|
Germaniyada musiqa ta`limi tizimi
|
bet | 11/12 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 208,85 Kb. | | #154650 |
Bog'liq 1.2.2Germaniyada musiqa ta`limi tizimi
Germaniyaning yirik nemis kompozitori va buyuk pedagogi Karl Orf (1895-1982) jahonda keng tarqalgan bolalar musiqiy tarbiya uslubiyotining asoschilaridan biri hisoblanadi. Jak-Dalkrozning o`quv tizimiga asoslanib K.Orf "Oddiy musiqa" (elementar musiqa) g`oyasini ishlab chiqdi va bu g`oyani Myunxendagi (Gyunter maktabi) gimnastika va raqs maktabidagi o`qitish uslubiga aylantiradi. 1953 - yilda Avstriyaning Zalsburg shahrining Motsarteum deb nomlangan musiqa dargohida Karl Orf instituti tashkil topib, u AQSh, Angliya, Germaniya, Xindiston kabi 30 dan ortiq mamlakatlarni birlashtirgan baobru ilmiy muassasaga aylanib ketdi. K.Orf nomidagi institutda 400 dan ortiq o`quvchi, 50 dan ziyod pedagog ta`lim oladi. K.Orf kashf etgan bolalar va usmirlar musiqiy tarbiya usuli o`quvchilarning musiqiy folklordan keng miqiyosda foydalanishi, ularning ijodiy ko`nikma va imkoniyatlarini
rivojlantirishga asoslangan.
Ushbu o`quv usuli tamoyillari xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan "Shulverk" to`plamida o`zining badiiy - metodik talqinini topdi. Besh jildlik "Shulverk" uslubiy qo`llanmasi, asosan umumta`lim maktablari va bolalar muassasalaridagi 4 yoshdan -16 yoshgacha bolgan bolalarning o`zluksiz musiqiy ta`lim - tarbiyaga mo`ljallangan.
Xalq musiqa ijodiga asoslangan bu qo`llanmadagi pesalar bolalar ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.Barcha namunalarga etnografik yoki tarixiy manbalar asosida izoh berilgan. Bu o`ziga xos hamma bolalarga majburiy musiqa ta`limini beradigan boshlang`ich maktabdir. K.Orfning fikriga ko`ra boshlang`ich musiqa tarbiyasi - bu nafaqat musiqa o`quvi, hamda ritm hissiyotini rivojlantirish. Kuylashga yoki biror cholg`uuda ijro etishga o`rgatish, balkim bolalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, badiha malakalarini kengaytirish, yakka va jamoaviy ijro jarayonida musiqani ijod etish qobiliyatini rivojlantirish hamdir.
Guruhdagi bolalar soni 10-12 kishidan oshmasligi kerak. Barcha mashg`ulotlar jamoaviy tarzda olib boriladi, bunda bolalar qo`shiq ijro etib, raqsga tushadilar, navbat bilan musiqa cholg`ularida chaladilar, turli jismoniy mashqlarni bajaradilar.
Asta - sekin bolalar shu darajaga yetib boradiki, ular butun tomosha- sahnachalarni, keyinchalik hatto spektakl, undagi musiqa, she`riy matn, sahna jihozini, barcha hatti-harakatlarni ham o`zlari o`ylab topadilar.
K.Orf cholg`u jo`rnovozligiga ham katta ahamiyat beradi. "Shulverk"da nazarda tutilgan jamoaviy cholg`u ijrochiligi bolalardan maxsus tayyorgarlik va bilimlarni talab qilmaydi, ammo, bunda ta limning oddiyligi bilan musiqa yangrashining yuqori sifatlari uyg`unlashadi. "Shulverk"dagi aksariyat namunalar vokal mashqlarga asoslangan. Orfning uslubi notaga qarab ijro etish (ya`ni nota savodi)ga bog`liq bo`lmasada, instituti pedagoglari relyativ solfedjioga o`zgacha yondoshadilar: bolalarga tovushlarning nisbiy va mutloq nomlarini baravar o`rgatadilar.
Hozirda "Shulverk" to`plamlaridan ko`p mamlakatlarda foydalanilmoqda. K.Orf ta`kidlab o`tganki, "Shulverk" kitobini har bir mamlakatda milliy musiqa, shu jumladan bolalar folklori bilan boyitish zarur. "Shulverk"ning fransuz, yapon, ingliz, shved va boshqa milliy nashrlari mavjud. Mazkur kitob ko`r, soqov, maxsus logopedik bolalar maktablarida joriy etilmoqda.
