Korxonada mehnat unumdorligi tarkibi va foydalanish unumdorligi




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana29.06.2024
Hajmi0,5 Mb.
#266180
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
.Mehnat unumdorligi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar kurs ishi

4 Korxonada mehnat unumdorligi tarkibi va foydalanish unumdorligi 
Hozirgi sharoitda mehnat samaradorligi strategiyasi va taktikasini ishlab 
chiqarishda mehnat faoliyati jarayonlari mazmunini tahlil va sintez qilishga 
asoslanishi lozimki, u amalda mehnat munosabatlarini ifodolavchi ko’rsatkichlardan 
samarali foydalanishni nazarda tutadi. 
Ishlab 
chiqarish korxonalardagi mehnat ko’rsatkichlarini alohida 
ko’rsatkichlar bo’yicha bo’limlarga bo’lib tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. 
Korxonaning asosiy ko’rsatkichi – bu ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmidir. 
Mahsulot hajmini faqatgina mehnat unumdorligini oshirish bilan emas, balki 
ishchilar sonini ko’paytirish yo’li bilan ham oshirish mumkin. Bunda mehnat 
unumdorligi ko’rsatkichi asosiy ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi. 
Mehnat unumdorligini tahlil qilish jarayonida uning o’zgarishga ta’sir etuvchi 
omillarning ta’sir darajalarini va shart-sharoitlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. 
Mehnat unumdorligi – rivojlanib boruvchi ko’rsatkichdir. U ko’pgina sabablar va 
omillar ta’sirida doimiy ravishda o’zgarib turadi. Ulardan ayrimlari mehnat 
unumdorligi darajasi va o’sishiga mehnat jarayonidagi mavjud sharoit ham ta’sir 
ko’rsatishi mumkin. shart-sharoitlar qulay bo’lsa, u yoki bu 49 omilning ta’sir 
etishini kuchaytiradi. yoki aksi bo’lsa, bu ta’sirni zaiflashtiradi. Masalan, tabiiy 
iqlim sharoitlaridagi qishloq xo’jaligidagi mehnat natijalariga va uning 
unumdorligiga jiddiy ravishda ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish vositalarining 
mulkchilik shakllari bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-shart sharoitlar, hamda ishlab 
chiqarish munosabatlari bilan bag’liq bo’lgan shart-sharoitlar boshqa bir xil 
sharoitda mehnat unumdorligiga jiddiy ravishda ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga kupgina omillar ta’sir 
qiladi. Omillar deb mehnat unumdorligining o’zgarishi ta’sir ko’rsatadigan 
harakatlantiruvchi kuchlar yoki sabablarga aytiladi. Ulardan ayrimlari mehnat 
unumdorligining ortishiga yordam bersa. boshqalari unumdorlikning pasayishiga 


