• «Tarmoqlar» metodi (Klaster)
  • “Balet haqida tushuncha”
  • 2 soat ma’ruza

    Download 208,85 Kb.
    bet2/12
    Sana11.02.2024
    Hajmi208,85 Kb.
    #154650
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1.2.2

    «BOShQARUV» texnikasi o`qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullari hamda o`quvchi – o`quvchilarni ish jarayonida usullar bilan tanishtiruvchi va shunga o`rgatishga qaratilgan.

    Pedagogik texnologiyalarning asosiy jarayonlari “Tarmoqlar” metodi (Klaster), "Aqliy hujum" metodi

    Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya (o`yinning umumiy rejasi) bo`lib, u o`quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o`rganishlariga yordam berib, o`quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma- ketlik bilan uzviy bog`langan holda tarmoqlashlariga o`rgatadi.
    Bu metod biron bir mavzuni chuqur o`rganishdan avval o`quvchilarning fikrlash faoliyatini jaddalashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek o`tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o`zlashtirish, umumlashtirish hamda o`quvchilarni shu mavzu bo`yicha tasavvurlarni chizma shaklida ifodalashga undaydi.

    «Tarmoqlar» metodi (Klaster)

    “Balet haqida tushuncha”

    O`qituvchi: Bolalar! Balet haqida qani, kim gapirib beradi?
    O`quvchilar: Balet – bu oddiy raqsdan farq qiladi. Balet bu sahna asari-unda turli voqelar tasvirlanadi.
    O`qituvchi: Raqs tushishda u oddiy raqsdan nimasi bilan farq qiladi?
    O`quvchilar: Ularning kiyimlari boshqacha bo`ladi. Ular kalta-kalta kiyinishadi. Ular oyoq uchida yurib raqs tushishadi. Yigitlar qizlarni balandga ko`tarib raqs tushishadi. Ularning raqsi muz ustida figurali uchishga o`xshab ketadi.
    O`qituvchi: Baletda raqsdan tashqari qanday muhim element bor?
    O`quvchilar: Raqsdan tashqari unda musiqa ham bor. Balet musiqasi qandaydir ta`sirchan bo`ladi. Yigit-qizlar ana shu musiqa jo`rligida raqsga tushadilar. Men «Kichik oqqushlar» raqsini juda yaxshi ko`raman. Unda balerinalar musiqa ohanglariga jo`r bo`lishib, birday harakat qiladilar. Ayniqsa, ular bir-birlarining qo`llarini ushlashib raqsga tushganlarida juda ham chiroyli harakat qiladilar.
    O`qituvchi: Uning musiqasini kuylab bera olasizlarmi?
    O`quvchilardan ayrimlari: «rappa-pa-pa, rap-pa-ra-rap-pa» tarzida uing musiqasini kuylab berishga harakat qiladilar.
    O`qituvchi: Endi tinglab ko`ringlarchi, men sizlarga uni chalib beraman (o`qituvchi pianinoda asarning kuyini chalib beradi). Bu asarning kuyini kim yozgan?
    O`quvchilar: P.T Chaykovskiy.
    O`qituvchi: Baletning nomi qanday nomlanadi?
    O`quvchilar: «Kichik oqqushlar», «Kichik oqqushlar raqsi».
    O`qituvchi: Raqsning nomi «Kichik oqqushlar raqsi» deyiladi. Baletning nomi esa «Oqqushlar ko`li», ya`ni «Lebedinnoye ozero» deb nomlanadi. Bolajonlar, sizlar juda to`g`ri javob berdingizlar. Balet – musiqa va raqs harakatlari orqali obrazlar, voqealar yaratish san`atidir. Balet asarini dramatik mavzu, raqs, imo-ishora, nafis harakatlar, musiqa, sahna bezaklari va kiyim-kechaklar tashkil qiladi. Butun dunyoga mashhur bo`lib ketgan «Oqqush ko`li», «Qarsildoq» va «Uyqudagi go`zal» baletlarini XIX asrda yashagan rus kompozitori Petr Ilich Chaykovskiy yaratgan.

    Download 208,85 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

    Download 208,85 Kb.