Vengriyada musiqa ta`limi tizimi




Download 208,85 Kb.
bet10/12
Sana11.02.2024
Hajmi208,85 Kb.
#154650
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1.2.2

Vengriyada musiqa ta`limi tizimi


Vengriyada musiqiy tarbiya sohasida erishilgan asosiy yutuqlar zamonaviy venger asoschilaridan biri, kompozitor, xalq og`zaki ijodi
bilimdoni, musiqashunos, pedagog Zoltan Koday (1882-1967) nomi bilan bog`liqdir. Bolalarning musiqiy tarbiya sohasidagi o`zining faol va sermahsul faoliyatini Zoltan Koday 1920-yillardan boshladi. Z.Kodayning bolalar musiqiy tarbiya tizimi ommaviylik tamoyiliga asoslangan.
Buyuk alloma xor jamoasida qo`shiq aytish hammaga ham mumkinligini alohida ta`kidlagan, keng ommani xor ijrochiligiga jalb etib, bu ishga alohida diqqat va e`tiborni talab qildi. Uning butun musiqiy ta`lim jarayoni xalq kuylariga asoslangan. Koday ommaviy venger maktabiga "Tonika-sol-fa" usulini kiritdi. Uning g`oyalari ikkinchi jahon urushidan so`ng ommalashib ketdi. Koday metodi - bu yaxlit tizim bo`lib: relyativ (nisbiy) solmizatsiya, kuylayotgan o`quvchilarga qo`l harakati yordamida beradigan ko`rsatmalar, venger xalq qo`shiqlari, musiqani chuqur o`rganishga yo`naltirilgan umumta`lim maktablari, xor sinflari hamda guruhli kuylashdan iborat.
Unutmaslik kerakki, Koday metodi haqida gap ketganda so`nggi musiqiy tarbiya qonsepsiyasi haqida, uni hayotga tadbiq etish yo`llari to`g`risida bormoqda. Bularni Z.Koday turli manbalardan olib, venger musiqasi xususiyatlariga moslashtirdi.
Guruhli kuylash Vengriyada, haqiqatdan, umumxalq jarayoni bo`lib, bunga musiqa savodxonligi, nota bo`yicha qo`shiq ayta olishga yordam beradi. Z.Kodayning "2000-yilga kelib, har bir umumta`lim maktabini bitirgan usmir notani erkin o`qiy oladi" - degan orzusi amalga oshmoqda.
Vengriyada musiqiy tarbiya yuqori darajadadir. Butun mamlakatdagi umumta`lim maktab tizimining asosi 8 yillik to`liqsiz o`rta maktab bo`lib, uni bitirgan o`quvchilar 4 sinfli gimnaziyaga o`tadilar. Birinchi sinfda bolalar haftada 2 marta 0,5 soatdan, 2-7-sinflarda esa haftada 2 soat "Musiqa" o`quv fani bilan shug`ullanadilar.
Bundan tashqari, har hafta ikki soat orkestr mashg`ulotlariga ajratilgan. Gimnaziyaning 3-4-sinflarida o`quvchilar musiqa adabiyoti bilan tanishish va birorta musiqa cholg`usini o`zlashtirish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Umumta`lim maktablari orasida "Musiqa qo`shiqchiligi" to`liqsiz o`rta maktablari, ya`ni musiqani chuqur o`rganishga qaratilgan umumta`lim maktablari keng joriy etilgan. Ularda 1-4-sinf o`quvchilari haftada 6 soat, 5-7-sinflarda esa 4 soat musiqa va 2 soat xor mashg`ulotlari bilan shug`ullanadilar. Maktablarda, shuningdek, fortepiano, skripka, puflama musiqa cholg`ulari sinflari mavjud.Bunday maktablardagi sinflarda o`quvchilar soni umummaktab, sinfidagi bolalar soniga nisbatan kamroq, ya`ni 26 o`quvchidan ortmaydi. Bundan tashqari ularda umumta`lim yo`nalishdagi o`quv fanlarining soni ham qisqartirilgan.
Boshlang`ich sinflarda barcha o`quv fanlaridan bilim berayotgan o`qituvchi musiqa darsini ham o`tadi. 5-8-sinflarda bu darslarni musiqa mutaxassisi olib boradi. Bolalarning musiqa savodini chiqarishda ustoz tomonidan qo`l harakatlari, maxsus imo-ishoralar qo`llaniladi.
Relyativ solminizatsiyani chuqur o`rgangandan so`ng, o`quvchilar mutlak tizimga o`tadilar. Musiqa ta`limini berish, shu jumladan musiqa o`quvini rivojlantirish uslubiyoti, asosan, bolalar ongining o`ziga xos tomonlarini hisobga olgan va ularga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Umumta`lim maktablarida fortepiano, fleyta, yogoch simbala va ayrim urma cholg`ulardan foydalaniladi. Koday tizimi, ayniqsa, musiqani chuqur o`rganishga yo`naltirilgan va umumiy ta`lim maktablarida o`zining yorqin ifodasini topmoqda.
Har kungi musiqa darslari bolalarda usullarni ajrata bilish tajribasini, xotira, his-tuyg`ularni rivojlantiradi. 14-18-yoshdagi o`quvchilar ta`lim oladigan gimnaziyalarda musiqa tarixi fani o`rganiladi, barcha janr, uslub va davrdagi musiqa asarlari eshitiladi, shuningdek, sinfdan tashqari ishlaydigan xor va orkestr jamoalarida faoliyat ko`rsatadilar.
Vengriyada maxsus musiqa ta`limi beradigan gimnaziyalar ham mavjud. Bunday gimnaziyalar bitiruvchilari, aksariyat hollarda boshlang`ich sinf musiqa o`qituvchilari bo`lib ishlaydilar. Shuningdek, Vengriyada bir nechta musiqa bilim yurtlari ham mavjud. Mazkur o`quv yurtlarida o`quvchilar umumta`lim fanlari bilan birga biror musiqa cholg`usini, solfedjio, garmoniya, guruhli kuylashni o`rganishadi. Gimnaziya bitiruvchilari o`qishni (ta`lim olish muddati 3 yildan 5 yilgacha bo`lgan) Ferens List nomidagi Musiqa akademiyasida davom ettirishlari mumkin.

  1. yillik kurslarda umumta`lim maktablari uchun solfedjio, qo`shiq, biror musiqa cholg`u ijrochiligi bo`yicha, mutaxassis o`qituvchi tayyorlanadi. 5 yillik ta`lim esa oliy malakali o`qituvchi va ijrochi artistlarni tayyorlaydi.

Bundan tashqari Vengriyada yuqori sinf musiqa o`qituvchilari tayyorlaydigan 4 yillik oliy o`quv yurtlari mavjud bo`lib, bu yerda o`quvchilar muayyan musiqa ixtisosligi bilan birga ikkinchi mutaxasislik (masalan: musiqa va tarix, musiqa, til va boshqalar)ni egallaydilar.
Z.Koday tizimi Vengriyadagi musiqa ta`limi va tarbiyasining barcha bosqichlarida joriy etilmokda. Vengriya musiqashunos pedagoglarining tajribasi dunyoning ko`pgina malakatlarida jumladan, O`zbekistonda ham musiqashunos va pedagogika mutaxasislari tomonidan katta qiziqish bilan o`rganilmoqda.
Z.Koday tizimi turli milliy madaniy an`analarga muqim ravishda moslashib bormoqda va shuning uchun u jahonning aksariyat mamlakatlarida keng miqyosda ommalashib ketdi.
Vengriyada butun xalq musiqiy savodini chiqarish vazifasi muvaffaqiyat bilan hal etilmoqda. Bunda, musiqani chuqur o`rganishga yo`naltirilgan umumta`lim mamlakatlarida xor kuni o`tkaziladigan musiqa darslari katta ahamiyat kasb etmoqda.
Guruhli kuylash Vengriyada, chindan ham, umumxalq jarayonidir, bunga odamlarning musiqa savodxonligi, notaga qarab kuylash malakasi ta`sir ko`rsatmokda.

Download 208,85 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 208,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vengriyada musiqa ta`limi tizimi

Download 208,85 Kb.