25 
 
sabab bo’lishi mumkin. Omillarning birinchi guruhiga mehnat unumdorligini 
kuchining ortishi, mehnatning va ishlab chiqarishning tashkil etishning, 
mehnatkashla ijtimoiy sharoitining yaxshilanishi: ikkinchi guruhiga tabiiy 
sharoitlarning noqulay ta’sir etishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi 
kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy elementlarning yomon ta’siri kiradi. 
Ayrim korxona yoki tashkilot darajasidagi omillarni ichki va tashqi turlarga 
bo’lish mumkin. Ichki omillarga korxonaning texnika bilan qurollanish darajasini, 
ishlayotgan texnalogiyaning samaradorligi, mehnat va ishlab chiqarishning energiya 
bilan ta’minlanishi darajvsi bilan tadbiq etilayotgan rag’batlantirish tizimining 
ta’sirchanligini, kadrlarga ta’lim berish va ularning malakasini oshirishni, kadrlar 
tarkibining yaxshilanishini va korxona jamoasi hamda uning rahbarlariga bog’liq 
bo’lgan barchalari kiradi. Tashqi omillarga davlat buyurtmalari va bozordagi talaba 
hamda taklifning o’zgarishi munosabati bilan mahsulot hillari va ularning 
sermehnatlik darajasining o’zgarishi; jamiyat va mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy 
o’zgarishlari; boshqa korxonalar bilan kooperasialashuv darajasi, moddiy texnika 
ta’minotining pishik puhtaligi, tibbiy shart-sharoitlar va hokazolar. 
Barcha omillarni o’z ichki mazmuni va mohiyatiga ko’ra 3 asosiy guruhga: 
moddiy-texnika omillari, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy omillarga birlashtirish qabul 
qilingan. Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy asosi fan, texnika va 
texnalogiyani rivojlantirish, ularning yutuqlarining ishlab chiqarishga joriy etishdir, 
shuning uchun ham moddiy-texnika omillari guruhini odatda etakchi va qolgan 
barcha omillarni belgilovchi guruh deb qaraladi. 
Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy-texnika omillariga fan-texnika 
taraqqiyotining uzluksiz rivojlantirish asosida mehnatning texnika va energiya bilan 
ta’minlanishini oshirish kiradi. Ishlab siqarishda fan-texnika taraqqiyotining asosiy 
yo’nalishlari quyidagilardir: ishlab chiqarishning avtomatlashtirishga o’tish 
munosabati 
bilan 
uni 
mexaniyazasiyalash; 
mehnatning 
energiya 
bilan 
ta’minlanishini oshirish asosida mashina va asbob-uskunalar quvvatining ortishi; 
ishlab chiqarishni energiyalashtirish; sanoat va qishloq xo’jaligini bir qancha 
tarmoqlarida ishlab chiqarishni kimyolashtirish; butunlay yangi texnologiyalarni 


26 
 
(ular ishlab chiqarish intensivligini oshirishni ma’minlaydi va jonli mehnat sarfini 
keskin qisqartiradi); ishlab chiqarishga material sarflanishining pasayishi va moddiy 
resurslarning tejalishi; mashinalar va asbob-uskunalar ixtisoslashuvining 
chuqurlashuvi va shu kabilar, energiyaning yangi qudratli manbalari – atom ichki 
geomctrial kosmik va hokazo turlarining o’zlashtirilishi ham muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Mehnat unumdorligining o’sishiga doir tashkiliy omilarga korxonalar, 
tarmoqlar va umuman halq xo’jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish kiradi. 
Xususan korxonalarni mamlakatimiz xududlar bo’yicha joylashtirish, mamlkat 
ichida, ham chet el mamalakatlar bilan tarnsport aloqalarini yo’lga qo’yish, 
korxonalarni ixtisolslashtirish va ularni keyinchalik kooperasiyalashuvi, moddiy 
texnika, energiya ta’minoti ta’mirlash xizmati ko’rsatish va hokazolar katta 
ahamiyatga egadir. Korxonalar ichida ishlab chiqarishni tashkil etishning 
yaxshilanishiga doir muhim vazifalar quyidagilardir: rivojlanayotgan bozorning 
istiqbolli ehtiyojlarini hisobga olgan haolda rivojlantirish sifatini oshirish; ishlab 
chiqarishni tashkiliy-texnik jixatdan tayyorlashni tashkil etish; yangi texnika va 
texnologiyani o’z vaqtida joriy qilish; ishlab turgan asboblarni zamonaviylashtirish; 
mashinalar, mexanizmlar, asbob uskunalar, aparatlarni joriy va kapital ta’minlashni 
tashkil etish, shuningdek, korxona ichida moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish. 
 
«Barcha islohotlarning – iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlaming asl 
maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan 
iborat». 
Asosiy e’tiborini odamlarni qaratish korxona manfaatlarini kamsitishdeb 
tushunilmaydi, chunki faqat odamlargina korxona muvafaqqiyatini, ta’min eta 
oladilar. Burring uchun ular barcha narsalar bilan ta’min etilgan bo’lishi lozim. 
Umumiy kategoriya tushunchasi sifatidagi tashkil etishni mehnat, ishlab 
chiqarish va boshqarishni tashkil etishga ajratishga an’anaviy yondashuv eskirib 
qolgan bo’lib, bu tushnchalarning real mazmuni va mohiyati haqidagi hozirgi 
tasavvurlarga to’g’ri kelmaydi. Bu tushnchalar mehnat faoliyatiga (shu jumladan 


