal qilish;

kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lish kabi sifatlarga ega bo‘lish, oiladagi o‘z o‘rnini hamda vazifalarini anglay olish; maktab binosi, sinfdagi jihozlar.



A1+

mebellarni asrab-avaylash farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga amal qilish;

o‘zining yoshiga nisbatan qanday huquqlari borligini bilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash;

maktabda, oilada, turar joyida bo‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar, shanbalik va h.k.) ishtirok etish.



A2

sog‘lom e’tiqod va dunyoqarash tushunchalarini bilish;

jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslik, o‘z munosabatini bildirish;

kasblarning mohiyatini tushunish va ongli ravishda tanlash.



A2+

Inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini bilish va unga amal qilish.


Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A1

orasta kiyinish va doimo shunga amal qilish, do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish, orasta kiyinish, yurish-turishda kattalardan o‘rnak olish, o‘z uyi, maktabi, turar mahallasini qadrlash;

ozodalikka rioya qilish, milliy bayramlarini bilish, o‘quvchining odob-axloq qoidalari tushunchaga ega bo‘lish, o‘zi yashab turgan diyordagi tarixiy obidalarni bilish.

A1+

san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish, san’at asarlarini tahlil qilish, maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;

yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish, ziyorat qilish odobiga amal qilish, milliy qadriyatlarni (milliy-madaniy an’analar, bayramlar, sayillar) bilish.

A2

xalq hunarmandchiligi yo‘nalishlarida ularning tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini o‘rganish, avaylab asrash, an’ana va marosimlarini hurmat qilish.



A2+

xalq hunarmandchiligi yo‘nalishlarida ularning tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini o‘rganish, avaylab asrash, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni bilish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A1

oilasida nechta odam borligi, kim katta, kim kichikligini bilish, maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish;

kundalik rejalarini tuza olish; kundalik faoliyatda turli chizmalarni chiza olish, mamlakatimizdagi bayram kunlarini bilish;

isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushunish va kundalik hayotda unga amal qilish.



A1+

dars jarayonida zarur bo‘ladigan o‘quv qurollari, xomashyolardan tejamkorlikka rioya qilgan holda foydalanish, bir kunlik xarajatlarini hisoblashni bilish;

texnika turlari va ularni qachon paydo bo‘lganligini bilish.


A2

inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish.



A2+

mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga tutgan o‘rni va tarixiy shakllanish davri haqida aytib bera olish, mustaqillik yillarida mamlakatimizdagi barcha sohalarda o‘sish sur’atlarini bilish;

kundalik faoliyatda turli formula, model, chizmalarni o‘qiy olish va foydalana olish.
Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.
I. TK-tayanch kompetensiya

1. TK1-kommunikativ kompetensiya

2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya

6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
II. FK-fanga oid kompetensiyalar

1. FK1-Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi:

2. FK2-Psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya:

3. FK3-To‘g‘ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyasi



4-SINF

(haftasiga 1 soatdan 34 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

A1

mavzuni o‘rganishda, o‘z g‘oyasini tushuntirish va o‘rtoqlashishda muomala madaniyatiga rioya qilish.



A1+

turli vaziyatlarda o‘zini tuta olish, olgan bilimlari asosida mustaqil fikr yuritish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A1

buyum dizayniga o‘zgartirish kiritishda axborotlarni izlash, o‘rganish, tahlil qilish, yangilik elementlarini kirita olish.



A1+

mavzularni o‘zlashtirishda media vositalardan foydalana olish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1

yasalgan buyumlarni yangi ko‘rinishlarini izlab topa olish va dizayni o‘zgartirib, yasay olish.



A1+

xalq hunarmandchiligiga oid kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1

o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish.



A1+

o‘zining yoshiga nisbatan qanday huquqlari borligini bilish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A1

san’at asarlarini o‘rganish.



A1+

san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish, san’at asarlarini tahlil qilish.


Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A1

texnikaning paydo bo‘lishi haqidagi ma’lumotlarni bilish.



A1+

isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushunish va kundalik hayotda unga amal qilish, ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan tejamkorona foydalanish.


Qog‘oz va karton bilan ishlash

(2 soat)

1-mavzu. Qog‘ozni buklash usullaridan foydalanib, uy hayvonlari shaklini yasash. (1 soat)

Uy hayvonlari kuchuk, mushuk va boshqalar shakllarini yasashni texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.



