• Operatsion audit
  • ««xalqaro audit»




    Download 1.06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/61
    Sana27.03.2023
    Hajmi1.06 Mb.
    #46852
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
    Bog'liq
    ««xalqaro audit»1
    ANVAR, Документ Microsoft Word, Academic-Data-376191100557, SDOC-53C0F0BEE871B6AB20DAE02B013F8AB3-03-15-SI, KKH, Toshnazarov Navro’z Elmurod o’g’li, Taqriz maktab, BMI text, 0. Shaxsiy ish reja 2022-2023-yil, Bimetalic and monometalic money standard, ОАУ, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi, Lesson 3, Mavzu. Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiktisodiy m
    Tashqi audit - xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va 
    moliyaviy hisobotining haqiqiyligini ob’ektiv baholash maqsadida shartnoma asosida 
    auditorlik kompaniyalari yoki yakka auditorlar tomonidan o’tkaziladi. Tashqi 
    auditning asosiy xususiyatlaridan biri – bu mijoz korxonaga nisbatan hech qanday 
    manfaati bo’lmagan, ya’ni uning mulkdori, ta’sischisi, boshlig’i yoki boshqa 
    lavozimida ishlamaydigan, mustaqil, xolis auditor tomonidan o’tkazilishidadir. 
    Agarda auditor tekshirayotgan korxonaning mulkdori, ta’sischisi, boshlig’i yoki 
    boshqa lavozimida ishlaydigan shaxsi bo’lsa, u holda auditorlik faoliyati uchun 
    berilgan litsenziya bekor qilinishi ham mumkin.
    Tashqi audit korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini baholash hamda uning 
    moliyaviy hisobotini tasdiqlash uchun o’tkaziladi. Bundan tashqari tashqi audit 
    xo’jalik yurituvchi sub’ektning xarajatlarini minimallashtirish va foydani 
    maksimallashtirish maqsadida ularning faoliyatini yaxshilash, hisob ishlarini tashkil 
    qilish va qayta tashkil qilish, hisob oshlarini yuritish, soliqqa tortish bo’yicha takliflar 
    beradi. 
    Tashqi audit natijalari korxonaning buxgalteriya hisobi holati, ichki nazorat 
    tizimi ahvoli, yillik moliyaviy hisoboti ishonchliligini tasdiqlovchi xulosada bayon 
    qilinadi. Bundan tashqari, tashqi audit natijalari loyihalar, sxemalar, biznes-rejalar
    ma’lumotnomalar ko’rinishida taqdim etilishi mumkin. 


    11 
    Auditorlik tekshiruvi o’tkazilishining majburiy yoki majburiy emasligiga ko’ra 
    2 ga bo’linadi: 
    1. 
    Majburiy audit; 
    2. 
    Tashabbuskorlik auditi.
    Xalqaro amaliyotda auditning uchta turi alohida ajratib ko’rsatiladi: 
    1. 
    Operatsion audit; 
    2. 
    Mos keluvchanlik auditi; 
    3. 
    Moliyaviy hisobotlar auditi. 
    Operatsion auditda barcha xo’jalik muomalalari va jarayonlari, ularning ish 
    samaradorligiga va unumdorligiga bo’lgan ta’siri o’rganiladi. Operatsion auditda 
    unumdorlik va samaradorlik ko’rsatkichlari, qimmatli qog’ozlar hamda moliyaviy 
    tizimga rioya qilishning buxgalteriya tamoyillariga mos kelishi nuqtai nazaridan ham 
    ko’rib chiqiladi. 
    Mos keluvchanlik auditi – bu xildagi tekshirishda audlitning mamlakat 
    miqyosidagi qonunlarga, shuningdek, barcha me’yoriy hujjatlarga mos kelishi yoki 
    kelmaslik sabablari o’rganiladi. Masalan, korxona faoliyatini auditorlik tekshirishdan 
    o’tkazishda uning korxona Nizomiga yoki mavjud yo’riqnomalarga mos bo’lishini 
    tekshiruvdan o’tkazish. 
    Moliyaviy hisobotlar auditi – bunday tekshiruv moliyaviy va buxgalteriya 
    xodimlari tomonidan o’tkazilib, asosan korxonaning to’lov qobiliyati moliyaviy 
    natijalar, sotish jarayonlarining hisobotlarda qanchalik darajada aks ettirilganligi 
    tekshiriladi. 
    Auditorlik tekshiruvi o’tkazilishining davriyligiga ko’ra ikkiga bo’linadi: 
    1. 
    Dastlabki audit; 
    2. 
    Davriy audit. 
    Dastlabki audit auditor yoki auditorlik tashkiloti tomonidan ushbu korxonani 
    birinchi marta tekshirishni anglatadi. 
    Davriy audit takroriy shartnomalar orqali bir korxona bitta auditor yoki 
    auditorlik firmasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa, albatta, mijozning malakali 


    12 
    auditor bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga bo’lgan qiziqishidan kelib chiqadi. 
    Davriy audit dastlabki auditga nisbatan ancha ustundir. 

    Download 1.06 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




    Download 1.06 Mb.
    Pdf ko'rish