27 
 
ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyatiga) ma’lum darajada taaluqli bo’lganligi 
sababli, bu erda gap aynan mehnat faoliyatini tashkil etish haqida, aniqrog’i inson 
ijodkorligining alohida turi bo’lgan tashkilotchilik faoliyati haqida borish mumkin. 
Bu ijodkorlik natijasi inson faoliyatining (shu jumladan tashkilotchilik 
faoliyatlaridagi) innnovasiya ta’minot, ishlab chiqarish, boshqarish, tijorat, xo’jalik, 
iqtisodiy, ijtimoiy, axborot tizimlari va boshqa tizimlar haqida borishi mumkin. 
Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatda engib chiqishning asosiy omillaridan 
biri makroiqtisodiyotga taalluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bu asosan mavjud ishchi 
kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi. O’z navbatida ishchi kuchidan 
samarali foydalanish ko’pincha har xil bajarilishi zarur bo’lgan ishlaming ayrim 
ijrochilari o’rtasida to’g’ri taqsimlanishga. ya’ni ularning malakasiga, tajribasiga
 
va 
zukkoligiga yarasha ish bilan bab-baravar ta’min etilishiga bog’liqdir. Bu masalani 
maqsadga muvofiq hal etish uchun, birinchi navbatda. mehnatni ishchi ishlab 
chiqarishda puxta o’ylab, oqilona taqsimlashi lozim bo’ladi. Bu tashkiliy masala 
mehnat taqsimoti deb ataladi. Mehnat taqsimotining asosiy ustunliklaridan biri 
shundaki, bunda ishchi kuchining ma’lum bir turida chuqur ixtisos topadi, shu ish 
bajarilishi texnikasini va tartibni puxta egallab oladi, zarur ko’nikmalarni kasb etadi, 
ish usul va uslublami yanada takomillashtiradi. Bunda maxsus asbob va uskunalar 
ishlatiladi. Bundan tashqari mehnat taqsimotidan xodimlarni ish jarayoniga 
tayyorlash ham osonroq bo’ladi.
 
Fan texnika, texnologiya rivojlanib borgani sari ishlab chiqarish jarayonlari 
murakkablashib boradi, bu esa umuman jamiyatda turli tuman tarmoqlarda va 
korxonalarda mehnat taqsimtotining rivojlanishi va chuqurlashuvini yuzaga 
keltiradi: ilgari noma’lum bo’lgan va o’zaro xos ishlab chiqarishlarning paydo 
bo’lishi va ularning murakkablashuvi bilan butun-butun tarmoqlar taqsimlanadi; har 
bir taomq ichida kichik tarmoqlar va ixtisoslashgan korxonalar vujudga keladi; har 
bir korxonada, ayniqsa ommaviy ishlab chiqarishda texnologiya jarayonlarining 
taqsimlanishi va alohidalashuvi sodir bo’ladi, ana shu asosda ijrochi xodimlar 
orasida tor ixtisosdagi tobora ko’proq mutaxassislar paydo bo’ladi. Ishlab chiqarish 


28 
 
qanchalik murakkab bo’lsa va ko’proq ixtisoslashsa. xodimlaming ayrim mehnat 
taqsimoti shunchalik chuqur bo’ladi. Biroq ishchidan (hatto u juda yuqori malakali 
bo’lganda ham) takror yoki avtomat stanok ishlab chiqarishni talab qilib bo’lmaydi. 
Biroq mehnat taqsimoti – bu faqat mehnat faoliyatining bir tomonidir, xolos. 
U ayrim xodimlar va ular guruhlarning umumiy mehnat jarayonidagi ayrim ishchilar 
mehnatini birlashtirishni talab qiladi. Barcha darajadagi o’zaro bog’langan mehnat 
jarayonlarida ayrim ijrochilarning ish o’rinlaridan tortib butunbutun korxonalar, 
kichik tarmoqlar va xalq xo’jaligining o’zaro bog’langan tarmoqlarigacha 
birlashtirishni taqazo qiladi. Bu birlashtirish, mehnat faoliyati jarayonidagi alohida 
ixtisoslashtirilgan ijrochilar o’rtasidagi aloqalarning o’rnatilishi mehnat kooperasiya 
si deb ataladi va mehnat faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlaridan 
biri hisoblanadi. 
Yakka hunarmandchilikka nisbatan kooperasiya da mehnatning ijtimoiy 
samaradorligini oshiruvchi, qator afzalliklar bor. Bulardan asosiylari quyidagilardan 
iborat, ishlab chiqarish vositalari (imorat, asbob-uskunalar) birgalikda ishlatilishi 
natijasida ularni tejashni, yakka ishchi kuchi va malkasi etmaydigan ishlarni bajarish 
(og’ir, qo’pol, noqulay yuklarni ko’tarish va tashish) hamda murakkab ishlarni 
bajarish (imkoniyati, ayrim shaxslarning ma’lum bir ishni yoki xizmat ko’rsatishni 
bir qancha ijrochilari bilan birgalikda bajarganlarida, har birining shaxsiy ish 
qobiliyatini oshiradigan quvvatini (energiyasini) alohida ravishda orttirishga sabab 
bo’ladi. Natijada mehnat faolligining ortishi, pirovard natijaga etishi, birgalikda 
ishlashni tashkiliy kombinasiyalash (masalan, mashinaning ehtiyot qismlarini tashib 
borish o’rniga, ularni qo’lma-qo’l uzatish), dolzarb paytlarda (qishloq xo’jaligida 
paxta hosilini yig’ib-terib olish paytlarida) ko’plab odamlarni ishga jalb etish. 
Bunday hollarda mehnat qurollari o’zgartirilmasdan birgalashib va bir-birlariga 
moslashib ish bajarish evaziga mehnat samaradorligi oshadi. 
Mehnat kooperasiya sining maqsadga muvofiq tashkiliy shakllarini tanshal – 
mehnatni tashkil qilishning mehnat taqsimotidan keyingi, ikkinchi muhim 
masalasidir. 


29 
 
Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda detallar asosidagi mehnat 
taqsimoti operasiya lar bo’yicha mehnat taqsimotiga o’rin bo’shatib beradi. Buyum 
yoki detalni tayyorlash bir qancha alohida opesiyalarga bo’linadi, ular nisbatan 
kamroq muddat davom etadi, mazmun jihatidan oddiyroq bo’lib, ishchidan uncha 
yuqori malakani talab qilmaydi. Shu bilan birga, yuqorida unumli ixtisoslashtirilgan 
asbob-uskunalar ham tadbi q etilishi mumkin, ular mehnat unumdorligini ko’p marta 
oshirish imkonini beradi. Operasiya lar bo’yicha mehnat taqsimoti ishlab chiqarish 
jarayonlari qo’lda yoki mashina va qo’l kuchi bilan bajariladigan ommaviy koveyer 
ishlab chiqarilishida ancha kengroq tadbiq etiladi. Bunda mehnat unumdorligi bir 
necha barobar ortadi. 
Korxona mehnat jarayonini tashkil etishning boshlang’ich omillarini tahlil 
qilish: ishlab chiqarish tipini, uning ko’lamlarini texnologik jarayonlar, mashina va 
asbob-uskunalaming o’ziga xos xususiyatlarini, mehnatni mexanizasiyalash, sexlar, 
uchastkalar ish o’rinlari va shu kabilarni birlashtirish darajasini aniqlashdan iborat. 
Korxonada qo’llaniladigan mehnatni tashkil etish shakllarini tahlil qilish; 
ishchilar mehnatini taqsimlash va kooperasiya si ahvolini tahlil qilishning 
yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Bu tahlilga quyidagi yo’nalishlar kiradi: sexlar, 
uchastkalar, ish turlari, ayrim operasiya lar bo’yicha ishchilar soni va kasb-malaka 
tarkibini o’rganish va bajarilayotgan ishlar, mehnat funksiyalari va 
ijrochiishchilarning kasb-malaka jihatdan mos kishini aniqlash; bajariladigan 
ishlarning mehnat sarfi darajasini hisobga olgan holda ishchilarni ishlab 
chiqarishning ayrim uchastkalariga va ish joylariga joylashtirishni tahlil qili; 
kasblar, mehnat funksiyalarini birga qo’shib olib borish hamda ko’p stanokli xizmat 
ko’rsatishni amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlash; mehnat brigada usulida 
tashkil etish imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligini o’rganish; mehnat 
sharoitlarini yaxshilashning asosiy yo’nlishlarini o’rganish.
Ish vaqtidan foydalanishni va korxonada mavjud bo’lgan mehnatni tashkil etish 
shakllarini tahlil qilish asosida mehnat taqsimoti va kooperasiya sini 
takomillashtirish sohasidagi tadbirlar ishlab chiqiladi, ularning maqsadi mavjud 
texnika asosida mehnat unumdorligini oshirishdan iboratdir. 