2-mavzu. Qog‘ozni buklash usullaridan foydalanib, poyga avtomobil shaklini yasash. (1 soat)

Poyga avtomobilni yasashni texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.



Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash

(3 soat)

3-mavzu. Tabiiy va turli materiallardan gul shaklini applekatsiya usulida yasash. (1 soat)

Gul shaklini (barglardan, urug‘lardan va b.q) yasashni texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.



4-mavzu. Oshxona jihozlari. Oshxona jihozlaridan namunalar yasash. Maktab oshxonasi. (1 soat)

Oshxona jihozlaridan namunalar yasashni texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.



5-mavzu. Uy-ro‘zg‘or buyumlari. Uy-ro‘zg‘or buyumlaridan namunalar yasash. (1 soat) Uy-ro‘zg‘or buyumlaridan namunalar yasashni texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.
Qog‘oz va karton bilan ishlash

(2 soat)

6-mavzu. Pazandachilikda tayyorlanadigan xamir turlari. Qog‘ozdan chuchvara yasash. (1 soat)

Qog‘ozdan chuchvara yasashni texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.



7-mavzu. Qog‘ozdan pape-mashe usulida buyumlar yasash. (1 soat)

Qog‘ozdan pape-mashe usulida buyumlar yasashni texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.



Nazorat ishi. (1 soat)
Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash

(2 soat)

8-mavzu. Somondan hajmli o‘yinchoqlar yasash. (1 soat)

Somondan hajmli o‘yinchoqlar yasash texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.



9-mavzu. Somondan applekatsiya usulida peyzaj tayyorlash. (1 soat)

Somondan applekatsiya usulida peyzaj tayyorlashni texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.


Badiiy qurish-yasash va modellashtirish

(4 soat)

10-mavzu. Uchuvchi modelni qurish-yasash. (1 soat)

Havoda harakatlanadigan uchuvchi modelni qurish-yasash uchun texnologik xarita yoki yasash bosqichlari.



11-mavzu. Suvda harakatlanadigan qizil yelkanli kemani qurish-yasash. (1 soat) Suvda harakatlanadigan qizil yelkanli kema qurish-yasashni texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.

12-mavzu. Polimer materiallardan o‘yinchoq qurish-yasash. (1 soat)

Polimer materiallardan o‘yinchoq qurish-yasash uchun texnologik xarita yoki yasash bosqichlari.


Nazorat ishi. (1 soat)

Qog‘oz va karton bilan ishlash

(2 soat)

13-14-mavzu. Qorbobo ustaxonasida. Archa bezaklari. Maktab ustaxonasining iqtisodiyoti. (2 soat)

Archa o‘yinchoqlarini qurish-yasash uchun texnologik xarita yoki yasash bosqichlari.


Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash

(1 soat)

15-mavzu. Ertak qahramonlarini yasash. (1 soat)

Plastilindan ertak qahramonlarini yasash uchun texnologik xarita yoki yasash bosqichlari.


Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash

(3 soat)

16-mavzu. Ipdan turli o‘yinchoqlar yasash. (1 soat)

Ipdan turli o‘yinchoqlar yasash uchun texnologik xarita yoki yasash bosqichlari.



17-18-mavzu. Yumshoq o‘yinchoq tikish. (2 soat)

Gazlamadan yumshoq o‘yinchoq tikish uchun texnologik xarita yoki yasash bosqichlari.


Qog‘oz va karton bilan ishlash

(1 soat)

19-mavzu. 8-mart bayramiga kviling usulida tabriknoma tayyorlash. (1 soat)

8-mart bayramiga kviling usulida tabriknoma tayyorlash texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.


Badiiy qurish-yasash va texnik modellashtirish

(2 soat)

20-mavzu. Yuk mashinasi modelini qurish-yasash. (1 soat)

Yuk mashinasi modelini qurish yasashni texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.



21-mavzu. Avtomobil modelini qurish-yasash. (1 soat)

Avtomobil modelini qurish-yasashni texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.



Qog‘oz va karton bilan ishlash

(2 soat)

22-mavzu. Navro‘z bayramiga tabriknoma tayyorlash. (1 soat)

Navro‘z bayramiga tabriknoma yasashni texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.