K.Orf institutida ertalabki darslar yosh pedagoglar, oliygoh o`quvchilari bilan o`tkaziladi. Bolalar mashg`ulotlari kunning ikkinchi yarmida o`tadi. K.Orfning dedaktik konsepsiyasi jahon o`quv amaliyotida keng tarqalgan bo`lib, turli uslubiy yechimlarga yo`l ochadi va ijodiy tafakkurni rag`batlantirishga, badiha malakalari va musiqiy ritmik his- tuyg`uni rivojlantirishga ko`maklashadi. Bolgariyada musiqa ta`limi
Bolgariyada musiqa darslari, o`quv rejasiga muvofiq, maktabni birinchi sinfidan to`qqizinchi sinfiga qadar o`tkaziladi, 10 - 12 sinflarda esa, ixtijoriy mashg`ulotlar tarzida, haftada ikki soatdan olib boriladi. Birinchi sinfda musiqa darsiga 1 «shartli» soatdan iborat, chunki birinchi sinf tayyorlov sinfi bo`lib, unda musiqiy eshitib kuylaydilar va raqsga tushadilar. 2-4 sinflardan esa musiqa darslariga ikki soatdan ajratiladi.
2 - sinfdan boshlab o`quvchilar darsda musiqa savodini va qo`shiq aytishni tizimli ravishda o`rgana boshlaydilar. Bolgariyadagi ommaviy musiqiy tarbiyaning asosi - bu xalq qo`shiqlaridir.
6-sinfdan boshlab o`quvchilar asosiy janrlar va Bolgariya musiqa madaniyati bilan tanisha boradilar. Bolgar xalq musiqasi o`ziga xos usul, ohang va boshqa xususiyatlarga ko`ra hozirgi zamon yoshlarining musiqa etiyojlarini qondira olish imkoniyatiga egadir. Bolgariyada asosan diqqat e`tibor ommaviy havaskorlik jamoalari - folklor ansambllariga qaratilgan. Ularning faoliyatida xalq ijodi namunalari milliy ijrochilik uslubiga yaqin ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Xalqchillik ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotgan bolalar va yoshlarning qo`shiq va raqs xalq ansambllari ma`naviy-axloqiy tarbiyasi va badiiy-emotsional ta`sirning vositalaridir.
Bolgar xalq qo`shig`ining boyligini egallash, uning o`ziga xos ohang kuylarnini o`zlashtirish, bolalarda musiqiy tasavvur hamda ijro malakalarini egallashga ko`maklashadi, milliy hamda jahon mumtoz musiqa asarlarining go`zallik va boyliklarini baholashga imkon beradi. Bolgariya ommaviy musiqa ta`limining milliy uslubiyoti, uning bolalarda musiqaviy ijrochilik, ritmik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan usullari, musiqiy tarbiyaning dastlabki bosqichida o`quvchining badiha va boshqa ijodiy harakatlarini rag`batlantiradi.
Bolgariya musiqa ta`limi tizimida notasiz kuylashdan, notaga qarab kuylash jarayoniga o`tishda 1923 yilda Boris Trichkov tomonidan ishlab chiqilgan "stolbitsa" (ustun) metodi keng tarqaldi. Oddiy, ommabop, qiziqarli bo`lgan "stolbitsa" usuli, ayniqsa, umumta`lim maktab bolalari bilan ishlashda katta yordam bermoqda. Bu uslub asosan musiqa savodi jarayonida qo`l keladi. Biroq amaliyotda - qo`shiq kuylash, musiqa tinglash jarayonlarida bu metoddan faqat do major miqyosidagina foydalanish mumkin. Boshlang`ich sinflarda musiqa darsini barcha o`quv fanlaridan mashg`ulot olib boradigan pedagoglar o`tkazadilar.
Ular gimnaziyani bitirgach, muallimlar institutida ta`lim oladilar.
Muallimlar institutida o`qish muddati uch yil.
5-8-sinflarda ashula darsini, ikki o`quv fani (masalan, til va ashula) bo`yicha pedagogika institutining maxsus faqo`ltetida ta`lim olgan o`qituvchi o`tadi.
9-12-sinflarda esa, konservatoriyaning musiqiy pedagogika bo`limlarining bitiruvchilari olib boradilar. Ularning o`qish muddati - 4 yil.
O`quv dasturlarida ko`rsatganidek, musiqa darsini asosini guruhli kuylash va musiqa cholg`ularida ijro etish tashkil etadi. Darslarda qo`llaniladigan musiqa cholg`ulari turli-tumandir: urib chalinadigan cholg`ular - bolgar (milliy) va maktab o`quvchilari tomonidan yasalgan havaskorlik cholg`ulari; metallofonlar, milliy puflab chalinadigan (surnaycha, xushtak va hokazo), furuylar (venger xalq cholg`usi); "melodika" (akkordeonga o`xshash katta bo`lmagan cholg`u). Bu cholg`ularda ijro etish unchalik qiyinchilik tug`dirmaydi va bolalarni musiqa darslariga faol jalb qiladi.
