|
Angliyada musiqa ta`limi tizimi
|
bet | 9/12 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 208,85 Kb. | | #154650 |
Bog'liq 1.2.2 Angliyada musiqa ta`limi tizimi
Angliya maktablarida burjua mamlakatlari jumladan, AQSh qatori, yagona dastur va uslubiyotning yo`qligi sababli mamlakatdagi musiqiy tarbiya ishlarining axvoli turli saviyadadir.
Ijobiy misol tariqasida 1969-1970 yillarda Britaniya radio korporatsiyasining radio orqali 6-7 yoshdagi bolalar uchun tashkil etilgan 10 minutlik musiqa eshittirishlarini keltirish mumkin.
Bu eshittirishlardan ko`zda tutilgan maqsad - bolalarning musiqa cholg`ulari ijrochiligiga xohishlarini o`yg`otish bo`lgan: bolalar radio eshittirish jarayonida musiqani ijro etishlari lozim bo`lgan. Keyinchalik bu dasturlar magnit tasmalariga yozilib, maktablarga, ulardagi "musiqa burchak"lariga jo`natilgan.
Hozirgi kunda Angliya maktablarida ko`prok Dj. Kerven (1816-1880) tomonidan ishlab chiqilgan relyativ tizimiga asoslangan o`qitish usullari qo`llanilmoqda.
Angliyada boshlang`ich maktab o`qituvchilarini o`rta maxsus o`quv yurtlari -ikki yoki uch yillik kollejlar tayyorlaydi.
Milliy musiqa, qirollik musiqa kolleji va hatto Qirollik musiqa akademiyasini bitirgan musiqachilar uchun 1 yillik maxsus pedagogik kurslar tashkil etilgan. O`rta maktab musiqa o`qituvchilarini universitetlarning musiqa - pedagogika faqo`ltetlari tayyorlaydi. Ularda o`qish muddati 4 yilni tashkil etadi. Universitetlar o`rta maktab uchun universal musiqa o`qituvchisini tayyorlashni o`z oldilariga maqsad qilib qo`yganki, o`qituvchi nafaqat xor jamoasiga rahbarlik qilish, shuningdek orkestrni boshqarish, musiqa va cholg`u ansamblida mashg`ulot olib borish, bolalarni musiqiy cholg`uda ijro etishga o`rgata bilishi lozim.
Angliyada boshlang`ich sinflarda 5 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan bolalar o`qiydilar. Barcha o`quv fanlarini bitta o`qituvchi olib boradi. Boshlang`ich maktabni bitirgach, bolalar gumanitar yoki texnik yo`nalishga asoslangan o`rta maktablarga o`tadilar. Bularda musiqa ta`limiga ko`prok e`tibor beriladi
Shveysariyada musiqa ta`limi tizimi
Emil Jak-Dalkroz (1865-1950) Shveysariyalik pedagog, kompozitor, musiqachi, yozuvchi va jamoat arbobi, musiqiy-ritmik tarbiya tizimi yaratuvchisidir. 1910-yilda "musiqa va ritm" maktabini Jenevada "Jak- Darkroz" institutini tashkil qilgan. Keyinchalik Jak-Dalkroz ishi davomchilari Stokgolmda, Londonda, Parijda, Venada, Barselonada, Nyu- York shaharlarida "Jak-Dalkroz" maktabi, "Jak-Dalkroz" institutlarini tashkil qilganlar.
Jak-Dalkroz musiqiy dinamika va emotsional harakatlari hamda obrazli mazmun, musiqa ostida plastik harakatlar jo`rligida musiqiy faoliyatga jalb qilish tizimini yaratdi. O`quvchilarda improvizatsiya, obsolyut eshitish qobiliyatini rivojlantirish tizimini ishlab chiqdi. U o`z o`quvchilarining plastik ritm tuyg`usiga ega bo`lishlarida ularning nerv tizimi va musqo`l apparatini mukammal rivojlantirishga intildi. Uning nazariyasiga ko`ra, ritmni o`quvchilarga tushuntirish muhim emas, ritmni o`zlashtirilmasdan ham tana harakatlarini his etgan holda mashqlarni takrorlash va ritmik harakatlar bajarish yaxshi natija beradi.
E.Jak-Dalkroz, Zoltan Koday, Karl Orf tomonidan ishlab chiqilgan musiqiy tarbiyaning yaxlit tizimlari turli mamlakatlardagi musiqa tarbiya nazariyasi va amaliyoti ishlariga katta ta`sir ko`rsatdi.
|
| |