6
-topshiriq
Nazariy qism:
Fotoqarshilik
ni eng ko‘p tarqalgan foydalanilishi – bu yorug‘lik
darajasini
o‘lchash. Qorong‘ilikda uning qarshiligi yetarlicha katta. Qachonki fotoqarshilikka
yorug‘lik tushsa, qarshilik yorug‘lik darajasiga proportsional ravishda kamayadi.
Arduino ga fotoqarshilikni ulanish sxemasi 6.3-chizmada ko‘rsatilgan. Yorug‘lik
darajasini o‘lchash uchun kuchlanishni bo‘lish sxemasini yig‘ish kerak bo‘ladi, unda
yuqori yelka fotoqarshilikdan iborat va pastki yelka esa yetarli darajada katta
qiymatga ega bo‘lgan oddiy qarshilikdan iborat bo‘ladi. 10
kOm li qarshilik
ishlatiladi. Kuchlanish bo‘luvchisining o‘rta yelkasini Arduino ning AO kirishiga
ulanadi
Switch
kaliti uchta pinga ega. 2-pin (o'rtada) umumiy pindir. Kommutator
tutqichining holatiga qarab, u 1 yoki 3-pinga ulanadi:
Tovushni hosil qilishning
eng oddiy varianti
pezonurlatgich
dan foydalanishdir.
Pezokeramik nurlatgichlar (pezonurlatgichlar) - tovushni hosil qilishning
elektroakustik qurilmasi – elektr maydoni ta’siri ostida mexanik deformatsiya’ni
hosil bo‘lishi. Pezonurlatgichlar ikki turda bo‘ladi – joylashtirilgan generator bilan
va generatorsiz. Joylashtirilgan generatorli pezonurlatgichlarga
belgilangan
kuchlanish berilgandan so‘ng ma’lum tondagi signal hosil qiladi. Ular xohishiy
signalni hosil qila olmaydilar. Ularni odatda oddiy ogohlantiruvchi
tovush hosil
qilishda ishlatadilar.
Amaliy qism: