• U. Musayevning “To`maris” baleti mavzuidagi dars ishlanmasi.
  • Rus kompozitori P.I.Chaykovskiyning mashhur balet asarlari




    Download 208,85 Kb.
    bet3/12
    Sana11.02.2024
    Hajmi208,85 Kb.
    #154650
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1.2.2

    Rus kompozitori P.I.Chaykovskiyning mashhur balet asarlari



    Bu baletlarni bizning xalqimiz ham yaxshi biladi, sevib tomosha qiladi. Yana XX asrda yaratilgan «Gayane», «Spartak» (A. Xachaturyan), «Bog`chasaroy fontani» (B.Asafev), «Romeo va Juletta» (S.Prokofev) baletlarini ham ko`pchilik biladi.


    Bolajonlar, qani aytinglarchi, bizning o`zbek kompozitorlarimiz ham balet asarlarini yaratganmi?
    O`quvchilar: . . . . ?

    O`qituvchi: Albatta, yaratganlar! Balet san`ati O`zbekistonda ham rivoj topgan. XX asrning 30-yillaridan boshlab «Paxta» (Roslavets), «Orzu» (I.Akbarov), «Sevgi tumori» (M.Ashrafiy), «Tanovar» (A.Kozlovsikiy) kabi baletlar yaratildi. 80-yillarda o`zbek bastakori Ulug`bek Musayev tomonidan yaratilgan «Hind dostoni» va «To`maris», Avaz Mansurovning bir pardali «Sharq afsonasi» baletlari el og`ziga tushdi. 90-yillarda esa Mustafo Bafoyev «Ulug`bek burji» va «Nodira» milliy raqs uslubidagi baletlarini yaratdi.


    U. Musayevning “To`maris” baleti mavzuidagi dars ishlanmasi.


    Bugundan boshlab biz sizlar bilan yuqorida tilga olingan o`zbek bastakori Ulug`bek Musayev tomonidan yaratilgan «To`maris» baleti bilan tanishib, uni o`rganishni boshlaymiz.
    Bolajonlar, sizlar adabiyot darsida «To`maris» dostoni bilan tanishgansizlar. Qani menga «To`maris» dostoni haqida kim gapirib bera oladi?
    O`quvchi: To`maris ayol kishi bo`lgan. U malika bo`ladi. To`maris qaysidir shaxsga qarshi kurashadi.
    O`quvchi: To`maris ahmoniylar podshosi Kirga qarshi kurashadi.
    O`qituvchi: To`maris o`z-o`zidan u shaxsga qarshi kurashadimi yoki qandaydir sabab bo`ladimi?
    O`quvchi: O`sha shoh saklar yerini bosib olmoqchi bo`ladi, o`z yerlarini saqlab qolish uchun To`maris unga qarshi kurashadi.
    O`quvchi: To`maris mard, jasur, qo`rqmass ayol bo`ladi. U o`z yerlarini saqlab qolish uchun xalqini, vatanini himoya qilib kurashadi.
    O`qituvchi: Juda ham to`g`ri, bolajonlar, sizlar «To`maris» dostonini katta qiziqish bilan o`zlashtirgan ekansizlar. Yuqoridagi fikrlaringizni umumlashtirib, men sizlarga «To`maris» dostonini eslatib o`tmoqchiman.
    To`maris mard, jasur Sharq ayoli. U massagetlar malikasi va massagetlar qo`shiniga qo`mondonlik qilar edi. Ahmoniylar podshosi Kir uni o`ziga mahramlikka so`rab sovchi yuboradi. Ammo bu soxta muhabbatning tagida hali aytib o`tganingizdek, massagetlar yerini ishg`ol qilish yetar edi. To`maris Kirning yovuz niyatini bilib qolib, unga rad javobini beradi. Bundan g`azablangan Kir, yovuz niyatini amalga oshirish maqsadida, massagetlar yeriga bostirib kirish harakatiga tushadi. To`maris va Kir o`rtasida ayovsiz qonli janglar bo`lib o`tadi. Bu urushda To`marisning yakkayu- yagona o`g`li Spargandan ayriladi. Kir uni nayrang yo`li bilan asir qilib oladi. Lekin To`maris o`z Vatani va xalqini o`g`lining boshiga almashishdan bosh tortadi, qo`shinlar o`rtasida ayovsiz urushlar davom etadi. Ahmoniylar ko`p qo`shinidan ajraladi va Kirning o`zi halok bo`ladi. To`maris nomard Kirning kallasini tanasidan judo qilib, qon to`ldirilgan meshga tiqib qo`yadi. Shunday qilib, mard, jasur Sharq ayoli To`maris tarixda o`zining qahramonligi bilan hammamizga o`rnak bo`lib kelmoqda.
    Mana shu doston asosida o`zbek kompozitori Ulug`bek Musayev
    «To`maris» baletini yozganlar. (Iste`dodli kompozitor haqida bayon qilib
    berdik). Mana, bolajonlar, endi sizlar o`zbek kompozitori Ulug`bek Musayev haqida ham bilib oldingiz. «To`maris» dostonini ham eslab oldingizlar. Endi sizlarga shunday topshiriq beriladi: -tasavvur qiling, sizlarning har biringiz kompozitorsiz. Siz hozir «To`maris» baletini yozishingiz kerak. Buning uchun har bir o`quvchi berilgan topshiriqlarni o`z vaqtida bajarishi lozim (barcha o`quvchilarga bir varaqdan oq qog`oz berildi). qo`lingizdagi oq varaqning yuqori qismiga «To`maris» baletidagi ijobiy qahramonga, xususan To`maris obraziga xos xususiyatlar haqida 4-5 tadan so`z yozasiz, uni har kim mustaqil yozadi (buning uchun ikki minut vaqt ajratildi, ya`ni o`tgan shu ikki minut davomida o`quvchilar mustaqil fikr yuritdilar, o`z aqlari bilan ish ko`rdilar); -endi ikkinchi vazifa. Bunda har ikki qo`shni partadagi o`quvchilar birgalikda ijobiy obrazga xos xususiyat, ya`ni To`maris obrazi balerina tomonidan qanday harakatlar orqali ifodalab berilganligi haqida o`ylab ko`ringizlar. (Buni endi o`quvchilar guruhlarga bo`linib, bamaslahat hal qiladilar va vazifaga ajratilgan 5 minut vaqt o`tgan, guruhdagilardan bir kishi kelishilgan holda chiqarilgan xulosani bayon qiladi. Shu tariqa barcha guruhdagilar o`z fikrlarini bayon qiladilar).
    Shundan so`ng o`qituvchi berilgan javoblarni umumlashtirib, unga ayrim qo`shimchalar kiritdi.
    Endi o`qituvchi butun sinfga savol tashlaydi, ijobiy obrazni, To`marisning obrazi qanday musiqa orqali tasvirlanishi lozim.

    Download 208,85 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 208,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rus kompozitori P.I.Chaykovskiyning mashhur balet asarlari

    Download 208,85 Kb.