30 
 
Mehnatni tashkil etishni takomillashtirishning muhim yo’nalishi intizomdir. 
Kishilarning qo’yilgan maqsadga erishish yo’lidagi mehnat harakatini va 
xulqatvorini birlashtirmasdan turib ularning hyech qanday birgalikdagi mehnati 
bo’lishi mumkin emas. Mehnat intizomi – bu faqat ish joyiga o’z vaqtida kelish va 
bu erda belgilangan vaqt mobaynida bo’lish emas, balki belgilangan texnologiya 
rioya qilish mahsulot sifatini, shlab chiqarishdagi mehnat rejimini ta’minlash 
mehnat unumdorligini muayyan darajada saqlashdir. Mehnat intizomi yuzlab va 
minglab xodimlami umumiy reja asosida ishlaydigan va umumiy maqsadga 
intiladigan yagona organizm qilib birlashtiradi, jipslashtiradi, mehnat intizomisiz 
har qanday korxonada mehnatni biron-bir maqbul tarzda tashkil etish haqida gap 
ham bo’lishi mumkin emas. 
Hozirgi sharoitda mehnat intizomining qanchalik muhimligini isbotlab 
o’tirishga zarurat bo’lmasa kerak. Korxonalarni xususiylashtirish sharoitida uning 
o’ziga xos xususiyati – bu intizomni ma’muriy omildan ishlab chiqarish egalari, 
bo’lgan ishlovchilar (aksiyadorlar, ishlab chiqarish kooperativlari va shirkatlari 
a’zolari)ning ichki ehtiyojiga sekin-asta aylanib borishidir. 
Rag’batlantirish – harakat uchun turtkidir. Rag’batlantirishlar ijobiy bo’lishi 
mumkin, bunda xodim ham moddiy (mukofot, foydaning bir qismini olish, 
birmuncha yuqori to’lanadigan ishga o’tkazish) ham ma’naviy (maqtash, 
xizmatlarini ko’pchilik oldida e’tirof qilish va shu kabilar) rag’batlantiriladi. Shu 
bilan birga salbiy: moddiy (yaroqsiz mahsulot ishlab chiqargan taqdirda yoki asbob-
uskunalarga shikast etkazganda va hokazolardan ish haqi yoki mukofotni 
qisqartirish) va ma’naviy (ye’tiroz, hayfsan berilishi, ishdagi o’rtoqlari tomonidan 
mehnat xulqining qoralanishi) bo’lishi mumkin. 
Mehnat faoliyatini tashkil etishda moddiy va ma’naviy rag’batlantirishning 
bevosita mehnatni tashkil etishga, korxonaning mehnat imkoniyatlaridan yaxshiroq 
foydalanishga, tashkiliy omillar hisobiga mehnat unumdorligini oshirishga bevosita 
taaluqli bo’lgan qismini tadbiq etish juda muhimdir. 
• Mahsulot tannarxining pasaytirilishi va foydaning ko’paytirilishi moddiy 
rag’batlantirish manbai hisoblanadi. Masalan, mehnat unumdorligini oshirganda va 


