2 soat ma’ruza




Download 208,85 Kb.
bet8/12
Sana11.02.2024
Hajmi208,85 Kb.
#154650
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1.2.2

Fransiyada ta`lim tizimi


Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi o`rinlardan birini egallaydi. Uning ta`lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda «Ta`lim haqidagi» qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib 1975 yilda unga qator o`zgartirishlar kiritilgan. Fransiya davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan «Ta`lim haqidagi qonun»i 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan.Fransiyada ta`limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta`minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o`quvchilarni tadbirkorlikka ishbilarmonlik va omilkorlikka o`rgatish.
Bu yerda:

  1. Davlat maktablari;

  2. Xususiy maktablar;

  3. Oraliq maktablar mavjud.

Ular uchun dars vaqtining 30% ajratiladi. O`rtacha haftalik soatlar 26 soatdan iborat darsning davomiyliga esa 60 minut. O`quv yili 5 chorakka bo`linadi. Fransuz maktablari boshlang`ich sinflarda o`qish ertalabki va tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Matematika, ona tili va adabiyoti baza predmeti tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Fransiya ta`limida bolalarning go`daklik chog`idanoq maktabda o`qitish uchun tayyor holda olib kelish g`oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan:
kichik guruh (2- 4 yosh), o`rta guruh (4-5 yosh),
katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo`lib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud. Fransiya boshlang`ich ta`lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan bolalar jalb qilinadilar.
Boshlang`ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o`qish, yozish hisoblash malakasini berishdir. O`quv mashg`ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang`ich sinflarda o`qish uch bosqichda amalga oshiriladi: 1. Tayyorlov bosqichi; 2. Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi); 3. Chuqurlashtirilgan bosqich. Tayyorlov bosqichi - 1 yilga mo`ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga o`qish va yozishga, kuylashga, o`ylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga jismoniy mashqlar bilan mashg`ul bo`lishga maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga musiqa va mehnatga o`rgatiladi. - Navbatdagi bosqich — elementar kurs bo`lib bu bosqichda o`qish 2 yil davom etadi.
Bunda o`quvchilarning tayyorlov siklida predmetlar bo`yicha olingan bilimlarni yanada takomillashtiriladi. - Boshlang`ich maktabning 3 -
bosqichi — chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda o`quvchilarning tayyorlov va elementar bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi. Fransuz maktablarining boshlang`ich bosqichida «Grajdanlik ta`limi» «Nafosat ta`limi» ham o`qitiladi. Nafosat ta`limiga musiqa tasviriy san`at sport kiritilgan. O`quv dasturining mazmunini bevosita o`qituvchining o`zi belgilaydi.
O`quvchilar 11 yoshda boshlang`ich maktabni tugallab o`rta maktabga o`tadilar. O`rta ta`lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi Shunday qilib 6-5-sinflar umumiy o`rta ta`lim beradi: 4-3- sinflarda o`quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi. Birinchi bosqich yakunlagach o`quvchilar kasbiy yo`nalishlari bo`yicha guvohnoma oladilar. Shundan keyin o`quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta`lim oladilar. O`qish 3 yil davom etib 2- sinf kichik 1- sinf o`rta va yakunlovchi sinflarga bo`linadi.
Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta`limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o`qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta`limdagi yuridik masalalar qonunchilik ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o`rganadi o`qish yakunlangach suhbatdan test imtihonlaridan o`tadilar.

Download 208,85 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 208,85 Kb.