Nazorat ishi. (1 soat)

23-mavzu. Kviling usulida haqida tushuncha. “Gulzor” manzarasini kviling usulida ishlash. (1 soat)

“Gulzor” manzarasini kviling usulida ishlash texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.


Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash

(5 soat)

24-25-mavzu. Tikuvchilik. Chok turlari. Gazlamadan “Bahorgi gullar” panosini tayyorlash. (2 soat)

Gazlamadan “Bahorgi gullar” panosini tayyorlash texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.



26-mavzu. To‘qish haqida ma’umot. Zanjir chokini to‘qish. (1 soat)

To‘qishda ishlatiladigan asboblar va shartli belgilar. Zanjir chokini to‘qish texnologik xaritasi yoki to‘qish bosqichlari.



27-28-mavzu. To‘qilgan zanjir chokidan kompozitsiya tuzish. Oddiy va bezak choklaridan kompozitsiya tuzish. (2 soat)

Oddiy va bezak choklarini to‘qish texnologik xaritasi yoki to‘qish bosqichlari.



Nazorat ishi. (1 soat)
Badiiy qurish-yasash va modellashtirish

(2 soat)

29-30-mavzu. Tuxum po‘chog‘idan mozaika usulida kompozitsiya tayyorlash. (2 soat)

Tuxum po‘chog‘idan mozaika usulida kompozitsiya uchun texnologik xarita yoki tayyorlash bosqichlari.


Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi

(A1+ 34 soat, o‘g‘il bolalar uchun)

1-mavzu. O‘zbek milliy naqqoshlik san’ati haqida ma’lumot berish. (1 soat)

2-3-4-mavzu. Zardo‘zlik. Zardo‘zlikda ishlatiladigan barg turlari va naqsh kompozitsiyalarini chizish. (3 soat)

5-6-mavzu. Zardo‘zlik. Zardo‘zlikda ishlatiladigan gul turlari va naqsh elementlarini chizish. (2 soat)

Nazorat ishi. Gul va barg elementlaridan foydalanib naqsh kompozitsiyasini tuzish va chizish. (1 soat)

7-mavzu. Novda elementlarini chizish. (1 soat)

8-mavzu. Gajak turlari va ularni chizish. (1 soat)

10-mavzu Marg‘ula chizish. (1 soat)

11-mavzu. Shkufta chizish. (1 soat)

12-13-mavzu. Girihlar. Girih namunalarini chizish. (2 soat)

Nazorat ishi. Girihlar yordamida yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasini tuzish. (1 soat)

14-mavzu. Yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasini tuzish va chizish. 1-gul nusxasi-“Bodom guli”. (1 soat)

15-16-mavzu. Yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasini bo‘yash. (2 soat)

17-mavzu Yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasini tuzish va chizish. 2-gul nusxasi “Pechak islimi”. (1 soat)

18-19-mavzu. Yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasini bo‘yash. Siyoh qalam tortish. (2 soat)

20-mavzu. Yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasini tuzish va chizish. 3-gul nusxasi “Bargli islimi”. (1 soat)

21-22-23- mavzu. Yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasini bo‘yash. Naqsh ichini bo‘yash. Siyoh qalam va targ‘il tortish. (3 soat)

Nazorat ishi. Ustalar ishlaridan namuna olib ko‘chirish, bo‘yash. (1 soat)

26-27-mavzu. Milliy uslubda bezatilgan binolarga sayohat uyushtirish. (2 soat)

27–28-mavzu. Yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasini tuzish va chizish. 4-gul nusxasi “Bargli raftar”. (2 soat)

29-30-31-32-33-mavzu. Yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasini tuzish va chizish. 5-gul nusxasi “Aylana islimi” (5soat)

34-mavzu. Ijodiy ish. Yakunlovchi dars. (1 soat)
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi

( A1+ 34 soat, qiz bolalar uchun)

1-mavzu. To‘qish usullarida shartli belgilar haqida ma’lumot. Texnika xavfsizlik qoidalari. (1 soat)

2-mavzu. O‘tilgan choklarni takrorlash. (1 soat)

3-mavzu. Kruchok bilan to‘qishni o‘rganish. “Ikki ustunli” chokini murakkab usullaridan to‘qish. (1 soat)

Nazarot ishi. (1 soat)

4-5-mavzu. Stulga ko‘rpacha to‘qish. (2 soat)

6-7-8-mavzu. Bolalar uchun choy idishiga g‘ilof to‘qish. (3 soat)

9-10-mavzu. Choynak tagiga salfetka to‘qish. (2 soat)

11-12-13-mavzu. Choynak qopqoq to‘qish. (3 soat)

Nazorat ishi. (1 soat)

14-15-16-mavzu. Piston va biserlar yordamida “O‘zbekiston bayrog‘ini” bezatib tikish. (3 soat)

17-mavzu. Qizlar uchun yubka to‘qish. Yubkani bel qismini to‘qish. (1 soat)

18-mavzu. Yubkani bo‘ksa qismini to‘qish. (1 soat)

19-mavzu. Yubkani etak qismini to‘qish. (1 soat)

20-mavzu. Yubkaga ohirgi ishlov berish, tugatish. (1 soat)

21-mavzu. Qizlar uchun nimcha to‘qish texnologiyasi. Nimchani bo‘yin o‘yindisi qismini to‘qish. (1 soat)

22-mavzu. Nimchani tepa qismini to‘qish. (1 soat)

23-mavzu. Nimchani yengini chiqarish qismini to‘qish. (1 soat)

24-mavzu. Nimchani past qismini to‘qish. (1 soat)

25-mavzu. Nimchaga oxirgi ishlov berish texnologiyasi. (1 soat)

Nazorat ishi. (1 soat)

26-mavzu. Qizlar uchun qalpoqcha to‘qish. Qalpoqchani tepa qismini to‘qish. (1 soat)

27-mavzu. Qalpoqchani yon qismini to‘qish. (1 soat)

28-mavzu. Qalpoqchani past qismini bezak chokida to‘qish. (1 soat)

29-30-mavzu. Tasmalardan qaychilar uchun g‘ilof tayyorlash. (2 soat)

31-32-33-mavzu. Kashtachilik. Iroqi chokida ta’svir tikish. (3 soat)

Nazorat ishi. (1 soat)

34-mavzu. Takrorlash. Mustahkamlash. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar.
Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi:

A1

turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi; tabiiy va turli materiallarni bir-birida farqlay oladi; turli materiallardan yasaladigan buyumlarni qurish-yasashda ishni ketma-ketlikda bajarish rejasini tuza oladi; sodda buyumlarni tika oladi; kichik hajmdagi buyumlarni to‘qiy oladi; oddiy modellarni yasay oladi; o‘tkir va tig‘li asboblardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda foydalana oladi.



A1+

o‘zbek milliy naqqoshlik san’ati haqida ma’lumot bera oladi, zardo‘zlikda ishlatiladigan barg turlari va naqsh kompozitsiyalarini chiza oladi, zardo‘zlik san’ati haqida tushunchaga ega bo‘ladi, zardo‘zlikda ishlatiladigan gul turlari va naqsh elementlarini chiza oladi, gul va barg elementlaridan foydalanib naqsh kompozitsiyasini tuza oladi va chiza oladi, novda elementlarini chiza oladi, gajak turlarini biladi va ularni chiza oladi, marg‘ula chiza oladi, shkufta chiza oladi, girih namunalarini chiza oladi, girihlar yordamida yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasini tuza oladi, yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasini tuza oladi va chiza oladi, 1-gul nusxasi “Bodom guli”, yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasini bo‘yadi, yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasini tuza oladi va chiza oladi, 2-gul nusxasi “Pechak islimi”, yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasiga rang bera oladi, siyoh qalam torta oladi, yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasini tuza oladi va chiza oladi, 3-gul nusxasi “Bargli islimi”, yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasiga rang bera oladi, naqsh ichiga rang bera oladi, siyoh qalam va targ‘il torta oladi, ustalar ishlaridan namuna olib ko‘chira oladi, rang bera oladi, yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasini tuza oladi va chiza oladi, 4-gul nusxasi “Bargli raftar”, yo‘l ichida naqsh kompozitsiyasini tuza oladi va chiza oladi, 5-gul nusxasi “Aylana islimi”, to‘qish usullarida shartli belgilarni biladi, kruchok bilan to‘qishni biladi, “Ikki ustunli” chokini murakkab usullaridan to‘qiy oladi, stulga ko‘rpacha to‘qiy oladi, bolalar uchun choy idishiga g‘ilof to‘qiy oladi, choynak tagiga salfetka to‘qiy oladi, choynak qopqoq to‘qiy oladi, piston va biserlar yordamida “O‘zbekiston bayrog‘ini” bezatib tika oladi, qizlar uchun yubka, nimcha to‘qiy oladi, qizlar uchun qalpoqcha to‘qiy oladi, kashtachilik, iroqi chokida ta’svir tika oladi.



Psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya:

A1

o‘z mehnat harakatlarini o‘quv topshiriqlari asosida muntazam takrorlay oladi; egallagan hayotiy odob-axloq qoidalari, mehnatsevarlikka oid asosiy tushunchalarga rioya eta oladi.



A1+

hunarmandlarning qo‘l mehnatiga oid bilimini umumlashtirgan holda amaliy vazifalarni bajara oladi.



To‘g‘ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyasi:

A1

kasblar olamini biladi, kasb-hunarlarga oid ma’lumotlarni to‘plash va tavsiflay oladi.



A1+

hunarmandlar haqidagi ma’lumotlarni biladi, ular faoliyatiga oid ma’lumotlarni to‘playdi va tavsiflay oladi.


O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

A1

texnologiya faniga oid atamalarni muloqot jarayonida qo‘llay oladi; tayyorlanadigan buyum ko‘rinishini sodda bayon qila oladi; muloqotga kirishishda muomala madaniyatiga rioya qila oladi; yasalgan buyumlarga mustaqil ravishda munosabat bildirish mavzudan kelib chiqib, savollarni to‘g‘ri qo‘ya oladi va javob bera oladi.



A1+

dars jarayonida o‘rtoqlari bilan muloqotda muomala odobiga rioya qila oladi, o‘z fikrini tushuntira biladi, turli vaziyatlarda o‘zini tuta oladi, olgan bilimlari asosida mustaqil fikr yurita oladi.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A1

texnologiya faniga oid o‘rganilgan ish usullarini bajarishda media vositalardan, didaktik topshiriqlarni bajarish axborot manbalaridan foydalana oladi; fayllarni ochishda media-madaniyatga rioya qiladi.



A1+

mavzularni o‘zlashtirishda media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish fayllarni ochishda media-madaniyatga rioya qila oladi.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1

texnologiya fanidan amaliy ishlarni bajarishda ijodkorlikka amal qila oladi, “Mohir qo‘llar” fan to‘garagiga faol ishtirok eta oladi, o‘rtoqlarining xatosini tushuntira oladi.



A1+

xalq hunarmandchiligiga oid kitoblarni muntazam o‘qib, o‘rgana oladi; o‘zini xato va kamchiligini to‘g‘ri tushuna oladi, xatolarini tuzatishga harakat qila oladi, o‘zini nazorat qila oladi.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1

o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini biladi, unga rioya qila oladi, sinfda va oilada o‘z o‘rniga ega bo‘ladi; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam bera oladi, maktabdagi va maktabdan tashqari tadbirlarda ishtirok eta oladi.



A1+

maktab binosi, sinfdagi jihozlar, mebellarni asrab-avaylash farzandlik va o‘quvchilik burchini biladi, unga amal qila oladi; o‘zining yoshiga nisbatan qanday huquqlari borligini biladi.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A1

orasta kiyinish va doimo shunga amal qila oladi, do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘la oladi, orasta kiyina oladi, yurish-turishda kattalardan o‘rnak oladi, o‘z uyi, maktabi, turar mahallasini qadrlay oladi; ozodalikka rioya qila oladi, milliy bayramlarini biladi, o‘quvchining odob-axloq qoidalari tushunchaga ega bo‘ladi.



A1+

o‘zi yashab turgan diyordagi tarixiy obidalarni biladi, san’at turlarini biladi va ularni bir-biridan farqlay oladi, san’at asarlarini tahlil qila oladi.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A1

kundalik rejalarini tuza oladi; kundalik faoliyatda turli chizmalarni chiza olish.



A1+

isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushunadi va kundalik hayotda unga amal qila oladi, ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan tejamkorona foydalana oladi, texnika turlari va ularni qachon paydo bo‘lganligini biladi.


Mavzularni o‘rganish uchun - 30 (A1+ 60) soat

Nazorat ishlari uchun - 4 (A1+ 8) soat

Jami - 34 (A1+68) soat
Download 28,15 Kb.




Download 28,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiya fani o‘quv dasturi (4-sinf) uqtirish xati

Download 28,15 Kb.