|
Amerika qo`shma shtatlarida musiqa ta`limi
|
bet | 7/12 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 208,85 Kb. | | #154650 |
Bog'liq 1.2.2
AQShda yagona davlat dasturi yo`q. Musiqa ta`limi "estetika" fani sifatida o`tiladi. O`qituvchilar o`zlari xohlaganlaricha darslarni tashkillashtiradilar. Unda musiqa, tasviriy san`at va mehnat mazmunan bir-biri bilan bog`lagan. Davlat maktablari bilan birga diniy hamda shaxsiy dunyoviy maktablar ham mavjud. Shuning uchun har bir shtatda, davlat maktablarida, shaxsiy va diniy maktablarda o`quv soatlarni ham bir xil emas, o`rta hisobga I-VII sinflarda haftasiga 1-2 soatdan dars o`tiladi.
Maktablarning 1-4-sinflarida musiqa darsi har kuni 20-30 minut hajmida o`tkaziladi. Darslarni umumiy o`quv fanlari bo`yicha dars beradigan o`qituvchilar olib boradilar. Darsda o`quvchilar musiqa ostida ritmik harakatlar bajaradilar, har xil mavzulardagi, jumladan, ibodat qo`shiqlarini ham ijro etadilar. O`rta ta`lim maktablarida musiqa darslari dars jadvalidan tashqari vaqtga belgilanadi.
Darsdan tashqari har bir o`quvchi musiqa to`garaklariga - xor, orkestr, raqs, VIAlarga a`zo bo`ladilar. Ko`pchilik maktablarda simfonik orkestrlar mavjud. Maktab bilan kelishilgan holda o`quvchilar simfonik orkestrlarga jalb etiladilar. Sinfdan tashqari musiqa darslari jarayonida o`quvchilar turli xil musiqa cholg`u asboblari – musiqiy qutichalar, baraban, uchburchaqlar kabi cholg`ularda ijro etish malakalarini egallaydilar.
3-sinfdan boshlab turli orkestr cholg`ularida ijro etish o`rgatiladi. o`quvchilar cholg`u asboblarda ijro etishni o`rganib bo`lganlaridan keyin, maktab orkestr jamoasi tashkil etiladi. Bundan tashqari o`quvchilarning shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, cholg`u ansambllari, xor jamoalari ham tashkil etiladi.
Umumiy o`rta ta`lim o`qituvchilari kollej va universitetlarda tahsil oladilar. AQShda musiqa ta`limi sohasi bo`yicha aniq bir tizim bo`lmaganligi, ta`lim muassasalarini turili xil shaxslar, kompaniyalar boshqarishi tufayli ta`lim tizimida noturg`unlik va nomutanosiblik mavjud.
Musiqa mashg`ulotlarining o`tkaziladigan vaqti, shakli va mazmunini pedagoglar tomonidan belgilanadi. Mamlakatda mutaxassis o`qituvchilar yetishmasligi, musiqa mashg`ulotlariga maxsus ma`lumotga ega bo`lmagan, yosh kompozitor va ijrochilarni jalb etish ehtiyojini tug`diradi. Natijada, maktablarda yagona musiqiy ijro repertuari vujudga keladi.
Ixtisoslashgan musiqiy ta`lim kollejlardan boshlanadi. Kollejlarda o`qish muddati to`rt yil bo`lib, o`quvchilar keyinchalik o`qishni davom ettirishlari va magistr unvonini olish uchun ikki yil. Doktorlik ilmiy darajasini olish uchun besh yil, jami yetti yil o`qishlari kerak bo`ladi.
Musiqaga ixtisoslashgan kollejlarning uch xil yo`nalishi - ijrochilik, musiqashunoslik va pedagogik yo`nalishlarda musiqa o`qituvchilari tayyorlanadi.
Kollejdagi ta`limdan keyin o`quvchilar o`qishni universitetlarda davom ettirishlari mumkin. AQShda XIX asrda konservatoriyalar tashkil etilgan bo`lib, hozirgi kunda ular universitetlarga qo`shib yuborilgan. Bundan asosiy ko`zlangan maqsad ta`lim sifatini yaxshilash, yoshlarga musiqiy ta`lim bilan birga adabiyot, san`atning boshqa turlaridan ham kerakli bilimlarni berish, ularning dunyoqarashlarini kengaytirishdir.
|
| |