|
1-Mavzu: Matematik analiz fanining predmeti. Tarixiy ma’lumotlar. Fanning rivojlanish tendensiyalari. Oʻzbekistonda matematik analiz faninig rivoji. Matematik analizning akademik litsey va umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan matematika kursi bilan
|
Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 11,18 Kb. | | #118263 |
Bog'liq Matematik analiz fani nimani o’rganadi-fayllar.org
Matematik analiz fani nimani o’rganadi
1-Mavzu: Matematik analiz fanining predmeti. Tarixiy ma’lumotlar. Fanning rivojlanish tendensiyalari. Oʻzbekistonda matematik analiz faninig rivoji. Matematik analizning akademik litsey va umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan matematika kursi bilan aloqadorligi.
REJA
Matematik analiz fani nimani o’rganadi.
Matematik analiz fani haqida tarixiy ma’lumotlar.
Matematika tarixidan qisqacha ma’lumot.
Tayanch so’z va iboralar: Matematik analiz fanining predmeti, rivojlanish tendensiyalari
Matematika fani miqdorlar haqidagi aniq abstrakt fan bo'lib, u tevarak-atrofimizni qurshab olgan moddiy dunyoning miqdoriy munosabatlarini va fazoviy shakllarini o'rganadi. Uning aniqligi qoilaydigan metodlarining qat'iy mantiqiy mulohazalarga asoslanganligi va xulosalarining qat'iy mantiqiy shaklda jamlanganligi bilan tavsiflanadi, abstraktligi esa tushunchalarining u yoki bu tabiiy (fizika, kimyoviy, biologik, iqtisodiy va hokazo) jarayonni analiz qilish maqsadida yaratilgan mantiqiy modellar ekanligi bilan xarakterlanadi.
Matematikaning fan sifatida shakllanishida va tarixiy taraqqiyoti jarayonida geometriya hamda fizikaning, ayniqsa, mexanikaning xizmatlari beqiyos darajada katta bo'Igan. Buning dalili sifatida asosiy matematik tushunchalarning kelib chiqishiga bir nazar tashlash kifoya. Narsalarni sanash, geometrik va fizik kattaliklarni o'lchash jarayonida son tushunchasi, moddiy nuqtaning mexanik harakatini o'rganish jarayonida esa funksiya tushunchasi paydo bo'Igan. Harakatdagi moddiy nuqtaning oniy tezligini aniqlash masalasi hosila tushunchasiga, hosilalarni hisoblash masalasi esa funksiya limiti va uzhiksizligi tushunchalariga olib keldi. Harakatdagi moddiy nuqtaning tezligiga ko'ra uning harakat qonunini tiklash masalasi boshlang'ich funksiya va aniqmas integral tushunchalarining, egri chiziqli trapetsiya yuzini hisoblash va harakatdagi moddiy nuqtaning berilgan vaqt oralig'ida bosib o'tgan yo'lini hisoblash masalalari esa aniq integral tushunchasining vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Siz bu tushunchalar bilan dastlabki tarzda maktab, kollej, litsey matematika kurslarida tanishgansiz.
Oliy ta'lim muassasalarida o'qitiladigan fizika va astronomiyaga oid fanlar yuqorida aytilgan matematik tushunchalarni mukammal bilishni va boshqa bir qator yangi mamematik tushunchalami va matematik metodlarni o'rganishni talab qiladi.
Matematik analizda funksiyalar va ularning umumlashmalari (funksionallar, operatorlar va boshqalar) limitlar metodi (cheksiz kichiklar metodi) vositasida analiz qilinadi. Biz o'rganadigan matematik analiz kursi to'plamlar va ular ustida amallar, haqiqiy sonlar nazariyasi, limitlar nazariyasi, differensial va integral hisob, qatorlar nazariyasi, oddiy differensial tenglamalar, kompleks o'zgaruvchining funksiyalari nazariyasi elementlari, Furye qatorlari va integrallari kabi asosiy mavzulardan tashkil topgan. Uning o'qitilishidan ko'zda tutilgan asosiy maqsad, birinchidan, talabalarda fizika va astronomiyaning turli sohalarida differensial va integral hisobdan foydalanish ko'nikmalarini hosil qilish, ikkinchidan, talabalarni matematikaning matematik-fizika metodlari, kompleks analiz, funksional analiz, differensial va integral tenglamalar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi kabi jiddiy bo’limlarini o'rganishga tayyorlashdan iborat.