Ko`pchilik bolgar o`qituvchilari musiqiy cholg`ularni darslarda keng qo`llanishiga ehtiyotkoronalik bilan qarashmoqda. Ularning fikrlariga ko`ra mazkur cholg`ularni dars jarayoniga tatbiq etish boshqa faoliyat turlariga kam e`tibor berilishiga sabab bo`lmoqda. 1970-yillarda qabul qilingan dasturga ko`ra musiqa tinglash jarayoniga juda kam soat ajratilgan bo`lib, musiqa darslarining asosiy faoliyatlari - jamoa bo`lib kuylash va musiqiy cholg`ularda ijro etishdir. O`tgan yillar tajribasi shuni ko`rsatdiki, mazkur dastur o`zini oqlay oldi.
Maktabdagi o`quv jarayoni darsliklar va o`qituvchilarga mo`ljallangan uslubiy qo`llanmalar bilan ta`minlangan bo`lib, bu narsa, albatta, ommaviy musiqiy tarbiyani amalga oshirishda muhim rol o`ynaydi. 2-9-sinflar uchun yaratilgan darsliklar o`quvchi va o`qituvchilar uchun muhim vosita bo`lib xizmat qilmoqda. Bundan tashqari o`qituvchilar uchun chiqarilgan o`quv qo`llanmalar notaga qarab kuylash, metodika masalalari, vokal-xor malakalarini shakllantirishga qaratilgan bir qator muammolar yechimiga qaratilgan.
Bolgariyada sinfdan tashqari ta`lim masalariga katta e`tibor qaratilmoqda. Jumladan, xor madaniyatini rivijlantirishga Sofiya usmirlar saroyining - "Bodra smyana" bolalar xor jamoasi o`zining ulkan hissasini qo`shdi. Jamoa 1947 yilda tashkil topgan bo`lib, u ko`p yillar davomida bu jamoaga Bolgariya xalq artisti, professor Boncho Bochev
rahbarlik qilgan edi. Xor jamoasi tarkibida 380 - a`zosi bo`lib, katta va kichik yoshdagi bolalar guruhlari, 100 kishilik konsert guruhidan iborat. Mazkur jamoa dasturiga murakkab ko`povozli, turli janr va uslubdagi asarlar kirgan.
Bolalar va usmirlar havaskor xor maktab - studiyasi bolalar xor jamoalarining zamonaviy ko`rinishi sifatida yosh ijrochilar uchun ma`lum kasbiy istiqbollarini ochib beradi. Shunday jamoaning muntazam konsert faoliyati, havaskor xor jamoaning xor maktabiga aylanishidagi muhim shart
-sharoitlaridan biridir.
Yuqorida tilga olingan jamoadan tashqari, Bolgariyada boshqa juda ko`p bolalar va usmirlar xor maktablari mavjud. Ushbu maktablarda ta`lim olayotgan o`quvchilar kasbiy xor jamoalarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday xor jamoalari negizida - turli xil repertuarga ega bo`lgan kamer, modregal, katta konsert jamoalari shakl topishi mumkin. B. Bochev "Bodra smyana" xor jamoasining ish tajribasini har bir bolalar xor jamoasiga tadbiq etish mumkin.
Bolalar va usmirlar havaskor xor maktablarini mustahkamlash zamon talablariga javob beradigan, mukammal tashkiliy - o`quv shakllarini vujudga keltirish mumkin.
Gollandiyada musiqa ta`limi
Gollandiyadagi bolalar musiqiy tarbiyaning tizimi, umrining 35 yilini musiqa faoliyatiga bag`ishlagan Fransiya van Xauve (Delft shahri) nomi bilan bog`liqdir. U Parij va Bryusselda ... konservatoriyalarining dirijyorlik, musiqa nazariyasini hamda kompozitsiya sinflari bo`yicha tugatgan. Delftdagi musiqiy maktabini tashkil etishi hamda uni boshqarish takliflarini qabul qilgandan so`ng u xor va orkestr jamoalarida direjyorlik faoliyatini to`xtatdi. Hozirgi zamon pedagogik usullar bilan tanishish maqsadida Fransiya van Xauve Yevropa mamlakatlariga, birinchi novbatda, Bavariyaga yo`l oldi. U yerda Karl Orf va uning bolalar musiqiy tarbiyasi tizimi bilan tanishib, uning ashaddiy muxlisiga aylandi. Shuningdek, Fransiya va Belgiya, Italiya va Ispaniyada bo`lib qaytdi. Vengriyada u Z.Koday bilan tanishdi. Kodayning musiqiy tarbiya tizimi Fransiya van Xauveda katta yutuqlarga erishishga asos bergan relyativ tizimini qunt bilan o`rganishga kirishdi.