31 
 
ishlab chiqarish hajmlarini ko’paytirganda boshqa teng shart-sharoitlarda 
mahsulotyoki ishchilar tannarxi pasayishi mumkin. Bunga birinchidan, tannarxidan 
doimiy shartli chiqimlar ulushining qisqarishi, ikkinchidan esa, qo’shimcha 
mahsulot ishlab chiqarish hisobiga erishiladi. Moddiy rag’batlantirishlaming barcha 
turlari foydani ko’paytirishning umumiy summasidagi qiymat ifodasidan oshmasligi 
mumkin. Amalda mukofotlash maqsadlariga. odamda qo’shimcha foydaning 60-70 
foizi sarflanadi. Agar tashkiliy tadbirlar ishlab chiqarish hajmini o’zgartirmagan 
holda xodimlar sonini qisqartirish imkonini bersa, u holda tejash ish haqi 
xarajatlarini qisqartirish hisobiga vujudga keladi. Mehnatni tashkil etish bilan 
bog’liq ijobiy va salbiy rag’batlantirishning asosiy ko’rsatkichlarni aytib o’tish 
mumkin 
Ijobiy, qiziqtiruvchi rag’batlantirish ko’rsatkichlariga mehnatni tashkil etish 
sohasida muayyan iqtisodiy samara beradigan bircha tadbirlar kiradi. Ular 
quyidagilarni qamrab oladi: 
• ish o’rinlarini jihozlash va rejalashtirishni yaxshilashga, ishlab chiqarish 
jarayonining borishida ularning yanada oqilona joylashtirilishiga doir barcha 
tadbirlar; 
• barcha xizmat ko’rsatish funksiyalari bo’yicha asosiy ishlab chiqarish 
ishchilariga xizmat ko’rsatish (yoki o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish)ni yaxshilash 
yuzasidan, ilgari ish o’rnida xizmat ko’rsatishdagi kamchiliklar tufayli ish vaqtining 
bekor ifoda bo’lishini kamaytirish yoki to’liq barham toptirish bo’yicha takliflar; 
• ishchilar malkasini oshirish va ularning ishlab chiqarish ixtisosligini kengaytirish 
(ikkinchi kasblar va mutaxassisliklarni o’zgartirish) chora-tadbirlari; 
• ular kasblar va funksiyalarni birga qo’shib borish hamda mehnat unumdorligini 
jiddiy ravishda oshirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi; 
• ko’p stanokli xizmat ko’rsatishni tashkil etish; • mehnatning sanitariya-gigiyena 
va estetik shart-sharoitlari va shu kabilarning yaxshilanishi. 
Ayni vaqtda «salbiy rag’batlantirish)) chora-tadbirlari ham qo’llanishi lozim, 
ya’ni bunda nojo’ya hatti-hakatlari (masalan, mehnat va ishlab chiqarish intizomini, 
texnologiya intizomini buzganlik, ish o’rinlariga xizmat ko’rsatishda uzilishlarga 


