• 1.Birinchi sinf o‘quvchilarining musiqiy xususiyatlari Qo‘shiq ijrosini ko‘rsatib berish
  • Qo‘shiq haqida suhbat
  • Qo‘shiq so‘zlari va ohangini o‘rganish.
  • 6-Mavzu : 1-2 sinflarda musiqa darslarini tashkil etish usullari




    Download 135.67 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana14.02.2023
    Hajmi135.67 Kb.
    #42239
      1   2
    Bog'liq
    1-2 sinflarda musiqa darslarini tashkil etish usullari
    1 Flora and fauna ingliz t, Ўзбекистоннинг энг янги тарихи 1 мавзу Автосохраненный, PDF Scanner 191123 9.10.35


    6-Mavzu : 1-2 sinflarda musiqa darslarini tashkil etish usullari
    1.Birinchi sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni 
    2. Ikkinchi sinfda vokal-xor malakalarini rivojlantirish ishlari 
    1.Birinchi sinf o‘quvchilarining musiqiy xususiyatlari 
    Qo‘shiq ijrosini ko‘rsatib berish. Bolalarni o‘rganiladigan qo‘shiq bilan, 
    uning yaralish tarixi, ijodkorlari va qo‘shiqning mazmuni bilan tanishtiriladi. 
    O‘qituvchi o‘zi mazkur qo‘shiqni ijro etib beradi. 
    O‘qituvchining ijrosi badiiy jihatdan yorqin va ifodali bo‘lishi lozim. Agar 
    o‘qituvchi o‘zi ijro etib bera olmasa, qo‘shiqni magnit tasma yoki boshqa 
    yozuvlar orqali ham eshittirishi mumkin. Baribir o‘qituvchi qo‘shiqni o‘rgatish 
    jarayonida o‘quvchilarga qo‘shiqni bo‘laklarga bo‘lib kuylab berishiga to‘o‘ri 
    keladi. Shuning uchun qo‘shiq qanchalik kichik va sodda bo‘lishiga qaramay, 
    o‘qituvchi uni yuqori saviyada ijro etib berishi muhimdir. 
    Qo‘shiq haqida suhbat. Qo‘shiqning badiiy ahamiyatini aniqlash 
    maqsadida o‘qituvchi bolalarga qo‘shiqning xarakteri, ifodaviyligi, dinamikasi va 
    boshqalar haqida so‘zlab beradi. Bu sinfdagi bolalarga ko‘proq quvnoq, sho‘x 
    xarakterdagi qo‘shiqlar yoqadi. Shuning uchun ularga o‘amgin, qayg‘uli 
    qo‘shiqlarni o‘rgatish qiyinroq kechadi. 
    Qo‘shiq so‘zlari va ohangini o‘rganish. Qo‘shiqning qay darajada 
    murakkabligiga qarab o‘qituvchi uni so‘zlarini alohida, kuyidan avvalroq 
    o‘rgatadi. 
    Biroq hadeb so‘zlarga berilmay, uni iloji boricha kuy bilan hamohanglikda 
    o‘rgatish yaxshi natija beradi. O‘qituvchi qo‘shiqni jumlalarga bo‘lib o‘rgatadi. 
    o‘quvchilar jumlalar haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. O‘qituvchi o‘quvchilarga 
    jumlalarning o‘rtasida nafas olish mumkin emasligini tushuntiradi. Bu jarayonda 
    musiqa savodiga murojaat qilish kerakli natijani beradi. 

    Download 135.67 Kb.
      1   2




    Download 135.67 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-Mavzu : 1-2 sinflarda musiqa darslarini tashkil etish usullari

    Download 135.67 Kb.
    Pdf ko'rish