««xalqaro audit»




Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/61
Sana27.03.2023
Hajmi1.06 Mb.
#46852
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
««xalqaro audit»1
ANVAR, Документ Microsoft Word, Academic-Data-376191100557, SDOC-53C0F0BEE871B6AB20DAE02B013F8AB3-03-15-SI, KKH, Toshnazarov Navro’z Elmurod o’g’li, Taqriz maktab, BMI text, 0. Shaxsiy ish reja 2022-2023-yil, Bimetalic and monometalic money standard, ОАУ, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi, Lesson 3, Mavzu. Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiktisodiy m


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
«
«XALQARO AUDIT
»
»
 
 
F
F
A
A
N
N
I
I
D
D
A
A
N
N
 
 
 
 
 
 
MA’RUZA MATNLAR 
TO’PLAMI
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



«XALQARO AUDIT» FANINING PREDMETI, OB’EKTI VA METODI 
1.1. «Xalqaro audit » fanining predmeti, metodi va ob’ektlari 
Respublikamizdagi bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi 
bosqichlarida ustivor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, 
jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirish mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib 
chiqqan holda bir qancha yangi malakali mutaxassislarga, nazariy va amaliy 
kurslarga, fanlarga ehtiyoj tug’iladi. Shulardan eng muhimi audit fani va auditorlik 
kasbidir. Ushbu sohada g’arb mamlakatlarida katta tajriba to’plangan. 
Auditor (lotincha «auditor» - «eshituvchi», «o’quvchi» degan ma’nolarni 
anglatadi) – ma’lum muddat davrida korxona moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiruvchi 
shaxsdir. Auditor so’zining lug’aviy ma’nosi ham uning iqtisodiy ma’nosiga ancha 
yaqin. O’rta asrlarda o’quv yurtlarida sinf, guruh ichida boshqa o’quvchilarga 
nisbatan bilimi kuchli, zukko o’quvchilarni auditor deb ham atashgan. Shu toifadagi 
o’quvchilarga boshqa o’quvchilarning darslarni qanday bajarayotganligini, bilimlarni 
qay darajada o’zlashtirayotganligi kabilarni tekshirish vazifalari yuklatilgan. Mana 
shu holatdan ko’rinib turibdiki, auditorni mijozning moliya-xo’jalik faoliyatini 
tekshirib, uning ishonchini qozonadigan shaxs desa ham bo’ladi. 
Bozor infratuzilmasi unsurlari ichida auditorlik kompaniyalarining roli va 
tutgan o’rni alohida ahamiyatga ega. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, 
Angliya va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ham ma’lumki, auditorlik 
kompaniyalari bozor infratuzilmasi unsurlarining zanjirli tizimida asosiy xalqalardan 
biri bo’lib hisoblanadi. Auditorlik kompaniyalari korporatsiyalar, firmalar va boshqa 
xo’jalik yurituvchi tuzilmalarning ishlab chiqarish, moliya-xo’jalik faoliyatida 
muomalalarning to’g’ri amalga oshirilganligini tasdiqlab, mijozlarning ularga bo’lgan 
ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. 
Auditorlik firmalari bozor infratuzilmasining eng muhim unsurlaridan biri 
bo’lib, ular mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida 
mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradi. 



Audit – xo’jalik yurituvchi sub’ektni mustaqil ekspertiza va moliyaviy 
hisobotini tahlil etuvchi tashkilotdir, buni shunga vakil qilingan shaxslar – auditorlar 
(auditorlik firmalari) bajaradi. 
Fanning predmeti xalqaro auditorlik standartlarini ishlab chiqish va auditorlik 
faoliyatini unifikatsiyalash masalalari hisoblanadi. Fanning metodi analiz, sintez, 
induktsiya, deduktsiya va boshqa usullar hisoblanadi.
Auditning respublikamizda vujudga kelishi hamda keng tarqalishiga sabab, 
avvalo turli xil mulkchillikka asoslangan hamda tashkiliy-huquqiy shakllari turlicha 
bo’lgan korxonalarning paydo bo’lishidir. Ko’p ukladli iqtisodiyot sharoitida har bir 
mulkdor, har bir investor o’z mablag’larining qay holatda ekanligini va ulardan 
qanchalik daromad topayotganligini aniqlash maqsadida auditorning xizmatiga 
ehtiyoj sezadi. Shu boisdan auditorlik faoliyati bozor iqtisodiyotining eng muhim 
qismlaridan biridir. 

Download 1.06 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish