2 soat ma’ruza




Download 208,85 Kb.
bet5/12
Sana11.02.2024
Hajmi208,85 Kb.
#154650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1.2.2

"Aqliy hujum" metodi


Mazkur metoddan foydalanish uchun o`quvchilarni oldilariga qo`yilgan muammo yuzasidan keng va mantiqli fikrlashga o`rgatish, har bir o`kuvchi shaxsiy fikrini bildirish va uni asoslashiga imkon beriladi.Uquvchilarning aytgan ixtiyoriy fikrlari faqat rag`batlantiriladi va ular baholanmaydi, bu esa ularning muammo yuzasidan yangi-yangi fikrlarni bildirishlariga olib keladi. Bunda tahlil qilinayotgan muammo yuzasidan o`quvchilarga keng imkoniyat yaratib berish muhimdir.
Mazkur metodni qo`llash uchun har bir o`quvchiga bir varaqdan ish qog`ozi taqatiladi, ular muammo yuzasidan o`z fikrlarini yozib boradilar va o`z fikrlarini asoslab beradilar.
Ma`lum vaqtdan so`ng qog`ozlar yig`ilib olinadi va undagi asosiy fikrlar doskaga yozilibboriladi. Uquvchilarga bildirilgan fikrlarga yangi g`oyalar qo`shishga imkon beriladi. Jarayon yangi fikrlar aytish to`xtaganidan keyingina yakunlanadi. Shu tariqa o`qituvchi yordamida muammoning yechimiga erishiladi.
Mazkur uslubni qo`llash bo`yicha olib borgan tajriba -sinov ishlarimizdan ayrim namunalar keltiramiz.
Darsning mazmuni: o`zbek zamonaviy musikasi (6-sinf).
Darsning maqsadi: o`quvchilarni zamonaviy musiqaga xos fikrlar bilan tanishtirish.
Dars jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi.

  1. Jahon musikasiga xos janrlar.

  2. Jahon musiqasi asosida o`zbek kompozitorlari tomonidan yaratilgan mumtoz asarlar.

  3. O`zbek mumtoz musiqasiga hursat hissini uyg`otish. Dars jihozlari: rasmlar, magnitofon yozuvi, jadval. Darsning rejasi:

  1. Jahon kompozitorlari va ular tomonidan yaratilgan musiqiy janrlar.

  2. O`zbek kompozitorlari tomonidan yangi janrlarga qo`l urilishi.

  3. Yangi yaratilgan asarlar.

Janrlar xilma-xilligi o`zbek musiqasining ulkan yutug`i.Bu metodni qo`llash uchun har bir o`quvchiga bir varaqidan ish qog`ozi tarqatiladi va ularga o`zlari bilan kompozitorlar va ularning yaratgan asarlaridan misollar keltiriladi. Varaqqa o`quvchilar o`z ism-familiyalarini yozishlari va ularning bergan javoblari belgilanmasligi, shuning uchun har bir o`kuvchi o`zi bilganicha varaklarga javob yozishi zarurligi uqtiriladi. O`n daqiqa ichida barcha o`kuvchilar o`zlari bilan ma`lumotlarni varaqlariga yozib berishadi. Muhimi, bu ishda har bir o`quvchi mustaqil fikr yuritish bilan band bo`ladi, ya`ni muammoni qal etish faqat o`qiuvchi tomonidan emas, balki o`quvchilarning sa`y-harakatlaribilan amalga oshiriladi. Muammoni haletishga barcha birdek hujum boshlaganliklari uchun ham bu metod "Aqliy hujum" deya nomlanadi.
O`tgan o`n daqiqa natijalarini yakunlash uchun o`qituvchi tarqatilgan varaqlarni yig`ib oladi. Zamonaviy musiqa bo`yicha ijod qilayotgan kompozitorlarning nomlari doskaning o`ng tomoniga va ular yaratgan asarlarning nomi doska o`rtasiga, bu asarlar qaysi janrga mansub ekanligi esa, doskaning chap tomoniga yozib boriladi. Buning uchun o`qituvchi har bir varaqqa alohida e`tibor berib, unda yozilgan faktlarni doskaga yozib boradi. Uquvchilar o`z varaqlariga yozilgan ma`lumotlarning ahamiyatli ekanligiga e`tibor berib borishlari tabiiy. Bir xil faktlarning kaytarilishi ham alohida ta`kidla o`tiladi. Agar u doskaga yozilgan bo`lsa, uni kayta yozib o`tirilmaydi. Ayrim faktlar o`qituvchi tomonidan to`g`rilanib, ularga qisqacha izox berib, to`ldirilib beriladi. "Aqliy hujum" metodidan foydalanish natiasida doskada quyidagi ma`lumotlar o`z ifodasini topadi.


Download 208,85 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 208,85 Kb.