• Ishning maqsadi: Talabalarda ovoz , grafik va matn
  • 1 – Amaliy mashg‘ulot




    Download 197,03 Kb.
    bet1/4
    Sana17.02.2024
    Hajmi197,03 Kb.
    #158083
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-amaliy mashg\'ulot materiali


    1 – Amaliy mashg‘ulot



    Ovoz, grafik va matnli axborotlarni kodlash.



    Ishning maqsadi:

    Talabalarda ovoz, grafik va matnli axborotlarni kodlash
    ko‘nikma va malalakalarini shakllantirish.




    Qisqacha nazariy ma’lumotlar:

    Insoniyat taraqqiyotining asosini axborotni biror maqsadga kо‘ra ishlab chiqish, undan foydalanish va uni saqlash tashkil etadi. Insonning butun hayoti axborotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bilan bog‘langan. Umuman olganda, inson bilimi - bu tо‘plangan va tartiblangan axborotdir.


    Axborotlarni saqlash uchun, ularni kodlashimiz lozim. Har qanday axborot kodlar orqali saqlanadi. Biz turli hil yozuvlar yozganimizda, aslida axborotlarni maxsus belgilar orqali kodlaymiz. Ovoz kо‘rinishdagi axborot (musiqa) larni ham kodlash mumkin. Bunday kodlash tizimlaridan biri musiqani notalar orqali ifodalashdir. Matnli va ovozli axborotlardan tashqari tasvir kо‘rinishidagi axborotlarni ham saqlash mumkin. Tasvirlar ham kodlar orqali saqlanadi. Tasvir nuqtalardan iborat bо‘lib, bu nuqtalarning koordinatalarini sonlar sifatida saqlashimiz mumkin. Nafaqat nuqtalar koordinatalarini balki ularning rangini ham sonlar orqali saqlash mumkin. Shu sonlar tufayli kompyuter shakllarni ekranda tasvirlash imkoniyatiga egadir. Ya’ni kompyuter axborotlarni sonli axborotga aylantiradi va ular ustida amallar bajaradi.
    Manbadan yuborilayotgan axborot, qabul qiluvchiga shartli belgilar yoki signallar yordamida, boshqacha qilib aytganda kodlangan holda yetib boradi. U yoki bu kо‘rinishdagi signallarni, (shartli belgilarni) qanday tushunish mumkin?. Buning uchun kodlash tushunchasiga oydinlik kiritib olish lozimdir.

    Kodlash-axborotlarni boshlang‘ich shaklidan ularni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun qulay shakliga о‘tkazish jarayonidir.






    Download 197,03 Kb.
      1   2   3   4




    Download 197,03 Kb.