Bolalar bilan olib borgan amaliy faoliyat natijasida Per van Xauve muisikiy tarbiyadagi o`zining yarigi tizimini yaratdi, bu tizim ikki - Orf va Koday usullarining o`zaro uyg`unlashgan mahsuli bo`lib, unda psixologiya va bolalar tasavvuriga mos keladigan asosiy tomonlari olingan edi. Buusulning mohiyati quyidagidan iborat: bolalarni o`yinga jalb etib (masalan, qarsak chalish, tarelkalar, qo`ng`iroqchalar, bubenlarni urib tovush chiqarish), pedagoglar ularda musiqa bo`yicha malakalarni hosil qiladilar. Shu ravishda hamma bolalar musiqaviy bilim saviyalari turlicha bo`lishiga qaramay ta`lim jarayoniga kirishib ketadilar. Ta`kidlash joizki, Gollandiya musiqa maktablari bolalarga kasbiy ma`lumot berishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ymaydi, gap o`zining musiqaviy vaqtichog`ligi va xursanchiligi haqida ketadi.
Delft musiqa maktabi tashkil topish davridan bir necha yildan keyin Per van Xauve o`z amaliyotida sinovdan o`tgan shaxsiy tajribalariga asoslanib har bir sinf uchun "musiqa bilan o`yinlar" nomli qator darsliklar yaratdi. Darsliklarda ko`plab musiqali pesalar, mashqlar, o`yinlar, qo`shiqlar va aniq vazifalar mavjud bo`lib, ularni bajara borib, bola asta-sekin notani yozish va o`qishni, nota bo`yicha qo`shiq aytish va o`yin o`ynashni o`rganadi.
"Musiqani eshitamiz" keyingi kitobi esa Gollandiya va Belgiyada nashr etildi. Bundan tashqari Gollandiyada grammplastinkalar chiqarilgan edi, ulardan Per van Xauvening musiqiy tarbiya usullari va tizimini aniq tushunish mumkin.
Per van Xauvening "musiqa bilan o`yinlar" nomli musiqiy tarbiya usuli nafaqat Gollandiyada, shuningdek, Zalsburgdagi Motsarteumda, Belgiya, Norvegiya, Fransiyada keng tarqalgan. Uning kitoblari turli tillarga tarjima qilingan va Delft shahriga jahonning ko`pgina mamlakatlaridan kelgan muallimlar musiqa pedagogikasi masalalariga bag`ishlangan xalqaro seminarlarda uning tizimi bilan yaxshiroq tanishishga imkoniga ega bo`ladilar.
O`tkir qobiliyatga ega musiqachi, mohir psixolog, oliyjanob va xushchaqchaq inson, o`ta farosat sohibi bo`lmish Per van Xauve bir zumda ham birinchi sinf o`quvchilari bilan, ham turli yoshdagi bolalar bilan va shuningdek, o`zini o`rab turgan hamma kishilar bilan ham til topa oladi. "Musiqa shodlik ulashishi lozim" - bu Per van Xauve hayotidagi asosiy shiordir.
Yaponiyada ta`lim tizimi
Yaponiya ta`limining shakllanishi 1867-1868 yillarda boshlangan. Yaponiya o`z oldiga ikki vazifani: birinchi — boyish, ikkinchi - G`arb texnologiyasini Yaponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasiin qo`yadi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta`lim tizimini tubdano`zgartirish kerakligi aytildi. 1872 yili «Ta`lim haqidagi qonun» qabul qilindi. Bunda Yapon ta`limi G`arb ta`limi bilan uyg`unlashtirildi.
1908 yilda Yaponiyada boshlang`ich ta`lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. 1893 yili kasb yo`nalishidagi dastlabki kollej paydo bo`ldi. 1946 yili qabul qilingan Konstitutsiya fuqarolarning ta`lim sohasidagi xuquq va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta`lim olishlari belgilab qo`yilgan. Yaponiyada hozirgi zamon ta`lim tizimlarini tarkibi quyidagicha: bolalar bog`chalari, boshlang`ich maktab, kichik o`rta maktab, yuqori o`rta maktab, oliy ta`lim tizimlariga kiruvchi o`quv yurtlaridan iborat. Bolalar bog`chalari.
Ta`limning bu bosqichiga 3 - 5 yoshli bolalar qabul qilinadi. Bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq ravishda 3, 2, 1 yillik ta`lim kurslariga jalb qilinadilar.
|
| |