32 
 
yo’l qo’yganlik, asbob-uskunalarga etarli darajada xizmat ko’rsatilmaganligi, bu esa 
ularning buzulishiga, mashinalar, mexanizmlar va asboblarning safdan chiqishiga 
olib kelganligi ) uchun jazo beriladi. Ishlab chiqarishning izdan chiqishiga yo’l 
qo’ygan xodimlarga nisbatan yetkazilgan moddiy zararning o’rnini qoplashdan 
tashqari ma’naviy ta’sir ko’rsatish choralari ham tadbiq etilishi lozim. Keyingi yillar 
tajribasi ko’rsatishicha, tartib-intizomni buzuvchilarga nisbatan avvalgi ma’muriy 
chora-tadbirlarga ko’ra, bevosita ta’sir ko’rsatish ancha samaraliroqdir. 
Mehnat faoliyatini tashkil etish – ishlab chiqarishni tashkil etishning eng 
muhim va ajralmas qismidir. Melinatni tashkil etish bilan ishlab chiqarishni tashkil 
etish bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir: texnika va texnologiyalardagi 
o’zgarishlar, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalash va 
avtomatlashtirish xodimlar mehnatini tashkil etishda tub o’zgarishlar bo’lishiga olib 
keladi, ularning kasbiy tayyorgarligi va ishlab chiqarish ixtisosining kengligiga 
yanada yuqoriroq talablar qo’yadi. Ikkinchi tomondan, mehnatni yaxshiroq tashkil 
etish ehtiyojlari texnika va texnologiyani takomillashtirish va zamonaviylashtirishga 
undaydi. 
Mehnatni tashkil etishda uni normalash katta rol o’ynaydi. Mehnatni 
normalarsiz, ya’ni (miqdori va sifatini) biror hajmdagi ish yoki operasiya larni 
bajarish uchun zarur bo’lgan mehnatni belgilamay turib, uni tashkil etib bo’lmaydi. 
Mehnatni normalash uslublarini takomillashtirish va uni qo’llanish sohasini 
kengaytirish ishi mehnatni tashkil etishning muhim qoidalariga asoslanishi va uni 
keng joriy etilishiga yordam berishi lozim. 
Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari – bu texnika, texnologiyani 
takomillashtirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni yaxshilash 
hisobiga mehnat unumdorligi ichidan mehnat unumdorligini oshirishning barcha 
omillaridan yanada to’laroq foydalanish imkoniyatidir. Rezervlar (zahiralar) mehnat 
unumdorligini oshirish omillari bilan chambarchas bog’liqdir. Agar biror omilni 
imkoniyat sifatida olib qaraydigan bo’lsak, u holda bu omil bilan bog’liq bo’lgan 
rezervdan foydalanish imkonining voqyelikka jarayoni hisoblanadi. 


33 
 
Mehnat unumdorligini oshirish rezervlarining bir necha tasniflari mavjud bo’lib, 
ularning hammasi ikkita katta guruhga bo’linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan) 
foydalanishni yaxshilash rezervlari, asosiy va aylanma fondlardan yanada 
samaraliroq foydalanish rezervlari. Birinchi guruhga mehnatni, mehnat sharoitlarini 
tashkil etish, ishlovchilarning ishlash qobiliyalini oshirish, kadrlar tarkibi va ularni 
joy-joyiga qo’yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shartmaroitlar yaratib berish, 
shuningdek xodimlarning mehnat natijalaridan yuqori moddiy va ma’naviy 
manfaatdorligini oshirishni ta’minlash bilan bog’liq masalalar kirtiladi. Ikkinchi 
guruh asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashinalar, mexanizmlar, apparatlar va shu 
kabilar) quvvat va vaqt jihatidan yaxshiroq foydalanish rezervlarini shuningdek xom 
ashyo, materiallar, butlovchi bumlar, yoqilg’i, energiya va boshqa aylanma 
fondlardan yanada tejamli va to’liq foydalanishni o’z ichiga oladi. 
Rezervlar foydalanish imkoniyatlari belgilari bo’yicha zahira rezervlariga va 
nobud bo’lish (bekorga sarflash) rezervlarig bo’linadi. Masalan, asbobuskunalardan 
quvvati va ish smenasi bo’yicha to’liq foydalanmaslik, o’rganilgan, lekin hali joriy 
etilmagan mehnat usullari – zahira rezervlaridir. Ish vaqtining bekor sarf bo’lishi, 
yaroqosiz mahsulot ishlab chiqarilishi, yoqilg’ini ortiqcha sarflash nobud bo’lish 
rezervlariga kiradi. 
Rezervlar tushunchasiga ishlab chiqarishda ish vaqtining bekor sarf qilinishiga ham 
kiradi – bular smena ichida va kun mobaynida bekor turishlar, ishga kechikib klish 
va rejada ko’zda tutilmagan ishga kelmay qolishlarning barchasidir; mehnatning 
ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan holda sarflanishi – mehnat qurollari va 
mehnat ashyolaridan oqilona foydalanmaslik hamda belgilangan texnologiya 
jarayonlarining buzulishi oqibatida mehnatning rezervdagidan tashqari ortiqcha 
sarflanishidir. 


34 

Download 0,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Korxonada mehnat unumdorligi tarkibi va foydalanish unumdorligi

Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish