|
2 soat ma’ruza
|
bet | 1/12 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 208,85 Kb. | | #154650 |
Bog'liq 1.2.2
1.2.1. Mavzu: Musiqa darslari samaradorligini oshirish boʻyicha ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish (2 soat ma’ruza)
Reja
1.Musiqa fan sohalarini yanada rivojlantirish, maktabda musiqa fani mazmunini sifat jihatidan yangilash va sifatini oshirish, o‘qitish metodikasini takomillashtirish.
2.Musiqiy ta’lim samaradorligini oshirish boʻyicha ilg‘or xorijiy tajribalarni foydalanish. Yaponiya, Vengirya, va Germaniya ta’lim tiziming o’ziga xos xususiyatlari va musiqa faning o’qitilishi.
1.Dars mashg`ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish va uning samaradorligini oshirish maqsadida o`qituvchi dars uchun berilgan vaqtdan unumli foydalanish uchun turli texnologiyalar, usul va metodlardan foydalanib dars o`tish, o`qituvchining bu tajribalarni puxta o`zlashtirishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababali ham o`qituvchi umuman musiqiy fanlarni o`qitishda zamonaviy yondashuvlar qilish va turli fanning o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda innovatsiyalarni qo`llagan holda o`qitish jarayonini tashkil etish talab etiladi va quqida ba`zi bir treninglar (texnologiyalar) bo`yicha tavsif beriladi:
“TARMOQLAR” metodi – o`quvchini mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o`rgatishga qaratilgan.
“3x4” metodi - o`quvchi erkin fikrlash, keng doirada turli g`oyalarni bera olish, ta`lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa chiqara olish, ta`rif bera olishiga qaratilgan.
“BLITS –O`YIN” metodi - harakatlar ketma-ketligini to`g`ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o`rganayotgan predmeti asosida ko`p, xilma-xil fikrlardan, ma`lumotlardan kerakligini tanlab olishni o`rgatishga qaratilgan.
“INTERVYu” texnikasi o`quvchi savol berish, eshita olish, to`g`ri javob berish, savolni to`g`ri tuzishni o`rgatishga qaratilgan.
“IYERARXIYA” texnikasi – oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o`tish usullarini qo`llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o`rgatishga qaratilgan.
“BUMERANG” texnikasi – o`quvchini dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o`rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so`zlab bera olish, fikrni erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o`quvchi – o`quvchilarni baholay olishga qaratilgan.
“O`QUVChI” treningi – o`quvchi bilan individual holda ishlash o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi to`siqni yo`q qilish, hamkorlikda ishlash yo`llarini o`rgatishga qaratilgan.
“O`QITUVChI ShAXSI” treningi - o`qituvchining innovatsion faoliyatini ochib beruvchi “o`qituvchi shaxsiga qo`yiladigan talablar” mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insho orqali fikrlarni bayon qilishga qaratilgan.
“MULOQAT” texnikasi o`qituvchilarni auditoriya diqqatini o`ziga jalb etish, dars jarayonida hamkorlikda faoliyat ko`rsatishga, uni tashkil etishni o`rgatishga qaratilgan.
|
| |