Matematik analiz fani oliy matematikaning asosiy va ayni vaqtda, birinchi kurs talabalari duch keladigan dastlabki jiddiy bo'limi bo'lib, u universitetlaming, pedagogika universiteti va institutlarining matematika, fizika, mexanika-matematika, fizika-matematika fakultetlarida, tegishli o'quv dasturlari asosida alohida predmet sifatida o'qitiladi. Shuningdek, texnika, iqtisodiyot, qishloq xo'jaligi va harbiy oliy ta’lim muassasalari talabalari ham oliy matematika kursini o'rganish jarayonida matematik analiz asoslari bilan tanishadilar.
«Matematik analiz» degan atama predmetning asl mohiyatini to'laroq aks ettiradigan «cheksiz kichiklar yordamida analiz qilish» degan iboraning so'nggi vaqtlardagi qisqa ko'rinishi bo’lib, unda funksiyalar va ulaming umumlashmalari (funksionallar, operatorlar va boshqalar) cheksiz kichiklar metodi yordamida analiz qilinadi. Bu fan XVII asrda paydo bo’lgan bol’ib, unga buyuk ingliz fizigi va matematigi I.Nyuton (1643—1727) va nemis matematigi G.Leybnits (1646—1716) asos solganlar. Ular matematik analizning asosini (differensial va integral hisobni) yaratdilar. Albatta, hali u paytda differensial va integral hisobning biz o'rganadigan hozirgi qat'iy matematik nazariyasi vujudga kelmagan edi. Bu nazariya XIX asrning ikkinchi yarmida (fransuz matematigi O.Koshi (1789—1857) tomonidan limit tushunchasining aniq ta'riflanishi munosabati bilan qisqa vaqt ichida nemis matematiklari K.Veyershtrass (1815—1897), R.Dedekind (1831 — 1916) va G.Kantor (1845—1918) lar bir-birlariga bog'liq bo’lmagan ravishda haqiqiy sonning o'zaro teng kuchli bo’lgan turli nazariyalarini yaratganlaridan so'ng, bir qancha olimlarning ilmiy-uslubiy izlanishlari natijasida paydo bo’lgan.
Matematik adabiyotlar ichida matematik analizga oid bir qancha klassik va zamonaviy adabiyotlar mavjud. Ularning ko'pchiligi u yoki bu ixtisoslikning o'ziga xos jihatlarini aks ettiruvchi dasturlar asosida rus tilida yaratilgan yoki xorijiy tillardan rus tiliga tarjima qilingan adabiyotlardir. Ko'p yillik pedagogik faoliyatimizdan ma'lumki, o'zbek tilida ta'lim olayotgan birinchi kurs talabalarining aksariyati rus tilida yozilgan yoki rus tilidan o'zbek tiliga taijima qilingan adabiyotlardan foydalanishda ma'lum qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklami bartaraf qilish maqsadida so'nggi yillarda oliy matematikaning turli bo'limlari, xususan, matematik analiz bo'yicha o'zbek tilida bir nechta o'quv qo'llanma va darsliklar nashr qilindi. Ular oliy ta'lim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlarning matematik salohiyatini zamonaviy talablar darajasiga ko'tarishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
Matematika tarixidan qisqacha ma’lumot. Matematika so’zi yunoncha fan, bilim so’zidan hosil bo’lgan. Matematikaning fan sifatida shakllanishini eramizdan avvalgi VI-V asrlarga ta’aluqli deyish mumkin, bu davrga qadar esa boshlang’ich ma’lumotlar to’planib borilgan. Shu to’plangan ma’lumotlar asosida arifmetika va geometriya fanlari yuzaga kelgan. Algebraning fan sifatida shakllanishi ko’p mamlakatlar va xalqlarning so’ngi ikki ming yillar davomidagi ishlar yakunidir.
IX asrning birinchi yarmida yashagan o’rta Osiyolik olim Muxammad Muso al-Xorazmiy birinchi bo’lib algebraning to’la mazmunini aniqlab berdi. Uning “Al-jabr val-muqobala” asari bu fanga algebra nomini berdi. IX-XII asrlarda turli tenglamalarni yechish usullarini O’rta Osiyolik Abu Rayxon Beruniy va Umar Xayyomlar ko’rsatib berdilar.
XIV asr davomida harfiy algebraning kelib chiqishi tufayli funktsiya tushunchasining taraqqiyotida yana bir qadam qo’yildi.
Frantsuz faylasufi va matematigi Rene Dekart (1596-1650) algebra va geometriya fanlarining bir-biri bilan uzviy bog’lanishda ekanligini va o’zgaruvchi miqdorning ahamiyati haqidagi fikrlarni olg’a suradi.
