|
Ortiqova Mahliyo 21-raqam 1-mavzu
|
Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 10,21 Kb. | | #109462 |
Bog'liq Savol -javob
Ortiqova Mahliyo 21-raqam 1-mavzu
Dislaliyada logopedik ta’sirning tayyorlov bosqichi.Dislaliyada nutqga tovush qo‘yish, avtomatlashtirish va farqlash.
Savol-javob
1.Buzilgan tovushlarning soniga qarab dislaliya necha turga bòlinadi?
J: 2 turga bòlinadi: oddiy va murakkab
2.Ma'lum tovushlar grupgasiga tegishli bo'lishiga kòra dislaliya necha shaklga bòlinadi
J:5 shaklda bòladi
3.Sonor tovushlar qaysi
J:L,m,n,y
4.Affirikat tovush qaysi?
J:"Ch" tovushi
5. B tovushini p tovushiga ga , d tovushini t tovushiga almashtirilishi qaysi dislaliya turiga kiradi?
J:Jaranglatish nuqsonlari
6.Oddiy dislaliyada mashĝulotlar davomiyligi qancha bòladi?
J:1 oydan 3 oygacha
7. Tayyorlov bosqichining asosiy masalasi nima?
J:Tayyorlov bosqichining m u h im m asalalaridan biri erkin diqqat, xotira,fikrlash operatsiyalarini, analiz va sintez, taqqoslash, xulosa chiqarish operatsiyalarini rivojlantirishdir
8.Logopedik ta'sir necha bosqichdan iborat?
J:Logopedik ta’sirning t vazifa va maqsadlaridan kelib chiqib, quyidagi bosqichlarga ajratishni muhim deb topildi; tayyorlov bosqichi boshlangich talaffuzda bilim va ko‘nikma (malaka)larni shakllantirish bosqichi.
9.Koartikulatsiya nima?
J: Lab va til harakat mashqlarini birga olib borish zarur, chunki bu organlar tovushlarni talaffuzida birgalikda ishtirok etishadi, bir-biriga moslashadi
10. Qòziqorin artikulatsion mashqi qaysi artikulatsion mashq turiga kiradi?
J:Dinamik artikulatsion mashqi
11.Og'iz keng ochiladi, til keng chiqarilib yuqoriga ko‘'tariladi. Til yuqori tishlar tomon olib boriladi, lekin ularga tekkizilmaydi. S hu holda til 10- 15 daqiqa ushlab turiladi . Qaysi artikulatsion mashq tavsiflanadi?
J:Kosacha artikulatsion mashqi
12. Tovushlarni nutqqa qo'yishning 3 usuli kim tomonidan fanga kiritilgan?
J: F.F.Rau
13. Qaysi usulda bola akustik tayanch dan tashqari kòrish ,ta'til, fikrlash sezgilaridan ham foydalanadi?
J: Taqlid usuli
14.Qaysi usulda bolaning artikulatsion organlari logoped harakatlariga bo'ysunadi, bola mustaqil amalga oshira olmaydi?
J: Mexanik usulda
15.Aralash usulda qaysi usul asosiy rolni òynaydi ?
J: Taqlid usuli
16.Tovushni nutqqa kiritish bosqichi nima deb ataladi?
J: Avtomatizatsiya
17. Qaysi tovushining talaffuzini to'g'ri shakllantirish uchun lablar biroz oldinga chiqariladi va aylana shakliga keltiriladi.Tishlar bir-biriga yaqinlashgan, tilning keng uchi qattiq tanglayning old qismida ko'tarilgan bo'lib, chuqurcha hosil qilinadi.Tilning yon qismi esa tepa jag' tishlarga jipslashadi. Havo oqimi tilning old qismi va yuqori tanglay o'rtasida hosil bo'lgan kovakchadan o'tadi.
J: "ch" tovushi
18."ch" tovushini maqolalarda mustahkamlashga misol keltiring
J:Do'stlik sinovda chiniqadi.
* * *
Do'stlik barcha boylikdan afzal.
* * *
Do'st - do'stning tayanchi.
* * *
Birlashgan kuch yengilmas.
19.Lablar biroz ochiq, harakatsiz bo'ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, ammo tegmaganholatda. Til uchi yuqori tanglay tomon ko'tariladi va til uchida biroz chuqurchapaydo bo'ladi. Shu chuqurchadan chiqqan havo oqimi til uchini titratib o'tadi va titroq tovush hosil qiladi. Tilning orqa qismi pasaygan holatda bo'ladi. Ovoz paychalari jipslashib titraydi va chiqayotgan tovush oqimi kuchli bo'ladi. Qaysi tovush profili tasvirlangan?
J: "r" tovushi
20.: "r" tovushini she'rlarda mustahkamlashga misol keltiring
J: Ham nordon, ham shirinman,
Po'stimda yashirinman.
Ichim to‘la g‘ij-g‘ij don,
Ko'rsang qolasan hayron.
Ajratib xonalarim,
To'kmay ye donalarim.
21. "S" tovushini topishmoqlarda mustahkamlashga misol keltiring
J:Qog'ozim qora, Qalamim oq ( doska)
Birlashtirib kiyimni, Issiq tutaman sizni.(tugma)
Oyna kabi yaltirar, Ushlasa qo'l qaltirar.
Goh tarnovda osilar. Goh ko'lmakda topilar.(sumalak)
22.Lablar tabassum holatida bo'lib, tishlar kòrinib turadi. Tishlar orasida 1 mm oraliq bor yoki ular biroz jipslashgan. Til uchi pastki tishlarga tiralgan. Tilning oldingi qismida hosil boladi, yon qismlari tishlarga mustahkam yopishib, havo oqiminichetdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.Havo oqimi ariqchadan o'tadi.Kaftimizning tashqi tomoni bilan biz sovuq havo oqimini sezishimiz mumkin. Qaysi tovush profili tasvirlangan?
J: "z" tovushi
23."z" tovushini she'rlarda mustahkamlashga misol keltiring
J: YULDUZLAR
Osmon to'la yulduzlar,
Sanog'iga yetmayman.
Balki sanab yetarman,
Buni sizga aytmayman.
Bog'chada o'rganganim
Shuncha yulduz borligin
Bilmas edim bungacha
24. Lablar oldinga dumaloq shaklda cho'chchaytiriladi.
Yuqori va pastki tishlarimizning orasi biroz ochiq holatda bo'ladi.Tilning uchi pastki tishlarning orqasida erkinholatda bo'ladi, til uchi harakatsiz, hech qanday shakl egallamaydi.Tilning orqa qismi tanglay tomon ko'tariladi.Og'iz bo'shlig'idan chiqayotgan havo to'siqqa uchramaydi. Un paychalari titraydi, ovoz qatnashadi.Qaysi tovush profili tasvirlangan
J: "u" tovushi
25. Titroq tovush qaysi?
J: "r" tovushi
|
| |