|
2 soat ma’ruza
|
bet | 4/12 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 208,85 Kb. | | #154650 |
Bog'liq 1.2.2I-o`quvchi: To`maris ona - shuning uchun ham uni tasvirlovchi musiqa mayin, alla ohangi singari yumshoq bo`lishi kerak.
II-o`quvchi: To`maris jamoa boshlig`i – uni ifodalovchi musiqa qat`iy, salobatli bo`lishi kerak.
III -o`quvchi: To`maris jangchi, qo`mondon – uning obrazi shiddatli, tezkor va harakatchan bo`lishi kerak.
O`qituvchi fikrlarni umumlashtirib beradi:
- Berilgan javoblarning hammasi ham to`g`ri. Chunki, To`maris eng avvalo bizning tasavvurimizda ona sifatida, muqaddas ayol sifatida gavdalanishi lozim.
O`qituvchi: To`g`ri. Ikkinchidan, u davlat arbobi, o`z jamoasini boshqarib beruvchi bilimdon ayoldir.
O`qituvchi: Barakalla. Uchinchidan, u jasur jangchi, sarkarda hamdir. El boshiga og`ir kun kelganda u bir erkak jangchi sifatida o`z yurti va xalqini himoya qiladigan mard ayol. Xalqimizda bu haqda shunday maqol bor:
«Ot boshiga ish tushsa, suvliq bilan suv ichar,
El boshiga ish tushsa, etik bilan . . . » nima qilar?
O`quvchilar: Suv kechar.
O`qituvchi: Demak, el boshiga ish tushgan paytda har bir jasoratli inson, erkagu-ayol yovga qarshi mardlarcha otlanishi, o`z oriyati, obro`-e`tibori, Vatani, xalqi uchun jonini ham fido qiliishga tayyor turishi kerak ekan.
Aynan shunday «aqliy hujum» metodi baletdagi salbiy obraz Kir haqida ham o`tkazildi va bunda dushmanning qiyefasini har bir o`quvchi ko`z oldiga keltira oladigan darajada darsni qiziqarli va mazmunli olib borishga harakat qilindi.
O`qituvchi: Endi biz sizlar bilan birgalikda «To`maris» baletidan ayrim musiqali lavhalarni tinglaymiz. Barchamiz diqqat bilan tinglashga harakat qilamiz. (Magnitofonda «To`maris» baletidan I-akt, «To`marisning ilk ko`rinishi» va I-akt, “Yovuz Kir” obrazlarining musiqiy mavzulari qo`yib eshittiriladi.)
Yuqorida o`quvchilar bilan olib borilgan suhbatda ular To`maris obrazi musiqada qanday tasvirlanishini turlicha talqin qildilar. Ulardan aksariyati uni ona sifatida “alla” kuyiga yaqinroq bo`lgan xarakterda, boshqalari esa uni ayol sifatida nazokatli va mayin xarakterdagi musiqa orqali ifodalanishini aytdilar. Ammo kuyni magnitofon orqali eshitganlaridan so`ng, ular musiqani o`z tasavvurlaridan boshqacharoq ekanligining guvohi bo`ldilar va savolomuz o`qituvchidan javob kutadilar.
Shunda o`qituvchi buning boisini mukammal tushuntirib beradi va u o`z fikrini quyidagicha bayon qiladi:
“To`maris tabiatan ayol bo`lishiga qaramasdan, o`z jamoasining sarkardasi va boshlig`i hisoblanadi. Ayniqsa, u davrlarda yurtga turli tomondan dushmanlarning bostirib kirishi ehtimoli bor edi. Shuning uchun ham u o`z qo`shinlari bilan har doim jangovar holatda turishi lozim edi. Kuyning bir me`yorda takrorlanishi uning qat`iy so`zligini, kuyning turli balandliklarda qaytarilishi yurt tinchligining holati ham turlicha bo`lishini, kuyning bir me`yorda takrorlanishi uning har qanday holatda ham urush yuz berishi mumkin bo`ladigan holatlarga birday tayyor ekanligidan dalolat beradi”.
Bunday suhbat o`quvchilarda musiqaning To`maris obrazini yaqqol ifodalay olishiga ishonch hosil qildiradi. Takroriy eshittirganda ular endi musiqani mutlaqo boshqacha idrok qila boshlaydilar.
Kir obrazining musiqada ifodalanishi ham o`quvchilar bilan birgalikda tahlil qilib chiqildi. Musiqa tinglashdan oldin o`quvchilar o`zlari tasavvur qilganlaricha Kir obraziga tavsif berib chiqishdi.
Ular Kir obrazi qandaydir dahshat yog`diruvchi qo`rqinchli tovushlar orqali tasvirlanishini, ba`zilari esa uning obrazi og`ir sur`atda salobatli ijro etilishi lozimligi haqida fikr bildirishdi. Ba`zan ularning har biri erkin munozarada o`z fikrining to`g`riligini isbotlashga harakat qilishdi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarning munozarasi bahsiga ayrim tuzatishlar kiritib, ularni yo`naltirib turadi. Ular o`z fikrlarida xaq yoki noxaq ekanliklaridan qat`iy nazar, eng muhimi ularga mustaqil fikr yuritish uchun imkon yaratib berildi va ular muammoni ma`lum darajada bo`lsa-da, mustaqil hal qilish imkoniga ega bo`ldilar. Shuni unutmaslik lozimki, ularning fikr yuritishlarini yoki bildirilgan firklarini o`qituvchi hech qachon kamsitmasligi, balki uni qo`llab-quvvatlab turishi, noto`g`ri javob berganda ham voqe`likni har kim o`zicha tasavvur qilishi mumkinligini aytib, ularni hijolatli holatdan chiqarishi lozim.
O`quvchilar bilan Kir sahnasi musiqasi eshitilgandan so`ng sinfda yana jimlik cho`kdi va ular o`qituvchining fikrini kutishadi. O`qituvchi ularga musiqani quyidagicha bayon qilib beradi:
- Kir hayotda tinch yashay olmaydigan, qiziqqon, jangari inson bo`ladi. Shuning uchun ham uning obrazini tasvirlab beruvchi musiqa ham notinch va bir me`yorda ketmaydigan, bezovta xarakterda berilgan. Uning har bir qadamida qilichbozlik, nayzabozlik, qalqonlar to`qnashuvi yuz berganligi uchun ham akkordlarning keskin ijrosi aynan shu manzaralardan guvohlik beradi. Qonxo`r yovuz Kir obrazini bastakor kuchli dramatik holatda tasvirlab bergan. Sahna oxirida Sharqona ohangdagi kuy jaranglaydi va u voqe`likning aynan Sharq o`lkalarida sodir bo`layotganligidan guvohlik beradi.
O`quvchilar bilan yuqoridagi tarzda munozara va bahslarning tashkil qilinishi darsga mutlaqo boshqacha ruh bag`ishlaydi. Bunday dars olib borish jarayonida o`quvchilar dastlab mustaqil ishlashga, so`ngra guruhlar bilan ishlash va nihoyat, butun sinf bilan hamkorlikda ishlashga o`rgatib borildi. Darsni bunday tashkil qilish o`quvchilar idrokini yanada faollashtiradi.
O`quvchilar To`marisga xos jasorat, matonat va qat`iylikni, Kirga xos bezovtalik, qiziqqonlik va jangarilik kayfiyatini aniq tasavvur qila boshlaydilar. Shu tariqa ular alg`ov-dalg`ovlarining musiqa ohanglarida ham aniq tasvirlanishi mumkinligining guvohi bo`ldilar.
|
| |