XVII asrga kelib elementar matematikadan iborat bo’lgan bilimlar shu davr taraqqiyotining talab va ehtiyojlariga to’la javob berolmas edi. Natijada, XVII asrdan boshlab matematika taraqqiyotida yangi davr o’zgaruvchi miqdorlarni o’rganish davri boshlandi. Bu davrga kelib Rene Dekart va boshqa matematiklarning ishlarida funktsiya tushunchasi kiritila boshlandi.
XVII asrning oxirida mashhur nemis matematigi G.Leybnits (1646-1716) va uning shogirdlari “funktsiya” atamasini qo’llay boshladilar, lekin ularni geometrik tushunchalarga ta’aluqli holda olib bordilar.
Iogann Bernulli (1667-1748) funktsiya ta’rifini geometrik tildan ozod holda kiritadi. ”o’zgaruvchi miqdor va o’zgarmaslardan turli usullar bilan hosil qilingan miqdorga o’zgaruvchining funktsiyasi deyiladi”. Bernullining bu ta’rifi faqat Leybnits ishlariga emas, balki mashhur ingliz matematigi va fizigi Isaak Nuyutonning (1642-1727) ishlariga ham asoslangan edi.
Rus geometrigi N.I.Lobachevskiy (1792-1856) turli matematiklarning funksiya hakidagi mulohazalarini yakunlab, quyidagi ta’rifni keltiradi: agar miqdorning har bir qiymatiga u miqdorning ma’lum bir qiymati mos kelsa, u holda miqdor o’zgaruvchi miqdorning funksiyasi deyiladi.
XIX asrning ikkinchi yarmida funktsiyaning ma’lum ta’riflari ko’pchilik matematiklarga uncha umumiy emasligi sezildi. Natijada funktsiyaning umumiy ta’rifi yuzaga keldi. Bu ta’rifni to’plamlar nazariyasining asoschisi G.Kantor (1845-1918) va R.Dedekind (1831-1916) lar berishdi: va ikkita to’plam berilgan bo’lsin. Agar to’plamning har bir elementiga to’plamning ma’lum y elementi mos qo’yilgan bo’lsa, u holda ni ga akslantirish berilgan deyiladi. Bu y element ning f akslantirishdagi aksi deyiladi va f() orqali belgilanadi. Agar va haqiqiy sonlardan iborat bo’lsa, u holda haqiqiy argumentli funktsiya berilgan deyiladi.
Haqiqatan, G.Leybnits 1682-1686 yillarda differentsial va integral hisobga oid maqolalar bosib chiqardi. Undan avvalroq 1670-1671 yillarda I.Nuyuton differentsial va integral hisobni ishlab chiqdi. Shunday qilib, Nuyuton va Leybnits bir-biridan mustaqil tarzda differentsial va integral hisobning asosiy tushunchalarini differentsiallash va integrallash amallarini kiritdilar va asosiy munosabat “Nyuton-Leybnis formulasi”ni yaratdilar.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari dasturlarida “matematik tahlil” kursining ba’zi bir bo’limlari mustahkam o’rin olayapti. SHu tufayli akademik litsey va kasb-hunar kollejlari matematika kursida faqat funktsiya haqida boshlang’ich tushunchalar emas, balki asosiy elementar funktsiyalar, ularni differentsial hisob usullari yordamida o’rganish, integral hisob tushunchalari bilan tanishtiriladi.
SHuning uchun akademik litsey va kasb- hunar kollejlari matematika o’qituvchilari “Matematik tahlil” kursida beriladigan asosiy ta’rif va tushunchalarni, teorema va qoidalarni sinchiklab o’rganishlari lozim.
Savollar
Matematik analiz fani nimani o’rganadi?
Matematik analiz fani haqida tarixiy ma’lumotlarni bilasizmi?
Matematika tarixidan qisqacha ma’lumot bering.
Foydalanilgan adabiyotlar
Toshmetov O’., Turgunbayev R., Saydamatov E., Madirimov M. Matematik analiz I-qism. T.: “Extremum-Press”, 2015. -5-12 bb.
Claudia Canuto, Anita Tabacco Mathematical analysis. I. Springer-Verlag. Italia, Milan. 2008.- 9-12p.
Xudayberganov G., Vorisov A., Mansurov X., Shoimqulov B. Matematik analizdan ma’ruzalar. I T.:«Voris-nashriyot». 2010 y.3–16 b.
http://fayllar.org
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-Mavzu: Matematik analiz fanining predmeti. Tarixiy ma’lumotlar. Fanning rivojlanish tendensiyalari. Oʻzbekistonda matematik analiz faninig rivoji. Matematik analizning akademik litsey va umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan matematika kursi bilan
|